2-sinfda husnixat darslarini tashkil etish usuliyoti. Dastur talablaridan ayonlashadiki, 2-sinfda ham husnixatga o‟rganishning birinchi kunidan boshlab o‟qituvchining oldida qator bir-birini to‟ldirib va takomillashtirib borishni taqozo etadigan murakkab vazifalar turadi: partada to‟g‟ri o‟tirish, ruchkani to‟g‟ri ushlash malakasini o‟stirish, harflarning qiyaligini va balandligini to‟g‟ri saqlash, yozuv texnikasini takomillashtirish va boshqalar.
2-sinfda ham sharikli ruchkada yozish malakasi rivojlantiriladi.
sinf o‟quvchilariga qiya chiziqlari siyrak bo‟lgan ikki chiziqli daftarga yozish o‟rganilgan bo‟lsa, 2-sinfdan boshlab bir chiziqli daftarga toza, aniq va tez yozish malakasi singdirib boriladi.
sinf o‟quvchilariga bir chiziqli daftarga kichik harflarning balandligini 4 mm, bosh harflarning balandligini esa 8 mm yozishga o‟rgatiladi. Husnixatga o‟rgatishning birinchi kunidan boshlab yozish vaqtida o‟qituvchi o‟quvchilarning ruchkani qanday ushlayotganliklarini kuzatib borishi va siyoh to‟ldirish qoidalarini eslatib o‟tishi lozim. Bu sinfda ko‟proq harflarni bir xil balandlikda chamalab yozishga o‟rgatish talab etiladi. O‟quvchilar bilan ular bir chiziqli daftarga yozishga o‟tishlaridan oldin harflarni bir xil balandlikda yozish mashqlari o‟tkaziladi (mashqlar namunasi 2-sinf uchun chiqarilgan «Husnixat» daftarida beriladi). Bunda o‟qituvchining vazifasi o‟quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‟stirishga qaratiladi. Birinchi navbatda o‟qituvchi o‟z shogirdlarini «Husnixat» daftari bilan to‟liq ta‟minlashga erishishi lozim. Shundagina uning zahmatlari kerakli natijani berishi mumkin. Agar hamma talabalarda «Husnixat» daftari bo‟lmasa ularning o‟zlashtirishlari ham har xil bo‟ladi. Tayyorgarlik mashqlari asta-sekin quyidagicha murakkablashtirib boriladi:
mashq
mashq
mashq
mashq
mashq
Ammo o‟tkazilgan mashqlar ayrim o‟quvchilarga ta‟sir ko‟rsatmasligi, ular bir harfni katta, ikkinchisini kichik, birini baland, ikkinchisini past qilib yozib qo‟yishlari mumkin. O‟qituvchi o‟quvchilarning daftarlarini tekshirayotganda noto‟g‟ri yozilgan harflarni tuzatib yozib qo‟yish va keyingi darsda ularning qanday xatoga yo‟l qo‟yganligini aytib o‟tish lozim.
Masalan, bir o‟quvchi «sa» bo‟g‟inini yozishda «s»ni qator ichida to‟g‟ri yozadi, «a»ni esa “s” dan kichikroq (noto‟g‟ri) qilib yozadi. Shunda o‟qituvchi «a» harfini ham shu balandlikda yoz, deb o‟quvchiga ko‟rsatma berishi kerak. Agar o‟quvchi to‟g‟ri chamalay olmasa, unda o‟qituvchi uning qo‟lidan ushlab turib yozdirishi kerak.
O‟quvchilarga gaplarni yozdirib mashq qildirishdan oldin o‟qituvchi doskada ayrim gaplarni namuna tarzida yozib ko‟rsatishi lozim. Bunda o‟qituvchi doskadagi gapning faqat birinchi harfi katta yozganligini, qolgan harflar esa yozilishi talabi va shakliga ko‟ra bir xil balandlikda yozilganligini aytib o‟tadi.
Gapdagi harflarning baland pastligi tahlil qilingach, o‟qituvchi gapdagi birinchi so‟z qanday harf bilan boshlanganligini so‟raydi. Shundan keyin o‟quvchilar gaplarni yoza boshlaydilar.
K.Qosimova, S.Fuzailov va A.Ne‟matovalar tomonidan yozilgan «Ona tili» 2-sinf uchun darslik (Cho‟lpon nomidagi nashriyot-matbaa ijodiy uyi, Toshkent- 2005)ning 65-sahifasi «Kishilarning ismi va familiyasida bosh harf» mavzusi bilan boshlanadi. Ushbu mavzu tarkibidagi 12 ta mashqni bajarish jarayonida ham yuqorida tilga olganimiz bosh harflarni yozish malakasini shakllantirishni amalga oshirish mumkin.
Shunday qilib o‟quvchilar birinchi so‟zni yozib bo‟lgach, o‟qituvchi gapdagi ikkinchi so‟zning qanday harflar bilan yozilishini so‟raydi. Ko‟rib turganingizdek
Dostları ilə paylaş: |