2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla


Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə2/10
tarix29.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#90918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla (1)

Fikrni yozma shaklda bayon etish malakasi.
Miqdoriy ko‟rsatkich: 35-40 so‟zdan iborali diktant yoza olish. Talablar:

  1. imlo xatolarga yo‟l qo‟ymaslik;

  2. ijodiy matnning mantiqiy jihatdan izchilligi;

Diktant turlari: lug‟at diktant, yoddan yozuv diktanti, nazorat diktanti.
Miqdoriy ko‟rsatkich: 3-4 gapdan iborat kichik va sodda matn (fikr ehtiyoji bilan bog‟liq mavzu asosida) yaratish.
Talablar:

  1. matndagi gaplarning mazmunidan o‟zaro bog‟liqligi va aloqadorligi, ko‟rsatilgan mavzu doirasida birlashish;

  2. harflar va tinish belgilarini to‟g‟ri yozish;

d) so‟z va gaplarni to‟g‟ri yozib, tinish belgilarini o‟z o‟rniga qo‟ya olish.
Matnning xarakteri: rasm, manzara, voqea-hodisalar tasviri, o‟quvchiga tanish bo‟lgan narsa, buyum tasviri.
«Boshlang‟ich ta‟lim bo‟yicha yangi tahrirdagi o‟quv dasturi»da husnixat mashg‟ulotlari birinchi sinf «Tayyorgarlik davrida yozuv darslari» hamda Alifbe davrining «Yozuvga o‟rgatish» bo‟limlarida amalga oshirilishi ta‟kidlangan bo‟lsa, ikkinchi sinfda «Fonetika, grammatika, imlo va nutq o‟stirish» bo‟limining
«Husnixat» faslida o‟rgatilishi yozilgan.
Quyida «Husnixat» faslida berilgan dasturni aynan iqtibos keltiramiz:
«Bir chiziqli daftarda tez takrorlanadigan» unsurli harflarni yozishga va ikki harfni bir-biriga tutashtirishga oid tayyorgarlik mashqlari: o‟xshash unsurli kichik harflar guruhlaridagi kichik harflarni, shu harflardan tuzilgan bo‟g‟inlar va so‟zlarni yozishni, shuningdek, bosh harflarni o‟zidan keyin kelgan kichik harfga tutashtirishning qiyinlashib borishini hisobga olgan holda, yozuv qoidalariga rioya qilib, chiroyli yozishga o‟rgatish.
Ayrim yozuv qoidalari:

  1. To‟g‟ri, aniq va chiroyli yozuvni o‟rgatish.

  2. Daftarlarning past tomonidagi burchagini ko‟krak o‟rtasining qarshisiga to‟g‟ri qo‟yish.

  3. Daftarni chap qo‟l bilan ushlab turib yozish.

  4. Boshini salgina pastga egib, to‟g‟ri o‟tirish.

  5. Oyoqni bo‟sh tutib, erga qo‟yib o‟tirish.

  6. Qo‟lni to‟g‟ri tutish. Ruchkani erkin ushlash.

  7. Har bir harfni to‟g‟ri tutashtirishga rioya qilgan holda bo‟g‟in va so‟zlarni aniq yozishga harakat qilish.

  8. Shoshmasdan, chaplashtirmasdan yozish.

  9. Har bir mashqni uch-to‟rt marta takrorlash.

Tez takrorlanadigan unsurli harflarni yozishga va ikki harfni bir-biriga tutashtirishga oid tayyorgarlik mashqlari.
O‟quv yili davomida imlosi qiyin bo‟lgan quyidagi so‟zlarning talaffuzi va yozilishini bilib olish: avgust, baland, baho, bahor, behi, Buxoro, dars, daftar, do’st, farzand, fasl, havo, hikoya, jahon, juft, karam, kaft, konki, lavlagi, loviya, lug’at, mashina, minnatdor, moslama, navbatchi, no’xat, oktyabr, payvand, palto, paxta, qo’ng’iroq, quyosh, sabzi, Samarqand, sentyabr, sinf, singil, soat, Toshkent, tarktor, vazifa, vatan, xalq, xursand, yomg’ir, yostiq, o’qituvchi, o’quvchi, shahar kabi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin