«Hikoyaning qaysi
o‘rni sizga yoqdi?», «Qahramonlardan qaysi biri sizga ayniqsa yoqdi?», «Hikoya o‘qilganda siz
qaysi o‘rinda juda xursand bo‘ldingiz?»
kabi va hok.
Kirish suhbati, birinchidan,
asarning
o‘quvchilarga qanday ta’sir qilganini bilish,
ikkinchidan, bolalarni asar matnini tahlil qilishga
qiziqtirish, darsda o‘quvchilar faolligini oshirish maqsadini ko‘zda tutadi.
2. Yaxshi o‘qiydigan o‘quvchiga o‘qitish. O‘quvchining oldindan o‘qituvchi o‘qish yo‘llari
bilan tanishtiradi va uning o‘qilishini o‘zi kuzatadi, xato va kamchiliklarni bartaraf etadi. Shundan
so‘ng tayyorlangan o‘quvchi sinf jamoasiga o‘qib beradi.
3. Og‘zaki qayta hikoyalab, so‘zlab berish. Bu o‘qituvchidan alohida tayyorgarlikni talab
etadi. Chunki
asar matniga yaqinlashtirib, badiiy vositalarini to‘liq saqlagan holda hikoyalash
zarur, aks holda o‘quvchilarning badiiy asarni o‘qishga bo‘lgan qiziqishi susayadi.
4. Yoddan ifodali aytib berish. She’riy asarlar yoddan aytib
berish orqali tanishtirilsa,
o‘quvchi o‘qituvchining mahoratini yuqori baholaydi. O‘zida ham yod olishga qiziqish paydo
bo‘ladi.
5. Asarning muhim dialogli o‘rinlarini yoki butun asarni sahnalashtirish orqali tanishtirish.
6. Asarning bir qismini (muammoli o‘rnini) o‘qituvchining o‘qib berishi,
qolgan qismini
o‘quvchilarning ichda mustaqil o‘qishi.
7. Asar bilan tanishtirishda texnika vositalaridan ham unumli foydalanish.
8. Asarni musiqa sadolari ostida o‘qib berish. Bu asarning ta’sirini kuchaytiradi,
o‘quvchilarning estetik
didini tarbiyalaydi, ularni toliqishdan saqlaydi.
Umuman olganda, asarning janriy xususiyati hisobga olingan holda u bilan tanishtirishning
o‘ziga xos usullarini tanlash lozim.
Mustaqil o‘zlashtirish uchun savollar:
1. Boshlang‘ich sinf 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi biron matnni tanlab unga tayyorgarlik bosqichi
uchun ish turini tayyorlash.
2. 4-sinf “O‘qish kitobi”dagi savol-topshiriqlarni tahlil qilish.
3. Asar matni ustida ishlash ish
turlarini ishlab chiqish