Pisanda qilmoq
– oldindan biror shart qo‘ymoq; ta’kidlamoq.
Tayyorgarlik ishlarining ta’limiy shakllari xilma-xil bo‘lib, o‘qituvchi
asar mazmuni va
sharoitga qarab ish turini tanlaydi. Tayyorgarlik davrida nimalar haqida ma’lumot berish maqsad
qilingan bo‘lsa, avvalo, o‘quvchilarning o‘zlaridan ular haqida bilganlari so‘rab aniqlanadi.
Masalan, “Kitobga ixlos” asarini o‘qishga tayyorgarlikda o‘quvchilarning dastlabki bilimlari
quyidagicha aniqlanadi:
O‘qituvchi:
− Bugun biz Vatanimizning o‘tmishiga sayohat qilamiz. Sayohatimiz Buxoro
shahriga bo‘ladi. Sayohatchilar ikki guruhga bo‘linadi. Buxoro darvozalari
ochilishi uchun bir
necha tilsimlarni echishimiz zarur. Buning uchun har bir guruh o‘ziga berilgan savol-topshiriqlarni
bajarib, shohsupaga ko‘tarilishi zarur.
1-guruh uchun savol-topshiriqlar:
1. Tarixda yashagan buyuk olimlar,
shoirlar, yozuvchilar, sarkardalardan kimlarni bilasiz?
2. Buxoroda qaysi buyuk shaxslar yashagan?
3. Buxorodagi tarixiy binolar, joylar nomini ayting.
2-guruh uchun ham shu tarzdagi savol-topshiriqlar beriladi yoki har ikala guruh uchun shu
savol-topshiriqlar berilib, “Kim oldin shohsupaga etib boradi?” sharti qo‘yiladi.
Xattaxtaga buyuk
shaxslar portreti, tarixiy joylar tasvirlangan rasmlar ilib qo‘yiladi.
Tayyorgarlik shakllaridan biri
− ekskursiya
dir. Bu ish turidan tabiat tasviriga bag‘ishlangan
yoki ishlab chiqarish, qurilish, shahar, qishloq hayotiga, kasbga doir mavzular va tarixiy asarlar
o‘rganilganda foydalanish mumkin. Chunonchi, 1-sinfda “Issiqxonada”, 2-sinfda “Metropoliten”
kabi mavzularni o‘rganishdan oldin ekskursiya qilish maqsadga muvofiq. Ekskursiya
o‘quvchilarning asarda ifoda etilgan hodisalarni aniq va ongli o‘zlashtirishlariga yordam beradi,
bilimlarini chuqurlashtiradi, tabiat hodisalarini kuzatish va ularni aniq tasvirlash ko‘nikmalarini
shakllantiradi.
Ekskursiya bolalarda tabiatga mehr uyg‘otadi, uni sevish va tabiat ehsonlarini asrash hissini
tarbiyalaydi.
Ishlab
chiqarish korxonalariga, muzey va boshqa joylarga ekskursiyalar esa tarixiy
voqealarning to‘g‘ri idrok etishlarini ta’minlaydi, kattalar mehnati bilan tanishtiradi, o‘quvchida
mehnatga muhabbat uyg‘otadi, kasbga yo‘naltiradi.
Dostları ilə paylaş: