Badiiy asarda borliqni, voqelikni
obrazlar vositasida tasvirlash, ob’ektiv mazmun va
sub’ektiv bahoni aniq materialda berish haqidagi qoidalar metodika uchun katta nazariy-amaliy
ahamiyatga ega.
Birinchidan, badiiy asar ustida ishlashni tashkil qilishda obrazlar va muallifning asarda
tasvirlangan voqealarga munosabati o’qituvchining diqqat markazida turadi. O’quvchilar
voqelikni obrazlar orqali tasvirlashning o’ziga xos xususiyatlarini tushuna boradilar.
Ikkinchidan, har qanday badiiy asarda aniq tarixiy davrdagi voqealar tasvirlanadi. Shuning
uchun asarda tasvirlangan voqealarga tarixiy yondashilgai taqdirdagina matnni to’g‘ri o’qish,
qatnashuvchi shaxslarning xatti-harakati
sabablarini tushunish, dalillar va voqealarni haqqoniy
baholash mumkin. Buni boshlang‘ich sinflarga tatbiq etganda, avvalo,
bolalarni asarda
tasvirlangan davr bilan qisqacha tanishtirish, keyin o’quvchilarda qatnashuvchi shaxslarning xatti-
harakatini ular yashagan davr va ijtimoiy omillarni hisobga olgan holda baholashni o’stirish zarur.
Uchinchidan, yozuvchining hayoti va qarashlarini o’quvchilarning yoshlariga mos ravishda
tanishtirish maqsadga muvofiq.
To’rtinchidan, badiiy asarni tahlil qilishda o’quvchilarni asarning g‘oyaviy yo’nalishini
tushunishga o’rgatish muhimdir, bu asarni to’g‘ri idrok etish uchun,
matn ustida ishlash
ko’nikmasini, o’quvchilarning dunyoqarashini shakllantirish uchun zarur. Muallif badiiy asarda
tasvirlangan hayotiy dalillarga, ijtimoiy hodisalarga, jamiyatning u yoki bu tabaqasi vakillariga
o’z munosabatini ifodalashga harakat qiladi. Yozuvchining hayotiy materiallarga bahosi aniq
dalillar asosida yaratilgan badiiy asarning g‘oyaviy mag‘zini tashkil etadi. Asarning g‘oyaviy
yo’nalishi yozuvchining dunyoqarashiga bog‘liq. Asarning tarbiyaviy ahamiyati, o’quvchiga ta’sir
kuchi uning g‘oyaviy yo’nalishiga bog‘liq.
Badiiy asar ustida ishlashni to’g‘ri tashkil qplish uchun shakl va mazmun birligi haqidagi
qoida ham e’tiborga olinadi.
Badiiy asar ustida ishlash va uning asosiy bosqichlarini belgilashda o‘qituvchi
badiiy
asarning san’at asari sifatida o‘ziga xos xususiyatlari va o‘quvchilarning tayyorgarlik darajasini
nazarda tutadi.
Badiiy asarda barcha qismlar (g‘oyaviy asos, kompozistiya, syujet, tasviriy vositalar) o‘zaro
bog‘liq bo‘ladi. Syujet rivoji asosida asar qahramonlarining yangi-yangi qirralari ochila boradi.
Bu xususiyatlar asar ustida ishlashda uni yaxlit o‘qish va idrok etishni talab etadi.
O‘quvchilarni badiiy asar ustida ishlashga o‘rgatish ularda adabiy-estetik tahlil malakasini
shakllantirish va o‘stirish orqali ta’lim-tarbiya berishni nazarda tutadi. Asar matnini tahlil qilish
muallif fikrini, hissiyoti va xulosalarini tushunishga yordam beradi, asarda ifoda etilgan
voqealarga munosabat uyg‘otadi. Asar tahlili o‘qituvchidan o‘quvchilar faoliyatini ma’lum
maqsadga yo‘naltirishni taqozo qiladi.
«Maktabda badiiy asarni tahlil qilishdan asosiy maqsad asarda ifodalangan hayotiy
voqeani yoritish orqali o‘quvchilarni badiiy adabiyot olamiga olib kirish, tasvirlanayotgan
voqealarga nisbatan muallifning munosabati va niyatlarini payqab olishga imkoniyat yaratishdan
iboratdir. O‘quvchilarning yozuvchi oldinga surgan g‘oya, muammolarni to‘liq tushunishlariga
erishmay turib, adabiyotning yoshlarni tarbiyalashdagi vazifasini amalga oshirib bo‘lmaydi»
1
.
O‘quvchi asarning mazmuni bilan uni mutolaa qilish paytida tanishsa, tahlil qilishda uning
poetik vositalariga murojaat qiladi.
Mutolaa hissiyotni boyitib, aqlni peshlasa, tahlil asar
zamiridagi ma’noni chuqur o‘rganishga yordam beradi.
O‘qituvchi badiiy asar ustida ishlashda quyidagi masalalarni hal qilishi lozim:
1. Asar ustida ishlashning maqsad va mazmunini aniqlab olishi.
2. Asarni tahlil qilish uchun dars bosqichlarini belgilab olishi.
3. Har bir asar tahlili uchun topshiriqlar tizimini ishlab chiqishi.
4. Asarni qanday metodlar asosida o‘rganishni aniqlashi.
5. O‘quvchilar egallaydigan bilim, ko‘nikma va malakalar doirasini belgilab olishi.
Boshlang‘ich sinflarda badiiy asar ustida ishlash uch asosiy bosqichga bo‘linadi:
1
Zunnunov А. ва boshq. Adabiyot o‘qitish metodikasi. - Т.: O‘qituvchi, 1992. 160 - bet.