11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə1/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
w



11-Mavzu:Estetika kategoriyalari 
Reja: 
1.
 
“Estetika” kategoriyalarining falsafiy mazmuni va mohiyati. 
2.
 
Estetika his-tuyg„u, Estetik qarashlar 
 
Go‘zallik – estetikaning asosiy kategoriyasidir. Go‘zallik
- nafosat olamining 
mag„zi, asosiy belgisi, bosh xossasi, asosiy mohiyatini tashkil etadi. Shu bois 
estetikani go„zallik haqidagi fan, go„zallik falsafasi ham deb ataydilar. 
Estetika his-tuyg‘u
, eng avvalo go„zallikni his etish jarayonini anglatadi. e
stetik 
orzu
esa go„zallikni inson xohlagan u yoki bu tasavvurlar tarzida ifodalaydi.
Estetik did
bo„lsa, ko„p jihatdan shaxs va jamiyat nimani go„zallik sifatida, nimani 
xuniklik sifatida idrok etishida namoyon bo„ladi. 
Estetik qarashlar
– go„zallikning tabiati va mohiyati haqidagi fikrlarni anglatadi. 
Go„zal, ijobiy his-tuyg„u uyg„otadigan narsani ko„rsatish ancha oson. Lekin o„sha 
narsa nima uchun go„zal ekanini tushuntirib berish qiyin. 
Aflotun fikricha
: go„zallik vujudga kelmaydi va barbod bo„lmaydi, balki u vaqt 
va makon tashqarisida amal qiladi. Go„zallik tuyg„usidan yuqoriroq tabiatga molik 
bo„lgani uchun his tuyg„u vositasida anglash mumkin bo„ladi. 
Gegel ta’biricha:
Mutloq ruh-g„oya go„zallikning namoyon bo„lishidir. His-
tuyg„u qobig„iga ega bo„lgan mutloq ruh- g„oya, ya‟ni porlab turgan narsagina 
go„zaldir. San‟at go„zallikning asl makonidir. Gegel simmetriya tushunchasiga 
katta e‟tibor beradi. Uningcha simmetriya qoidasiga binoan, shunday narsa 
go„zalki, agar undagi tug„ma belgilar to„la tarzda namoyon bo„lsa; shunday daraxt 
go„zalki, agar undagi tug„ma belgi (olma, anjir, anor)lari to„la va bevosita ko„rinsa. 
Shunday inson go„zalki, agar unda yaxshi insoniy fazilatlar va sifatlar 
mujassamlashgan tarzda ifodalansa.
Arastu: go„zallikni moddiy olamning moslik, aniqlik, hamohanglik, mezon-
o„lchovlik kabi miqdorli va makonli tavsiflari bilan bog„lab mushohada qiladi.. 
«Garmoniya» asosida go„zallik zaminida inson va narsaning bir-biriga muvofiqligi, 
loyiqligi, mosligi aqidasi yotadi... «o„ta kichik narsa go„zal bo„la olmas edi
chunki, juda oz vaqt ichidagi tasavvur qorishib ketadi. 
Go‘zallik – 
bu voqelik (tabiat, jamiyat, san‟at) hodisasi bo„lib, biror narsaga his-
tuyg„u orqali ta‟sir o„tkazish bilan insonda jismoniy va ma‟naviy kuchlar 
oqimining ko„payishiga, shodlik zavqlanish, ma‟naviy qoniqish vujudga kelishga 
imkon yaratayotgan jarayondir. 
Go‘zallik 
ijtimoiy ahamiyatga molik hodisadir. Go„zallik hamisha foydali, lekin u 
alohida turdagi foyda – u avvalo, insonga, jamiyatga, tarao„o„iyotga ma‟naviy 
foyda keltiradi. Go„zallik inson erkinligining ramzidir. 

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin