11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi



Yüklə 365,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/10
tarix14.12.2023
ölçüsü365,42 Kb.
#179083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'ruza matn

hissiy ta’siri
dir. O‘quvchilar muallifning asosiy fikrini tushunibgina qolmay, muallif 
hayajonlangan voqeadan ham hayajonlansinlar. Matnni tahlil qilish o‘quvchida fikr ko‘zg‘atishi, 
hayotiy tajribasining muallif qayd etgan dalillarga to‘g‘ri kelish-kelmasligini aniqlashi zarur. 
Tahlil davomida asarning estetik qimmati, badiiy go‘zalligi ham alohida qayd qilib o‘tiladi. 
O‘qish darslari o‘quvchilarda badiiy asarlarning bir-biridan farqini ajrata olish, 
yozuvchining hayotiy voqealarni qanday badiiy vositalar orqali aks ettirgani va qanday obrazlar 
yaratganini aniqlay olish, mustaqil o‘qish va asarni tahlil qilish malakasini hosil qiladi. 
O‘quvchilar adabiy ma’lumotlarni o‘zlashtirish orqali badiiy asarning mazmuni, g‘oyasi va 
ahamiyatini anglab ola boshlaydilar. 
O‘quvchilarning nutqini o‘stirishda, yuqoridagilar bilan birga, adabiy tushunchalarni 
shakllantirish ham muhim o‘rin tutadi. O‘quvchilar adabiy tushunchalarni o‘rganish natijasida 
badiiy adabiyot san’atning bir turi ekanligi, uning hayot bilan aloqadorligini bilib oladilar. 
Boshlang‘ich sinflarda asar tahlilida badiiy til vositalari − sifatlash, o‘xshatish, jonlantirish, 
mubolag‘a va adabiy janr turlari − ertak, hikoya, masal, she’r, doston, maqol, topishmoq kabilar 
bilan amaliy ravishda tanishtiriladi. 
Badiiy asar tilini tahlil qilish orqali o‘quvchilarda o‘z ona tiliga muhabbat hissi, badiiy asarni 
ongli o‘qish ko‘nikmasi o‘stiriladi, asar g‘oyasini chuqur idrok etishga zamin hozirlanadi, 
o‘quvchilar nutqi rivojlantiriladi. 


Xalq og‘zaki ijodida ertak janrining bolalar tomonidan yaxshi qabul qilinib, qiziqib 
o‘qilishining sabablaridan biri ertak tilining ta’sirchanligi, o‘tkir syujetliligi va xalq tiliga 
yaqinligidir. Ertak o‘qib bo‘lingach, uning badiiy tili ustida ishlashga alohida ahamiyat berish 
zarur. 
Ertaklarda o‘xshatishlar, jonlantirish va mubolag‘alardan foydalanilgan. O‘quvchilarga 
ularni izohlab berish, keyinchalik matndan toptirish, qayta hikoyalashda ulardan nutqlarida 
foydalanishga o‘rgatish zarur. 
Asar o‘qib bo‘lingach, badiiy til vositalari ustida ishlanadi. Chunki ularning ma’nosi 
matndan, asar mazmunidan anglashiladi. Ayniqsa, masallarda allegoriyani ochishda ko‘chma 
ma’noli so‘zlardan ko‘p foydalaniladi. Ular bolalarga masal mazmunini tushunishga xalal bergani 
uchun ayrim ko‘chma ma’noda ishlatilgan so‘zlar asarni o‘qishdan oldin tushuntiriladi. 
Topishmoqlarda ham jonlantirish va o‘xshatishlar juda ko‘p. Masalan,
 «Ayoz bobo novvot 
sotdi, Olgan edim, qo‘lim qotdi»
topishmog‘ida o‘xshatish, 
«Chiq-chiq» ishlab tolmaydi, tunda 
uxlab qolmaydi»
topishmog‘ida jonlantirish qo‘llangan. 

Yüklə 365,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin