himoyachisi qilib tarbiyalashdir. Hozirda yurtimizda sportni rivojlantirishga doir
ko‟plab dasturlar ishlab chiqilgan va ular jamiyat munosabatlaridan amalda
ishtirok qilmoqdalar. Keyingi kunlarda O‟zbekiston ko‟plab sport turlari bo‟yicha
jahon musobaqalarni uyushtiruvchi va o‟tkazuvchi mamlakat sifatida jahon
hamjamiyatda ko‟zga ko‟rinib bormoqda. Ana shularning barchasi muayyan
ma‟noda inson nafosatli dunyoqarashini, tafakkurini sog‟lomlashtirishga
qaratilgan. Bir so‟z bilan aytganda, sport estetik
tarbiyaning muhim vositasi
sifatida “ Farzandlari sog‟lom yurtning kelajagi porloq bo‟ladi”,- degan maqsadni
amalga oshirishga muhim hissa qo‟shadi.
Milliy ma‟naviyatga ta‟sir o‟tkazuvchi tashqi tahdidlar ayni paytda estetik tarbiya
jarayoniga ham sezilarli ta‟sir ko‟rsatmoqda. Bu esa ijtimoiy-ma‟naviy
munosabatlar tizimida estetik tarbiyani maqsadli yo‟naltirishni taqozo etmoqda.
Ta‟kidlash o‟rinliki, estetik niqobi ostida turli xil ko‟rinishdagi “sog‟lom turmush
tarzi targ‟ibotchilari”, “ko‟ngilochar” va “musaffo tuyg‟u” baxsh etuvchi saytlar
talaygina. Eng dahshatlisi keyingi paytlarda internet tarmog‟i vampirizm estetikasi
va uning targ‟iboti bilan bog‟liq saytlarning ko‟payib borayotganligi
tashvishlanarli holdir. Bu targ‟ibot saytlarni oddiygina qidiruv buyrug‟i orqali
topish mushkul emas. Bunday tahdidlarga qarshi go‟zal qadriyatlarni dunyoga
tanitish, xalqimizning boy va betakror estetik dunyosini aks ettiradigan
personajlarni yaratish orqali kurashishni zamon talab etmoqdaki, bu yoshlarni
ma‟naviy jihatdan yuksaltirishda estetik tarbiyaga zaruriyat
mavjudligidan dalolat
beradi.Bu estetik tarbiyaga nisbatan tahdidlarning birinchi jihati.
Estetik tarbiyaga tahdidning ikkinchi jihati insonning tashqi va ichki
ko‟rinishidagi bog‟liqlikni o‟rganishga bo‟lgan zaruriyat bilan belgilanadi. Bu ilm
bugungi kunda biologiya va tibbiyotda fizionomiya nomi bilan mashhur.
Vaholangki, o‟tmishda bu sohaga jiddiy e‟tibor berilib, qator risolalar yaratilgan.
Jumladan, olmon mumtoz faylasufi I.Kant bu ilmga “ichki olamni o‟rganuvchi
ilm” deb ta‟tif bergan bo‟lsa, sharq allomalari bu borada “Risolai fil farosa” (X
asr), “Farosatnoma” (XVI asr) kabi asarlarni yozib qoldirganlar.
Odatda, farosat tushunchasi estetik baho bilan belgilanadi. U ranjish, nomunosib
holat, ko‟ngilga xush yoqmagan ishlar qilganda munosabat bildiramiz. Shuning
uchun bo‟lsa kerak,kamdan kam hollarda “farosatli kishi, farosati bor,
farosatli”degan so‟zlarni ishlatamiz. Biroq. did, fahm, farosat kabi tushunchalar
aynan estetika ilmiga tegishli bo‟lib, fahm-haqiqatga, farosat-ezgulikka,did-
go‟zallikka munosabat orqali namoyon bo‟ladi. Har
uchchala hodisaning asosida
ham qobiliyat yotadi. Shu ma‟noda fahm-aqliy, farosat-axloqiy, did-estetik
qobiliyatni yuzaga chiqaradi. Ayniqsa, estetik did va farosat murakkab tarbiya
jarayonini taqozo etadi. Chunki u ham aqliy, ham axloqiy, ham hissiy tarbiya
uyg‟unlashgan umumiylikdan iborat.
Shuning uchun ham fiziologik jihatdan yomonlikka
moyil shaxs estetik tarbiya
ta‟sirida xulqini o‟zgartirib, go‟zal axloqli kishiga aylanishi mumkin. Shuning
uchun o‟ziga mavjud yomon hislatlarni yaxshi tomonga o‟zgartirgan va ma‟naviy
kamolotga erishgan kishi haqida faqat yuziga qarab hukm chiqarish adolatdan
emas.
Shu o‟rinda estetik tarbiyaga tahdidning uchinchi jihati haqida fikr bildirish va bu
borada alohida ta‟kidlash shart bo‟lgan bir necha mulohazalar bor. Ular orasida
insonning estetik tarbiyasiga ta‟sir etishning psixologik jihatlarni alohida ahamiyat
kasb etadi. Buni ong osti hodisasi orqali izohlash mumkin.
1.Sezgilar. Aytish mumkinki, mana shu 5ta sezgi ilg‟amagan narsani ong osti
ilg‟ash qobiliyatiga ega. Uzluksiz jarayonni tuyg‟ular xotiraga uzluksiz yozadi.
Ammo biz ularning hammasini ajrata olmaymiz. Zero, kamalakda millionlab, balki
cheksiz miqdordagi rang bo‟lishiga qaramay bizlar ulardan faqatgina 7tasinigina
ajrata olamiz xolos.
2.Kuzatish. Bu borada reklama va uning estetik tabiatni misol qilib ko‟rsatish
mumkin. Shuning uchun ham mahsulot reklamalari odamlar gavjum bo‟ladigan
joylar (bozorlar, ko‟chalar va hokazo)ga o‟rnatiladiki, bunda bevosita kuzatish
muhim omilga aylanishi bejiz emas. Ayni paytda mahsulotga bo‟lgan qiziqish
reklamada ko‟rsatilgan shaxsga ixlos tufayli ortadi.
3.Tashviqot. Ongosti tashviqotga tabiiy holda eshitilmaydigan ovozlar orqali ta‟sir
qilishni kiritish mumkin.
Supermarket, kafe-bar, bozor hamda ko‟ngilochar
maskanlarda qo‟yiladigan musiqalarda ham haridorlarni chorlash maqsadi
ko‟zlanadi.
4.Yashirin kadr orqali ta‟sir qilish. Insonning ong osti hislariga yashirin ta‟sir
qilish xususan 25-kadr kopchilik davlatlar tomonidan ta‟qib ostiga olingan.
Mutaxassislarning fikricha bu turdagi tashviqot har doim ham yaxshi yo‟lda
ishlatilavermasdan, aksar shum niyatli insonlarga qo‟l kelishi mumkin. Misol
uchun kino yoki seriallarda, “Agar bir insonga davomli ravishda “Qo‟shningni
o‟ldir!” shaklidagi yashirin kadr bilan ta‟sir qilinsa, u hech ikkilanmasdan
qotillikka qo‟l urishi mumkin ekanligini tibbiyot psixologiyasi isbotlab beradi.
Yuqorida ko‟rsatib o‟tilgan 4ta jihatga e‟tiborsizlik bugungi kunda tashvishli va
tahdidli hodisa sifatida e‟tirof etilayotgan “ommaviy madaniyat”ni avj olishiga olib
keladi.
Bu
borada
Prezidentimizning
“Yuksak
ma‟naviyat-yengilmas
kuch”asarlarlaridan “Tabiiyki “ommaviy madaniyat”degan niqob ostida axloqiy
buzuqlik va zo‟ravonlik,
individualizm, egosentrizm g‟oyalarini tarqatish, kerak
bo‟lsa shuning hisobidan boylik orttirish, boshqa xalqlarning necha ming yillik
an‟ana va qadriyatlari, turmush tarzining ma‟naviy negizlariga bepisandlik, ularni
qo‟porishga qaratilgan xatarli tahdidlar odamni tashvishga solmay qo‟ymaydi”-
degan purma‟no hikmat bor.
Endi ikki og‟ir so‟z “ommaviy madaniyat” haqida. Uning kelib chiqishi, ta‟siri,
tahdidi borasida mazkur anjuman ishtirokchilarining barchasi habardor, desam
yanglishmagan bo‟laman. Lekin, bir narsaga g‟oyatda tahdidli, u ham bo‟lsa,
ommaviy madaniyat insonni “qiyofasiz” oqimning
bir qismiga aylantirib
qo‟yishidadir.
Bu illat aksariyat hollarda haqiqat, go‟zallik, ezgulik singari muqaddas
tushunchalarni umumiste‟molchilik ehtiyoji bilan bog‟lab, iste‟mol va tovar
sifatida xaridorgir bo‟lishiga qaratilgan maqsadni targ‟ib qiladi. Bu esa pirovardida
“bozor adabiyoti”, “bozot san‟ati” degan ma‟naviyatga tahdid soluvchi
hodisalarning “gullab-yashnashi”uchun imkon yaratadi. Bugun turli arzonbaho
ishqiy yoki detektiv sarguzashtlarning bozori chaqqon. Didsiz, saviyasiz,
“millati”ning tayini yo‟q “badiiy”filmlar ham ko‟payib ketgan. “Bozor
san‟ati”deganda, birinchi navbatda, ana shunaqa filmlar
va bayram sahnalarida
qarsillatib aytiladigan yangroq ashulalar esga tushadi
XXI asr ommaviy madaniyati zamonaviy qiyofada go‟yo rivojlangan madaniy
dunyoga integratsiyalashish niqoblariostida namoyon bo‟lmoqda. Bu niqoblar
ostidagi salbiy holatlar va ular shakllantirish mumkin bo‟lgan illatlar bilan
umuminsoniy qadriyatlar orasidagi keskin tafovutni anglay bilish zamon talabidir.
Dostları ilə paylaş: