San’at- estetik tarbiyaning muhim vositasi
.
Bugungi kunda jamiyatimizda inson
faoliyatini boshqarib borishdan ko‟ra, ushbu jarayonni insonning o‟zi tashkil etishi
kerakligi bot-bot uqtirilmoqda. Bu jarayonda san‟at mohiyatan shaxsning his-
tuyg‟ulariga ta‟sir ko‟rsatishga qodir bo‟lgan muhim vosita sifatida insonni doimo
o‟ziga jalb etib kelgan. San‟at insonning ehtiroslar va tuyg‟ular olamiga singib
borib ularni yig‟latadi, kuldiradi, o‟ylashga majbur qiladi. Shuning uchun bo‟lsa
kerak san‟at barcha davrlarda insonga hamroh bo‟lib kelgan.
San‟at o‟zining estetik bisotini to‟laligicha namoyon
qilishi uchun ham tarbiya
jarayoni bilan chambarchas bog‟lanadi. Chunonchi, inson tafakkurini
go‟zallashtirish estetikaning tadqiqot obyekti hisoblansa, estetik tarbiyaning
predmeti esa ma‟naviy dunyoni inson tomonidan estetik anglash bilan belgilanadi.
Informatsion texnologiyalar-estetik tarbiyaning global vositasi
.
Bir paytlar tabiiy
va texnika bo‟yicha mutaxassislar tayyorlaydigan oliy ta‟lim muassasalari
talabalariga “ Sizning idealingiz asosan qaysi sohalarda aks etadi?”, degan savolga
ularning ko‟pchiligi san‟at, adabiyot va ma‟rifat sohasida ko‟proq aks etadi, degan
javob berishgani ham fikrlarimizni isbotlaydi.
Aytish mumkinki, axborot va kommunikatsiya texnologiyasi bugungi kunda
insoniy va iqtisodiy taraqqiyotning muhim vositasiga
aylanishi natijasida
odamlarning turmush tarzini, o‟zaro aloqasini hatto tashqi ko‟rinishi ham tubdan
o‟zgarishiga olib keldi.
Mahalla-estetik tarbiyaning muhim vositasi
.
Mahallaning shaxs estetik tarbiyasi
ta‟siri nihoyatda katta.
Modomiki, mahalla jamiyat ichidagi kichkina jamiyat
bo‟lib, u bugun shaxsning ijtimoiy- siyosiy faolligini oshirishga, uning ijtimoiy-
huquqiy madaniyatini shakllantirishga ko‟mak beruvchi makon sifatida ham
yuksak ahamiyat kasb etadi.
Shuningdek, mahalla shaxs nafosatli tarbiyasiga
yaqindan ta‟sir ko‟rsata olishi bilan boshqa omillardan ajralib turadi. Shu jihatdan
mahalla o‟z navbatida o‟z oldiga qo‟ygan ezgu maqsadlarni bajarishi bilan
zamonaviy insonni nafosatli jihatdan tarbiyalaydi.
Tabiat- estetik tarbiyaning zaruriy vositasi
.
Shuni maxsus ta‟kidlash kerakki,
zamonaviy inson tarbiyasini estetik jihatdan kamol toptirishda oila qanchalik
ustuvor omil bo‟lib hisoblansa, bu jarayonda tabiat ham undan kam ahamiyat kasb
etmaydi. Chunki tabiat bilan ongli tarzda murosa
qilmaslik shaxsni nafosatli
jihatdan mukammal bo‟lib yetishishiga monelik ko‟rsatadi. Shuning uchun inson
va tabiat o‟rtasidagi munosabat inqiroz va halokat yoqasiga kelib qolgan hozirgi
vaqtda bu muammoni chetlab o‟tish maqsadga muvofiq bo‟lmaydi.
Mehnatning estetik tarbiya vositasi sifatidagi ahamiyati
Dostları ilə paylaş: