11-Mavzu: Boshlang‘ich sinflarda badiiy asarni tahlil qilish Mavzu rejasi



Yüklə 365,42 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə9/10
tarix14.12.2023
ölçüsü365,42 Kb.
#179083
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
\'ruza matn

mustaqil izlanishlari
asosida ham 
tashkil etiladi. Masalan, “Kitobga ixlos” (4-sinf) asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning 
o‘tmishda yashagan tarixiy shaxslar haqidagi tushunchalari aniqlangach, o‘quvchilar xayolan 
sayohatga olib chiqiladi. O‘qituvchi o‘quvchilarni Buxorodagi tarixiy muzeyga taklif etadi. 
Muzeyda o‘quvchilar Abu Ali ibn Sino portretini kuzatadilar, u haqdagi yozuvlarni o‘qiydilar 
(Muzey uchun sinfning biror qismi ajratiladi). 
Abu Ali ibn Sino – ma’rifatpar alloma 
Abu Ali ibn Sino – buyuk hakim 
Men kechalari kam uxlar, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan 
shug‘ullanmas edim. (Ibn Sino) 
Bir kuni shohdan kutubxonasiga kirishga va u erda tibga oid kitoblarni mutolaa 
qilishga ruxsat so‘radim.
Shoh menga ruxsat berdi. (Ibn Sino) 
Ibn Sino dorivorlar tayyolash, yurak kasalligi, jarrohlik va boshqa sohalarga doir 
400 dan ziyod asar yozgan 
O‘quvchilarni mustaqil izlanishga o‘rgatishning yana bir usuli o‘quvchilarga oldindan 
yozuvchi yoki asar yozilgan davr haqida kitoblar, manbalar tavsiya etib, ulardan ma’lumotlar 
to‘platish, albomlar tayyorlatish, so‘ng o‘quvchilar o‘zlari aniqlagan ma’lumotlarni o‘qib, so‘zlab 
berishidir. 
Sinfdan sinfga ko‘chish bilan yozuvchi hayoti va ijodi haqidagi o‘quvchilar bilimi ortib 
boradi. Asar muallifi bilan tanishtirishga qo‘yilgan talablar ham ko‘payadi. O‘qituvchi qisqa 
ma’lumot berishdan yozuvchi hayoti bilan to‘liqroq tanishtirishga o‘tadi. Bunda u kichik maktab 
yoshidagi o‘quvchilarning yoshiga mos imkoniyatlarni, ular yozuvchi bilan qay darajada tanish 
ekanligi va uning asarlaridan nimalarni o‘qiganligini hisobga oladi. 
Asar bilan tanishtirish 
Tayyorgarlik davridan so‘ng 1-bosqich amalga oshiriladi. Bu bosqichning asosiy vazifasi 
asar mazmunini bilan tanishtirishdir. Badiiy asarni yaxlit idrok etish muhim bo‘lgani uchun 
maktab tajribasida asar ustida ishlash shu asar yoki uning bir darsda o‘rganishga mo‘ljallangan 
qismi yaxlit o‘qish usulida tanishtiriladi. 
Hikoya, masal, she’rning mazmunini to‘g‘ri idrok etish, shuningdek, matnning hissiy 
ta’sirini oshirish uchun ifodali o‘qish katta ahamiyatga ega. 
Asar matni bilan tanishtirishning bir necha usullari mavjud. Ular quyidagilar: 
1. Matn o‘qituvchi tomonidan ifodali o‘qib beriladi (ba’zan asar matni magnitafon orqali 
ham eshittirilishi mumkin). O‘quvchilar matn mazmuni bilan tanishtirilgach, o‘qituvchi ularga 
boshlang‘ich taassurotlarini aytishni talab qiladigan savollar beradi. Masalan, 

Yüklə 365,42 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin