O harfini yozishda o‟quvchilar ko‟pincha quyidagi xatoga yo‟l qo‟yadilar:
O harfini oziga cho‟zinchoq emas, balki lo‟nda va to‟g‟ri yozadilar:
Harfni kichkina va ingichka yozadilar.
O‟quvchilar o‟ harfini yozish jarayonida ham aynan shunday xatolarga yo‟l qo‟yadilar.
Kichik a harfining unsurlari qo‟shib yoziladi. U o‟zidan keyin yoziladigan harflar bilan ham oson bog‟lanadi. Kichik a harfini yozish uchun birinchi navbatd cho‟zinchoq doira o‟tkaziladi va qo‟lni daftardan olmasdan turib ikkinchi elementi tushiriladi:
Bu harfning yozilish shaklini o‟quvchilar juda yaxshi o‟zlashtirib olishlari zarur. Agar uning yozilish tarzini yaxshi o‟zlashtirib ololmasalar qo‟lni uzib yozishga o‟rganib qoladilar. Shuning uchun o‟qituvchi o‟quvchilarga ba harfning yozilishini qayerdan boshlashni va qayerda tugatishni doim eslatib turishi lozim.
O‟quvchilarning yozuvida quyidagicha noto‟g‟ri yozilgan a harflarini uchratish mumkin:
Ikkinchi (osti ilmoqli tayoqcha) unsuri birinchi cho‟zinchoq doira unsuridan yuqorga chiqib ketadi:
Cho‟zinchoq doira shaklidagi unsurini ochiq qoldirib, unsurlarni to‟g‟ri bog‟lay olmaydilar:
O‟qituvchi bunday xatolarni tuzatish uchun doskada yana qayta (katta o‟lchamda) to‟g‟ri yozilishini ko‟rsatib berishi lozim.
Kichik g harfi ikki unsurdan iborat bo‟lib, o‟zidan keyingi harflar bilan oson bog‟lanadi:
Bu harf yozilish shakli jihatidan sodda bo‟lishiga qaramay o‟quvchilar quyidagi xatolarga yo‟l qo‟yadilar:
Bu xatolarni tuzatish uchun harflar bilan bir qatorda, osti ilmoqli, uzun tayoqcha shaklidagi unsurini yozdirish va ularni qiyos qilib ko‟rsatish lozim. O‟quvchilar g’ harfini yozish jarayonida ham asosan shundy xatolarga yo‟l qo‟yadilar.
Kichik p harfi unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yozdiriladi. Bu harfni yozishda qatorlar orasining o‟rtasidan pastki qatorlar orasining o‟rtasigacha uzun tayoqcha tushiramiz, keyin esa qo‟l harakatini uzmay tayoqcha bo‟ylab yuqoriga ko‟taramiz va satrlar orasini to‟ldirib tayoqchaga ulangan o yozamiz.
Bu harfni yozishda o‟quvchilarning xatida quyidagi kamchiliklarni uchratish mumkin:
Qo‟l harakatini uzib, unsurlarini alohida-alohida yozish:
Uzun tayoqcha shaklidagi chiziqning ustidan qo‟lni qayta aniq yurgiza olmaydilar, burilish chizig‟ini daftar chizig‟ining ostidan boshlaydilar:
Bunday kamchiliklarning oldini olish uchun o‟quvchilarning diqqatini harf unsurlarining to‟g‟ri yozilishiga tortib, quyidagicha mashqlar o‟tkazish lozim:
Kichik q harfi kichik o harfiga osti tugunchakli unsurini qo‟shib yozish orqali hosil bo‟ladi:
Ushbu harfni yozishda quyidagi xatolarga yo‟l qo‟yadilar:
Birinchi va ikkinchi unsuri noto‟g‟ri bog‟lanadi:
Ikkinchi unsurning keyingi harfga bog‟lanadigan ilmoqi qator o‟rtasidan emas, balki pastroqdan qo‟yiladi:
guruh o‟xshash unsurli kichik harflar.
Kichik e harfini yozishda o‟quvchilar deyarli xatoga yo‟l qo‟ymaydilar, chunki e unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi. Kichik e harfi boshqa harflar bilan oson bog‟lanadi:
Ammo ayrim o‟quvchilar bu harfni quyidagicha xato yozadilar:
Kichik b harfi ikki xil shaklda yoziladi:
Agar kichik b harfi so‟zning oxirida kelsa, yopiq holda yoziladi, so‟zning boshida yoki o‟rtasida kelsa, ulash unsuri bilan qo‟shib yoziladi:
O‟quvchilar bu harfning yuqoridagi chiquvchi unsurini bir tomonga qiyshaytirib yozsalar uni quyidagicha mashqlar o‟tkazish orqali tuzatish mumkin:
Kichik x harfi o‟ng va chap yarim cho‟zinchoq doira shaklidan iborat bo‟lsa ham, ular bir-biriga bog‟lab yoziladi.
Bu harfni yozishda o‟quvchilar quyidagi kamchiliklarga yo‟l qo‟yadilar:
1. Harf unsurlarining ustidan qo‟lni qayta aniq yurgiza olmaydilar:
Bunday xato ayniqsa uning elementlarini qo‟shib yozishda ko‟proq uchraydi.
Harf unsurlarini bog‟lashda qo‟l harakatini uzimay yozadilar:
Bunday xatolarning bo‟lmasligi uchun x harfni qo‟l harakatini uzib yozishni qayta mashq qildirish lozim.
Endi o‟xshash unsuri bosh harflar guruhlaridan ayrim harflarning yozilishi borasida to‟xtalib o‟tamiz.
Birinchi guruhdan: Katta U harfi ikki unsurdan iborat bo‟lib, birinchi unsuri ham usti, ham tagi ilmoqli, uzun tayoqcha shaklidan, ikkinchi unsuri esa tagi ilmoqli uzun tayoqcha shaklidan iborat:
Bu harfni yozishda o‟quvchilar ham osti, ham usti ilmoqli birinchi unsurini haddan tashqari yotiq qilib, burib yozadilar:
Ikkinchi guruhdan: Katta H harfi unsurlarga ajratilmay, bir butun shaklda yoziladi. Uning pastki va ustki tugunchaklari bir xil bo‟lishi lozim:
Katta H harfining yozilish texnikasi murakkab bo‟lmasa-da, o‟quvchilarning yozuvlarida quyidagicha o‟xshash ayrim kamchiliklarni uchratish mumkin:
1. Harf unsurlarining burilish joyini juda katta yoki kichik qilib yozadilar:
Katta K harfi ikki unsurdan iborat bo‟lib, ikkinchi unsuri ham usti, ham tagi ilmoqli tayoqchadan iborat bo‟lib, keyingi kichik harflar bilan oson bog‟lanadi:
O‟quvchilar bu harfni yozishda ruchkani chiziqning ustidan qayta aniq yurgiza olmaydilar yoki qo‟l harakatini uzib, unsurlarga ajratib yozadilar:
Ko‟rsatilgan kamchiliklarni bartaraf qilish uchun o‟qituvchi qo‟lning aniq harakat qilishni va qo‟lni uzmasdan yozishni muntazam ta‟kidlab turishi lozim.
Beshinchi guruhdan: Katta Y harfi ikki unsurdan iborat bo‟lib, birinchi unsuri tagi va usti ilmoqli tayoqcha shaklidan, ikkinchi unsuri esa tagi tugunchakli uchun tayoqcha shaklidan iborat. Ammo uning unsurlari bir butun shaklda yoziladi: