11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə3/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15
w

 
Go‘zal olam – 
shundaygina ko„z o„ngimizda turibdi, faqat tevarak – atrofni diqqat 
bilan kuzatmoq lozim xolos.
-Bulutlar orasida ko„rinib turgan moviy osmon;- Bulutlarning ajib bir jilosi; - 
ko„m-ko„k chaman o„tloq; - undagi cho„g„dek tovlanib turgan rang-barang gullar; - 
kun botishidagi quyoshning taram-taram oltin nurlari. 
Inson atrof-tevaragida sochilib turgan nurni ko„radi, gullarning rang-barang 
tovlanishlarini kuzatadi, predmetlarning turli-tuman formalarini bir-biriga 
tao„o„oslab ko„radi. Shu tariqa inson olamdagi har bir hodisada- kishi ko„z o„ngida 


uzanib ketgan, uni bepoyon uzoq-uzoqlarga chorlovchi har bir hodisada go„zallikni 
ko„radi. 
Tabiat go‘zallikni eng qadimiy va boy manbaidir.
Tabiatdagi go„zallik insonda 
mustaqil suratda mavjuddir, lekin, go„zallikning barkamolligini faqat insongina 
tushunishga qodirdir, u faqat inson uchungina ijodiy ilxom, o„zgartiruvchi mehnat 
manbaidir. Tabiatga qancha chuqur kirib borsak: - moddalarning shakli va rangi; - 
o„simliklar; -jonivorlar; chig„anoq va meduzalarning ajoyib formalari; -gullar, 
kapalaklar, qushlarning go„zalligini shunchalik yorqinroq his qilamiz. 
Bularning barchasini o„ziga xos shakllari, rangi, harakatlari bilan tanishish uchun 
butun bir inson umri ham etmaydi.
Tabiatning eng go„zal mahsuli uning eng tarao„o„iy etgan bosqichi: - aql –zakovat, 
iroda egasi bo„lgan; - ijod qilish qobiliyatiga ega bo„lgan insondir
 
Tabiatdagi go„zallikni ana shu inson o„z aql zakovati orqali bilib oladi
moddalarning qonunlari va xossalarini ochib, o„z ijodiy mehnati bilan ularni 
yanada takomillashtirish uchun bu qonun va xossalarda foydalanadi. 
«Oltinni oltin qilgan bolg„a» deyishganda, albatta insonning qo„li va mehnati aks 
ettiriladi. Tabiatda uchraydigan tug„ma oltin chiroyli bo„ladi, ammo u qidirib 
topilib, yuvilib, yuzlab qo„llardan o„tib, oxiri og„ir quyma holda yaltiragunicha, 
yupqa tilla taxtachalarga aylagunicha odam qanchadan-qancha mehnat sarflaydi. 
Bu ishning boshlanishi, xolos. Oltin qo„li gul insonlar tomonidan yaratilgan turli 
buyumlar o„z go„zalligini to„la-to„kis namoyish qilmog„i uchun zargarlar, tajribali 
ustalar, talantli rassomlar qanchadan-qancha mehnat sarflashlari kerak bo„ladi. 
...Butun go„zalliklarni ko„rsatish faqat insonning qo„lidagan keladigan ishdir. 
Insonning go„zalligi jamiyatga, uning yuksak g„oyalariga xizmat qilishida, ishga, 
o„z do„stlariga bo„lgan munosabatida ayniqsa yao„o„ol namoyon bo„ladi. Jamiyat 
manfaatlarini har narsadan ustun qo„yadigan kishilarni, do„stlik va birodarlikni, 
o„zaro munosabatlarning asosi deb biladigan kishilarni go„zal, ajoyib kishi deb 
ataymiz. 
Ularni uzoq geologik ekskursiyalarda, studentlar auditoriyalarida; yulduzlar tomon 
uchuvchi kema kabinalarida; zavod tsexlarida; kolxoz dalalarida uchratamiz. 
Bunday odamlar qaerda bo„lmasin, qanday og„ir ahvolga tushmasin, har doim ham 
jasorat va haqiqiy inson go„zalligi namunasini ko„rsatadilar. 

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin