tasvirlash go„zallik tushunchasiga mos kelgan. Haykaltaroshlar ayolni qing„ir
qiyshiq qomatini tasvirlagan haykallar yaratganlar.
Go‘zallik qonunlari :
1.Me‟yor
;
2.Predmetning yaxlitligi;
3.Rang-baranglikning organik birligi(uyg„unligik); 4.Predmet tuzilishining
maqsadga muvofiqligi; 5. «Buyum qonunining hissiy ifodasi sifatida estetik
forma».
Qadimgi yunonlar uchun jismoniy va ma‟naviy barkamol inson go„zalligining
ideali bo„lgan. Tana va ruh garmoniyasi hammadan ko„p qadrlangan.
Vatani
qadimiy Gretsiya bo„lgan Olimpiya o„yinlari shunchaki sport musobaqasi emas
edi, balki kishilardagi jismoniy va ma‟naviy fazilatlar bayrami – ko„rigi bo„lgan.
Masalan: kimki birovni jamiyatga zid hatti-harakatlar bilan badnom qilgan bo„lsa,
bunday kishilarni ko„rikda qatnashtirmaganlar. Adolat, mardlik, yaxshilik doim
go„zal hisoblangan.
O„rta asrlarda go„zallik – real hayotda emas, balki u dunyodagi «osmoniy» olamda
deb hisoblaganlar. Tanani «ruh» uchun o„ldirish jismoniy va ma‟naviy garmoniya
emas, balki ularni ajratish, bir-biriga zid qo„yish go„zallik hisoblangan. Go„zallikni
turli xil toifa va tabaqadagi kishilar ham o„z nuqtai nazaridan kelib chiqib
baholaganlar. Masalan: dehqon nazarida: sog„lom,
baquvvat, yonoqlari naqsh
olmadek qiz go„zal hisoblangan bo„lsa, dvoryan nazarida: zaiflik, noz, tantiqlik,
purvuqorlik jononlarning go„zalligi sanalgan.
Go„zallik hamma davrlarda ijobiy hodisa va xususiyat deb tushunilgan. Kishilar u
yoki bu predmet, voqea va hatti-harakatlarni go„zallik
deb ataganlarida
go„zallikdagi barcha narsalar, hayotning ijobiy va progmativ belgilarini aks ettiradi
va ifodalaydi deb bilganlar. Go„zallik tabiatda, insoniy munosabatlar, san‟atda
namoyon bo„ladi. Go„zal narsa bizni hamisha zavqlantiradi, yorqin his-tuyg„ular
uyg„otadi, kayfiyatimizni chog„ qiladi.
Chernishevskiy «Go„zallik kishida hosil bo„ladigan his,
yorqin quvonch, sevgan
kishimiz yonimizda bo„lganda qalbimizni qanday quvonch bilan to„ldirsa, xuddi
shunday cheksiz quvonch tuyg„usidan iboratdir. Biz go„zallikni beg„araz sevamiz,
uni ko„rib quvonamiz, sevgan kishimizni ko„rib qanday xursand bo„lsak,
go„zallikni ko„rib shunday xursand bo„lamiz», deydi.
Tabiatdagi, jamiyatdagi
kishining ijodiy faoliyatidagi, odamlarning bir-biriga
bo„lgan munosabatlaridagi jamiki ijobiy voqealarni, ya‟ni: - bizda quvnoq his-
tuyg„u
paydo qiluvchi; - mamlakatga yordam beruvchi; -kayfiyatni ko„taruvchi,-
bizni oliyjanob ishlarga ilxomlantiruvchi; - voqealarni,
insonning progmativ
tarao„o„iyotiga, uning olg„a bosishiga yordam beruvchi barcha omillarni go„zallik
deb atash mumkin.
Dostları ilə paylaş: