kashfiyot, huddi san‟at kabi, ijodkorning muayyan xususiyatlarini o‟zida saqlab
qoladi va keyingi hayoti davomida butun insoniyat boyligiga aylanadi”
. Zotan
ijodiy mehnatni o‟z hayotining ma‟nosi deb bilgan ilm fidoyisigina haqiqiy
olimdir.
Hozirgi kunda san‟atkor va olimning ijodiy mehnati faqat ichki, hissiyotlar bilan
aloqador shaklda emas, balki tashqi – texnika nuqtai nazaridan ham estetiklashgan.
Chunonchi, bugungi yozuchi o‟z mehnat jarayonini kompyutersiz, diktofonsiz
tasavvur qilolmaydi, rassomlar, qo‟shiqchilar va boshqalar kompyutpr
texnologiyasidan foydalanadilar, elektron cholg`u asboblari ham ma‟lum ma‟noda
texnikaning estetiklashuvidan dalolat beradi. Bunday misollarni ko‟plab keltirish
mumkin, barcha hodisalarda dizayner tomonidan mukammallashtirilgan go‟zallik
ijodkorning ma‟naviy-ruhiy ko‟makchisiga aylanishini ko‟rish mumkin.
Mehnat estetikasi texnika estetikasi kabi atrof-muhitni go‟zallashtirish tizimi bilan
bog`liq. Korxona hovlisidagi yashil olam, favvora, daraxtlar, haykallarning
uyg`unligi ichkaridagi binolar peshtoqlari va devorlarida aks etgan ko‟rgazmali
amaliy san‟at namunalari, binolar ichining yuksak did bilan bezatilishi – hammasi
inson mehnatini go‟zallashtirishga, mehnat jarayonining estetik zavq bilan amalga
oshuvini ta‟minlashga xizmat qiladi.
Shunday qilib, mehnat estetikasi mehnat jarayonidagi nafosatni faqat sanoat ishlab
chiqarishi bilan chegaralanmaydi, dizayndan keng foydalangan holda o‟zini atrof-
muhitni go‟zallashtirish tizmidagi asosiy omillardan biri sifatida namoyon etadi va
texnika estetikasi bilan doimiy hamkorlikda ish olib boradi.
Dostları ilə paylaş: