11 Mustaqil ish. Mavzu: Fazodagi kuchlar sistemasi. Sakllantiriladigan



Yüklə 4,41 Mb.
səhifə8/8
tarix24.10.2023
ölçüsü4,41 Mb.
#160276
1   2   3   4   5   6   7   8
11-25-Mustaqil ishlasr - 2023

20- Mustaqil ish.
(Reja 2 soat)


Mavzu: Mexanizmlar klassini aniqlash.

  1. Kinematik juftlik klassifikatsiyasi.

  2. Mexanizm tuzuvchi guruhlar. Assur guruhi.

  3. Quyi kinematik juftlikli II klass 2- tartibli II guruhning modifikatsiyasi.

  4. Mexanizmlar kinematik sxemasini tuzishga doir masalalar.

Kinematik juftlik zvenolaming bog'lanish xarakteri va zvenoIaming bir-biriga tegib harakatlanish xarakteriga qarab ikki xil tasniflanadi (1.2- shakl).



Nazariy mexanika kursidan m a’lumki, qattiq jism 6 ta erkinlik darajasi ( 6 ta yo‘nalishda harakatlanish imkoniyati) ga ega bo‘lib, ulardan uchtasi koordinatalar sistemasining x , у va z o‘qlari bo‘ylab, qolgan uchtasi esa shu o ‘qlar atrofida aylanish yo'nalishida bo‘ladi. Fazodagi erkin jism ning erkinligini birin-ketin bog'lab borish yo‘li bilan bog'lanishi 5 xil bo'lgan 5 ta kinematik juftlik hosil qilish mumkin (1.3- shakl). Bogianish sonini S bilan, erkinlik darajasini TV bilan belgilasak, ulaming yig'indisi fazoda bog'lanmagan vaqtdagi erkinlik soniga doim teng bo'ladi: N+S= 6 (1) Bundan bog'langan jismning erkinlik darajasi N = 6 - S. ( 2 ) ( 2 ) formuladan ko'rinadiki, bog'lanish soni S = 1—5 bo'lishi m um kin. Agar 5 = 6 bo'lsa, ya’ni 6 tom onlam a bog'langan bo'lsa, bunday kinem atik juftlik qo'zg'alm as zvenoga aylanadi. Agar bog'lanish soni 5 = 0 bo'lsa, ya’ni hech qanday bog'lanishga ega bo'lm asa, kinematik juftlik tashkil qilmaydi. Juftlikning bog'lanish soni kinematik juftlikning klassini ko'rsatadi, S = P: S — 6 — H. (3) Quyidagi kinem atik juftliklaming klasslariga (3- tenglama) oid misollami ko'ramiz. I klass kinematik juftlik. Agar shar tekislik bilan kinematik juftlik hosil qilsa (1.3-a shakl) tekislik sham ing h arakatini gorizontal x o'qi yo'nalishida chegaralaydi. Erkinlik darajasi shaklda strelkalar bilan ko'rsatilgan, H = 5. Bunda (3) tenglamaga binoan bog'lanish soni: S = 6 - t f = 6 - 5 = 1. D em ak, juftlik I klass kinem atik ju ftlik ekan. K inem atik juftlikning klass P harfi bilan belgilanadi va uning indeksiga klass raqami qo'yiladi, masalan, I klass kinematik juftlik — Pv II klass kinematik juftlik. Agar silindr tekislik bilan kinematik juftlik hosil qilsa (I. 3-b shakl), silindrning harakati m a’lum darajada cheklangan bo'ladi. Shakldan ko'rinadiki, silindr x o'qi atrofida aylana olm aydi va tekislik uning z o'qi bo'ylab vertical yo‘nalishda harakatlanishiga qarshilik ko'rsatadi. Demak, silindr erkinlik darajasi H = 4, bog'lanish soni S = 6 — 4 = 2 bo'lgan, II klass kinematik juftlik P2 ekan.
Mexanizm tuzuvchi guruhlar. Assur guruhi
Har qanday mexanizmda bitta yoki bir nechta yetakchi zveno bo'ladi. Yetakchi zvenoning stoykaga nisbatan erkinlik darajasi birga teng ( W = 1 ). Shu sababdan mexanizm hosil qilishda yetakchi zveno va stoykaga harakat darajasi nolga teng bo'lgan zanjir ulanadi (qo'shiladi). Erkin elementami stoykaga biriktirganda qo'zg'alanuvchanlik darajasi nol ( W = 0 ) bo'lgan kinematik zanjir mexanizm tuzilish guruhi deb ataladi. Tuzilish guruhining zveno va kinematik juftliklari quyidagicha bog'lanishda bo'lishi kerak. W = 3n - 2PS = 0
(7) formulaga binoan guruhdagi zvenolar soni juft sonlardan ya’ni n = 2, 4, 6 , 8 , ..., V klass kinem atik juftliklar soni esa tegishlicha P = 3, 6 , 9, 12, ... (toq son) lardan iborat bo'ladi. (7) formulaga muvofiq bog'lanishdagi tuzilish guruhining zvenolarini yetakchi zvenoga va stoykaga biriktirish yo'li bilan mexanizmlar hosil qilinadi. Mexanizmlami tuzilish guruhlariga birinchi bo'lib

Quyi kinematik juftlikli II klass 2- tartibli II guruhning modifikatsiyasi

II klass 2- tartibli guruh ikki zvenodan va uchta aylanish hamda sirpanish kinematik juftlaridan iborat bo'ladi. Kinematik juftliklaming bittasi ichki, ikkitasi esa tashqi bo'lib, sirpanma yoki aylanma bo'lishi mumkin. Kinematik juftliklaming sirpanma yoki aylanma guruh tarkibiga kirish tartibiga qarab, guruhning turi o'zgaradi. Guruh tartibi, ilgarilanma va aylanma juftliklarining o'zgarishi modifikatsiya deyiladi. Guruh tarkibida ikkita zveno — ikkita aylanma va bitta ilgarilanma juftlik hosil qilsa, bunday guruh II klass, 2- tartibli guruh deyiladi. 1.19-shaklda II klass, 2 - tartibli Assur guruhining modifikatsiyasi berilgan: a) II klass 2- tartibli guruh, 1- modifikatsiyasi; b) II klass 2- tartibli guruh, 2- modifikatsiyasi; d) II klass 2- tartibli guruh, 3- modifikatsiyasi; e) II klass 2- tartibli guruh, 4- modifikatsiyasi; О II klass 2- tartibli guruh, 5- modifikatsiyasi. Bu guruhlami asosiy mexanizmga qo'shish yo'li bilan V klass aylanma, II klass sirpanma juftlikli mexanizmlari hosil qilinadi.





1.19 - shaklda shu guruhlar qatnashgan mexanizmlar keltirilgan. Tarkibiga II klass 2- tartibli g u ru h lar kirgan m exanizmlar II klass mexanizmlari deb ataladi. Bunday mexanizmlar I klass (yoki boshlang'ich) mexanizmlarga, II klass 2- tartibli Assur guruhini qo'shish yo'li bilan hosil qilinadi.



Demak, bu m exanizm ning qo‘zg‘aluvchanlik darajasi birga teng ekan. M exanizmning 1- zvenosi krivoship bo'lib, bu yetaklovchi zvenoning harakat qonuni (to) m a’lum bo‘lsa, qolgan barcha zvenolar (2, 3, 4 va 5) aniq bir tartibda harakat qila oladi. 2. Mexanizm klassini topamiz. Agar mexanizmdan yetaklovchi zveno AB ni ajratib olib, qolgan guruhini tuzsak (1.21-A shakl) 4 ta zveno, 6 ta kinematik juftlik hosil bo‘lganini, ya’ni III klass 3- tartibda tuzilish guruhi (2, 3, 4, 5. Assur guruhi) ekanini ko‘ramiz. Bu guruhning yetaklovchi zvenoga qo‘shilishidan III klass mexanizm hosil bo‘ladi.
Yüklə 4,41 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin