tire bilan orfografik belgi hisoblanadigan chiziqchani (defisni) farq qilmaydilar, ya‟ni bularning har ikkisini bir xil kattalikda qo‟ya beradilar. Bu kamchilikning oldini olish zarur, chiziqcha (defis) tirening uchdan bir qismi bo‟lishi kerak.
Qavs uch xildir: kichik qavs, o‟rta qavs, katta qavs. Bularning hammasi matematikada qo‟llaniladi. Xatda esa tinish belgi sifatida asosan kichik qavs ishlatiladi.
Ochiladigan va yopiladigan qavslarning o‟rta qismi yarim doira shaklida yoziladi. Kichik qavsning uchdan bir qismi daftar chizig‟ining ostiga tushib turadi.
Qo‟shtirnoq odatda ikki xil (yozma va bosma shakli) qo‟yiladi. Yozma qo‟shtirnoq qo‟shaloq vergulga o‟xshab ochiladi, yopilishida esa teskari qo‟shaloq vergul tarzida qo‟yiladi.
Qo‟shtirnoqning bosma shakli matematikadagi kichik va katta belgilarning qo‟shaloq shakliga o‟xshaydi, u bosma matnlarda qo‟llanadi.
Bolalarning yozma ishlarida qo‟shtirnoqning yozma shakli ishlatilishiga erishish lozim, buning uchun maxsus mashq o‟tkazib, qo‟shtirnoqning yozma va bosma shakllarini eslatib turish kerak.
Har bir tinish belgisi aniq va chiroyli qilib qo‟yilib, harflarning moyilligiga muvofiq, o‟ng tomonga qiya bo‟lib turishi zarur; bo‟yi, katta-kichikligi esa harflarga monand bo‟ladi.
Shunday qilib, husnixat qoidalariga faqat harflarni yozishdagina emas, balki tinish belgilarini qo‟yishda ham rioya qilish zarur.