11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə14/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
w

Ommaviy madaniyat
eng avvalo, milliy axloqqa zarba berib, jamiyatning g‟oyaviy 
tizimini izdanchiqarishi bilan xatarli ekanligini ham to‟g‟ri tushnish kerak. Bu 
xavf-xatarga qarshi qatiy tura oladigan shaxsni shakllanririshda tarbiyaning barcha 
ko‟rinishlarini uyg‟un holda olib borishlari shart. Etetik tarbiya aynan shu maqsad 
yo‟lida yosh avlodni milliylikka zid bo‟lmagan estetik ideal timsolida, yuksak didli 
qilib tarbiyalash bilan dolzarb vazifa bo‟lib qolmoqda.
“Ommaviy madaniyat”ning asl maqsadi har kuyga solish mumkin bo‟lgan 
olamonni shakllantirish bo‟lgani bois, u ma‟naviy oziq beradigan, badiiy yuksak, 
o‟quvchini mushohadaga undab, tasavvur olamini kengayishiga xizmat qiladigan 
asarlarni 
yaqiniga 
yo‟latmaydi. 
Shuning 
uchun 
“ 
ommaviy 
madaniyat”namunalarini badiiy –estetik qimmatga ega emas. Ommaviy madaniyat 
xoh G‟arb xoh Sharq bo‟lsin uning ma‟naviy hayotiga sezilarli ta‟sir ko‟rsatmoqda. 
U yildan-yilga inson shaxsiga, uning estetik tafakkuriga juda katta kuch bilan daxl 
qiluvchi hodisaga aylanib bormoqda. Bu ayniqsa, estetik tarbiyaning eng muhim 
vositasi bo‟lgan san‟at orqali jamoatchilikka ta‟sir etmoqda. Bu hodisa san‟atda 
behayo filmlar tuturiqsiz musiqalar ko‟rinishida namoyon bo‟lib, ularning asosida 
fahsh, zo‟ravonlik, shafqatsizlik kabi axloqiy illatlar yotishini bugungi kunda 
jamiyatimizning ziyoli qatlami tushunib yetmoqda. 
Bu borada XX asrning 70-yillarida amerikalik bir qator sotsiologlar, faylasuflar
san‟atshunoslar “ommaviy madaniyat”ning ijtimoiy taraqqiyotga, ayniqsa 
umumadaniy jarayonlarga ta‟siri haqida bir qator tadqiqotlarni olib borgan edilar. 
Xususan, sotsiolog Ch.Reych o‟zining “Gullayotgan Amerika” kitobida “isyonkor 
yoshlar o‟zlarining shaxsiy “madaniyat”larini yaratmoqdalarki, bu madaniyatning 
asosini kiyim, musiqa va narkotiklar tashkil etmoqda. Yosh “isyonkor” 
madaniyatning ijtimoiy taraqqiyot bilan bog‟liq falsafiy axloqiy, estetik 
ahamiyatidan hamda muomala va muloqat madaniyatidan yuz o‟girgan holda 
o‟zlariga mos qadriyatlarni yaratmoqdalar va ularni himoya qilmoqdalar. Bu kabi 
“yangi odam” uchun maskur qadriyatning asosi –bu o‟zini mavjud tizimdan 
tashqarida his qilishga bo‟lgan layoqatidir”,-degan fikrni bayon etgan edi.

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin