11-Mavzu: Estetika kategoriyalari Reja: 1



Yüklə 451,71 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə15/15
tarix12.10.2023
ölçüsü451,71 Kb.
#154435
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15
w

Sport estetikasi 
Sport estetikasi sport sohasidagi estetik qonuniyatlarni o‟rganadi, sportning estetik 
mazmunini, uning jamiyat madaniyatidagi o‟rnini, sport bilan san‟atning o‟zaro 
aloqadorligini tadqiq etadi, inson jismoniy kamolotining ma‟naviy-estetik 
jihatlarini tahlildan o‟tkazadi. 
Ma‟lumki, sport va jismoniy tarbiya deyarli doimo yonma-yon tilga olinsa-da, ular 
bir-biridan jiddiy farq qiladi. Jismoniy tarbiya asosan inson salomatligini 
ta‟minlashga qaratilgan jamiyatning turli yoshdagi barcha tabaqalari ixtiyoriy 


tarzda “o‟zi uchun” shug`ullanadigan, ommaviylik tabiatiga ega mashqlar yoki 
mashq majmularidan iborat. Sport esa, uning qaysi sohasida bo‟lmasin, mutaxassis 
ustozlar nazorati ostida maxsus tayyorgarlik ko‟rgan odamlarning, asosan 
yoshlarning yakkama-yakka yoki jamoaviy tarzda bellashuvini o‟z ichiga oladi. 
Jismoniy tarbiya qay ko‟rinishda bo‟lmasin, (individualmi, jamoaviymi), 
bellashuvni rad etadi va insonga turli mashq shakllaridan xohlaganini tashlash 
imkonini beradi. Sportda esa musobaqa birinchi o‟rinda turadi va unda muayyan 
mashqlar majburiy tarzda bajariladi. Lekin bu majburiylik sportning ma‟lum bir 
turi doirasida sportchiga erkin harakat qilish imkonini beradi, ya‟ni sportda ijodiy 
yondashuv taqiqlanmaydi, balki qo‟llab-quvvatlanadi. Masalan, badiiy gimnastika 
musobaqalarida har bir sportchi o‟zi tanlagan mashqni, o‟zi tanlagan kuy jo‟rligida 
bajaradi, lekin sportning ushbu turiga doir qonun-qoidalardan chetga chiqolmaydi. 
Shunday qilib, jismoniy tarbiyani sportga qo‟shib yuborish yoki ularni 
aynanlashtirish mumkin emas. Sportning boshqa ko‟pchilik turlarida esa barcha 
sportchilar bir xil mashqni bajaradilar, lekin ularni bir-biridan farqlantirib 
turadigan, musobaqa ruhini saqlab, uni so‟ndirmaydigan narsa, bu – har bir 
sportchining bir xildagi mashq ijrosiga ijodiy, o‟ziga xos yondashuvdir. Bunda 
sportchining o‟z a‟zoi badani ustidan hukmronlik qilishi shu hukmronlikni 
egiluvchan go‟zallik, epchillik, ulug`vor xatti-harakatlar shaklida tomoshabinga 
taqdim etishini taqozo qiladi, xullas, sport inson tanasi go‟zalligining namoyishi 
sifatida diqqatga sazovor. 
Sportga qadimgi yunonlar, bundan bir necha ming yillar avval ana shunday nuqtai 
nazardan yondashganlar. Lekin, afsuski, keyinchalik musobaqa omili go‟zallikni 
chetga surib, uni g`oliblik va mag`lublik bilan baholanadigan ehtirosni o‟yinga, 
qimorning o‟ziga xos turiga aylantirib qo‟ydi (qadimgi Rumodagi gladiatorlar 
bahsi, keyinchalik ot poygasiga pul tikishlar v.h.). 
Hozirgi paytda sport jahon bo‟ylab juda keng yoyilgan madaniy soha sifatida tan 
olinadi. Ayniqsa, buni O‟zbekiston misolida yaqqol ko‟rish mumkin. Bizda 
mustaqillik sharofati bilan sportga milliy madaniyatning uzviy qismi sifatida 
qarash shakllandi, uning hamma turi bo‟yicha musobaqalar o‟tkazish odat tusiga 
kirdi, o‟zbek kurashi esa umumbashariy sport turi maqomini oldi, maxsus 
Madaniyat va sport vazirligi tashkil etildi. Bularning deyarli barchasi 
respublikamiz Prezidenti Islom Karimov tashabbusi va nazorati ostida amalga 
oshirildi. Shu tufayli bugun O‟zbekiston sport diyoriga, inson jismoniy go‟zalligini 
jahonga namoyish etayotgan mamlakatlardan biriga aylandi. 
Sport estetikasidagi eng muhim muammo, bu uning san‟at bilan o‟xshashligida. 
Shundan kelib chiqib, zamonaviy sportni (juda bo‟lmaganda, uning ba‟zi turlarini) 
o‟ziga xos san‟at sifatida talqin qilish keng yoyilgan. Rene Mehyu, Morin Kovich, 
Benjamin Lou singari g`arb olimlari va ko‟plab mashhur sportchilar sportni san‟at 
sifatida qabul qilish mumkin degan fikrni o‟rtaga tashlaydilar. Lekin haqiqatan 
ham sport san‟atmi, ularni aynanlashtirish mumkinmi? Bu savolga to‟g`ridan-
to‟g`ri javob berish qiyin. Shu bois sportning kelib chiqishi va mohiyatiga e‟tibor 
qilib ko‟raylik. 


Ma‟lumki, o‟yinni Qadimgi yunon faylasuflari estetik tabiatga ega ekanini 
ta‟kidlab, uni san‟at bilan tenglashtirganlar, Shiller esa, ko‟rib o‟tganimizdek, 
badiiy faoliyatni o‟yinning eng yuksak shakli deb hisoblaydi. Sport esa, eng avvalo 
o‟yin. Undan inson ikki tomonlama estetik zavq oladi: o‟yinchi-sportchi va 
tomoshabin-tarafkash sifatida. bunda tomoshabin san‟atni idrok etayotgandek 
sportchi bilan uyg`unlashib, uning xatti-harakatlariga qo‟shilib ketadi, ayni paytda 
o‟zi sportchi emasligini, ya‟ni estetik masofani his qilib turadi. Bu borada B.Lou 
o‟zining “Sport go‟zalligi” degan kitobida F.Kinonning quyidagi fikrlarini 
keltiradi: “Teatr, – deb yozadi F.Kinon, – tomoshabinga suyanib rivojlanadigan 
san‟at turi... Sport musobaqalarida tomoshabinlar o‟zlarini xuddi spektakl 
tomoshosidagidek tutadilar: ular yuksak mahorat egalariga qarsak chaladilar va 
yomon o‟yin ko‟rsatganga nisbatan salbiy munosabatlarini yashirmaydilar. Sportda 
ham, teatrda ham biz “o‟yin” haqida gapiramiz”
3
. Boshqa bir o‟rinda B.Lou 
H.Slyusherning “Sport va ekzistenstiya” kitobidagi quyidagi satrlarga e‟tibrni 
qaratadi: “Sport – toki haqiqiy sport ekan, u estetik fazilat va nafislikka erisha 
oladi. U sportchi uchun chuqur ma‟noga boy holat... sport botiniy yaxlitlikni va 
yuksak darajadagi hissiy ko‟tarinkilikni talab qiladi, – deb yozadi H.Slyusher 
sportchi his etadigan estetik zavq haqida
4

San‟at bilan sportning yana bir o‟xshash tomoni shundaki, har ikkalasi ham biror 
bir moddiy ehtiyojni qondirmaydi, bevosita maqsad emas, maqsadga muvofiqlik 
tarzida voqe bo‟ladi, ularning asosiy xususiyati, mavjudligini oqlaydigan narsa, bu 
– odamlarga estetik zavq berish xususiyati. Ayni paytda san‟atda ham sportda ham 
o‟yin ijtimoiylik kasb etmasligi mumkin emas, sportchi san‟atkor kabi g`oyaviy-
mafkuraviy maylparastlik tabiatiga ega. San‟atkor vatanparvarlik, millatparvarlik 
g`oyalarini bilvosita – badiiy asari orqali ilgari sursa, sportchi o‟z jismoniy xatti-
harakatlari bilan musobaqalarda vatan bayrog`ini ko‟tarishga, “millatni uyaltirib 
qo‟ymaslikka” intiladi, ya‟ni bevosita va tabiiy ravishda mafkuraviylikni amalga 
oshiradi. Demak, san‟at ham, sport ham shunchaki zavq berish va o‟z iste‟dodidan 
zavqlanish bilangina chegaralanib qolmaydigan ijtimoiy-ma‟naviy hodisalardir. 
Biroq ana shu mafkuraviylik mafkurabozlikka aylansa, ya‟ni ijodkor mafkura 
uchun axloqiylikdan chekinsa, san‟atda haqiqiy badiiy asar yaratishning iloji 
bo‟lmaganidek, sport musobaqasida ham g`irromlik yo‟li bilan, “bir amallab” yutib 
chiqib, haqiqiy g`alabaga erishishi mumkin emas, zero haqiqiy g`alaba 
tomoshabinning bahosi bilan belgilanadi. Masalan, futbol maydonida raqibi 
yiqilib, o‟rnidan tura olmayotganini ko‟rgan futbolchi o‟zi qulay vaziyatda bo‟lsa 
ham, to‟pni maydon tashqarisiga chiqarib yuboradi, raqib o‟rnidan turib, hakam 
to‟pni o‟yinga kiritishga ruxsat berganida yiqilgan raqibning o‟zi yoki 
komandadoshi uni yana maydon tashqarisiga chiqarib, to‟p egallash navbatini 
ixtiyoriy tarzda raqib komandaga beradi. Bu – har ikkala komanda o‟yinchilarining 
jo‟mardligini “haqiqiy yigitlar” ekanini, ularning faqat jismoniy emas, balki 
axloqiy jihatdan ham etukligini ko‟rsatadi, tomoshabin hech qachon ularning 
3
Лоу Б. Красота спорта. Москва. Радуга. 1984. С.92. 
4
Ўша манба. С. 177. 


birortasini to‟pni raqibiga berib qo‟ydi deb ayblamaydi, afsus chekmaydi, aksincha 
xursand bo‟ladi, namoyish qilingan mardlikdan zavqlanadi. 
Qadimgi yunonlar san‟atni “go‟zal yolg`on” deb ataganlar, darhaqiqat, san‟atkor 
bizga “bo‟lmaganni bo‟lgan qilib” ko‟rsatadi, bizni chiroyli aldaydi. Sportning 
ko‟pgina turlarida ham shunaqangi chiroyli aldovni tomosha qilib zavqlanamiz. 
Masalan, futbol o‟yinini olaylik: hujumchi ro‟parasidagi raqibini, futbol tili bilan 
aytganda, “chiroyli fintlar” bilan aldab o‟tganida biz haqiqiy san‟atni ko‟ramiz. 
Hatto reportaj olib borayotgan jurnalist qoyil qolganidan “Go‟zal! Bag`oyat 
go‟zal!” demay iloji yo‟q. Sportning figurali uchish, badiiy gimnastika, sinxron 
suzish, suvga sakrash kabi turlari raqs san‟atidan qolishmaydi, figurali uchish esa 
o‟ziga xos muz ustidagi balet, unda va badiiy gimnastikada musiqa san‟ati ham 
ishtirok etadi. sport jismoniy go‟zallikni xulqiy go‟zallik va go‟zal xatti-harakatlar 
vositasida ma‟naviy go‟zallikka aylantirishdir. Shu ma‟noda sportchi ham artist. 
Mohir sportchi o‟zini bir muddatga jonli haykalga aylantira oladi. 
Shular bir qatorda sport san‟at uchun material bo‟lib xizmat qiladi. bunga o‟zimiz 
guvohmiz: biz sport mavzuidagi rangtasvir, grafika, haykaltaroshlik namunalarini 
ko‟p ko‟rganmiz, hikoya va qissalarni o‟qiganmiz. Biroq, bularning hammasi 
sportni san‟at deb qabul qilishimiz uchun etarli asos bo‟lolmaydi. Buni sport 
estetikasi borasida jiddiy tadqiqotlar olib borgan, yuqorida nomi zikr etilgan B.Lou 
shunday ta‟riflaydi: “Inson badanining – tabiiy shakldagi go‟zallik ekanini, 
sportchi qiyofasi ideal badan tuzilishini o‟zida mujassam etishini e‟tirof qilar 
ekanmiz, sportdagi go‟zallikni san‟atdan ko‟ra tabiatga taalluqli deyishimiz 
mumkin, zero sportdagi go‟zallik ko‟p hollarda tasodifiylik xususiyatiga ega”
5
.
B.Lou aynan mana shu o‟rinda haqiqatga yaqin keladi, deb o‟ylaymiz: sportda 
san‟at unsurlari mavjud, lekin u butunisicha olganda, san‟at emas. Ya‟ni sport 
estetik ko‟rinishlarga ega, estetik zavq uyg`ota oladigan nosan‟at soha. Sport 
estetikasi uning ana shu xususiyatlarini tadqiq etadi.
5
Лоу Б. Красота спорта. Москва. Радуга. 1984. С. 23-24. 

Yüklə 451,71 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   15




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin