erishmoqdamiz; hozir ruchkamizdan tortib, kompyuterimizgacha, mashinamizdan
tortib, ko‟ylagimizgacha – hammasi bizni har jihatdan qoniqtirishga qaratilgan.
Dizaynning tub ildizi, mohiyat nuqtai nazaridan, ko‟rgazmali amaliy san‟atga (xalq
amaliy san‟atiga) borib taqaladi: u ham, bu ham foydalilik, manfaatlilik
xususiyatiga ega, ya‟ni ular maqsadga muvofiqlikka emas, maqsadga xizmat
qiladi. Lekin xalq amaliy san‟atiga asos bo‟lgan hunar, aytib o‟tganimizdek,
san‟atga aylanishi mumkin, dizayn esa – dizaynligicha qoladi. Sababi shuki,
hunarmand-usta har bir ashyoga, deylik, uzukka, qumg`onga, xontaxtaga yoki
naqshin qutichaga o‟z dunyosini, xaridorga mos ruhni singdiradi, ya‟ni
hunarmand-usta yasagan o‟nta mis laganda ustaning o‟n xil ruhiy holatini,
kechinmalarini ilg`ash mumkin. Dizaynda esa o‟n minglab yoki yuz minglab
ashyolarga zamonaviy texnika vositasida dizaynchi-injenerning bir galgi ruhiy
dunyosi singdiriladi. Keyinroq ular modernizastiya qilinishi mumkin, lekin unda
ham yana bir xillik avvalgisidan boshqacharoq namoyon bo‟ladi, usta esa doimo
yangi narsa yasaydi va mana shu yangilik rang-baranglik, individuallik hunar
mahsuliki san‟at darajasiga olib chiqishga xizmat qiladi. Bundan tashqari
hunarmand har bir tovarni butunisicha badiiy-ashyoviy yaxlitlik sifatida olib
qaraydi va ishlab chiqaradi. Ya‟ni, unda mazmun ham shakl ham bir ruhiy dunyo
va “bir qo‟lning” mehnati. Dizaynda esa ashyolar “turli qo‟l” ishlagan qismlarni
bir mutaxassisning – dizaynerning yaxlitlashtirishi natijasida o‟zini butunisicha
namoyon qiladi. Shu sababli hunarmandning mahsuloti – san‟at, dizaynerning ishi
nosan‟at estetik faoliyat hisoblanadi. Shunga qaramay, dizayn va dizaynerning
ijodiy mehnati yer yuzida tobora ko‟payib borayotgan inson zotining zamonaviy
iqtisodiy-maishiy hamda estetik ehtiyojini, ma‟naviy talablarini qondirishi bilan
muhim hamda e‟tiborga loyiq. Texnika estetikasi esa dizayn nazariyasi sifatida
estetikaning o‟ziga xos turi, usiz bugungi estetika fanini to‟liq tasavvur qilib
bo‟lmaydi.
Dostları ilə paylaş: