2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla


Tinish belgilarini yozishga o‟rgatish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə9/10
tarix29.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#90918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla (1)

Tinish belgilarini yozishga o‟rgatish. Tinish belgilari, asosan qo‟shma gap tarkibidagi ayrim sodda gaplarni, gapning ajratilgan ikkinchi darajali bo‟laklari va uyushiq bo‟laklarni, kirish so‟z va gaplarni ajratish uchun ishlatiladi. Bu gaplar esa ayrim gap va gap bo‟laklarini grammatik ifodalanishiga, mazmunga va ohanglariga ko‟ra bir-biridan ajratiladi.
Hozirgi o‟zbek yozuvida o‟n xil tinish belgi ishlatiladi:
1. . (nuqta). 2. ? (so‟roq belgisi). 3. ! (undov belgisi). 4. (ko‟p nuqta). 5. , (vergul). 6. ; (nuqtali vergul). 7. : (ikki nuqta). 8. (tire). 9. ( ) (qavs). 10. “ ”, « » (qo‟shtirnoq).
Tinish belgilari qoidalari tizimini tilshunoslikning punktuatsiya bo‟limi o‟rgatadi.
Quyida qo‟l yozma ishlarda tinish belgilarining qanday qo‟yilishini ko‟rsatib o‟tamiz.
Nuqta yozma va bosma tekstlarda daftar chizig‟ining ustiga dumaloq shaklda qo‟yiladi.
So‟roq belgisi nuqtadan boshlanib, yarim doira va egri chiziqdan iborat bo‟ladi, egri chiziqning oxirgi qismi ingichkalashib boradi. Egri chiziqchaning ostidagi nuqta daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi.
Undov belgisi yuqori qismi bilan yoziladigan to‟g‟ri tayoqcha va nuqtadan iborat bo‟lib, to‟g‟ri tayoqchaning oxirgi qismi ingichkalashib boradi, to‟g‟ri tayoqcha ostidagi nuqta daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi.
Ko‟p nuqta (odatda ketma-ket qo‟yiladigan uchta nuqta) daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi. Agar ko‟p nuqta so‟roq va undov belgisidan keyin qo‟yilishi kerak bo‟lsa, so‟roq yoki undov belgisidan keyin faqat ikkita nuqta qo‟yiladi.
Vergul nuqta bilan boshlanib, uning nuqtasi daftar chizig‟ining ustida, oxirgi qismi esa ingichkalashib, chiziqdan pastga tushadi.
Nuqtali vergulning nuqtasi vergulning ustiga qo‟yiladi.
Ikki nuqtaning ostidagi nuqta daftar chizig‟ining ustiga qo‟yiladi.
Tirening uzun-qisqaligi matematikadagi minus (ayiruv) bilan teng bo‟lib, daftar chizig‟idan bir oz yuqoriga qo‟yiladi.
Ayrim o‟quvchilar
Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin