2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla


Uchinchi va to‟rtinchi sinflarda husnixat malakalarini takomillashtirish



Yüklə 0,65 Mb.
səhifə7/10
tarix29.03.2023
ölçüsü0,65 Mb.
#90918
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10
2-4-sinflarda husnixat darslarstrrepla (1)

Uchinchi va to‟rtinchi sinflarda husnixat malakalarini takomillashtirish. Uchinchi sinf dasturida o‟quvchilar husnixatini takomillashtirish uchun quyidagi talab va tavsiyalar berilgan:

    • Yozuvga oid malakalarni mustahkamlash;

    • Bolalarni bir chiziqli daftarda yozishni mashq qildirish (harflarni balandlik va kenglik o‟lchamini o‟zlashtirish):

    • O‟quvchi uchun qiyin bo‟lgan ayrim bosh va kichik harflarni, harflar birikmasini yozishga, shuningdek, harflarni to‟g‟ri ulanishiga rioya qilish.

Shu tavsiyalarga tayangan holda uchinchi sinfda husnixat darslari tashkil etiladi. Bu sinfda o‟quvchilarning yozuv malakalarini mustahkamlash uchun ularga ko‟proq ko‟chirib yozish mashqlarini berish va yozuv tezligini hisobga olib boorish lozim. Tez yozish malakasini hosil qilish uchun qo‟l va barmoq muskullari harakatini o‟stiruvchi mashqlarni bajarish; ayrim kichik va bosh harflarning yozilish metodlarini ko‟rsatish kerak bo‟ladi.
Bunday mashqlar o‟quvchilarning chamalash qobiliyatlarini o‟stirishga, harflarni bir-biriga tez bog‟lab yozishga o‟rgatishga katta yordam beradi.
O`quvchilar tayyorgarlik mashqlarini bajarib bo‟lganlaridan so‟ng asta-sekin yozuv tezligi oshib, tez yozish malakasi hosil bo‟la boradi. Bu davrda yozuvga o‟rgatish uchun quyidagi malakalar hosil qilinishi zarur:

  1. Harflarni qo‟l harakatini uzmasdan tez bir-biriga bog‟lab yozish.

  2. Bosh va kichik harflarni bir-biriga bog‟lab yozish.

  3. Matnga qarab ko‟chirib yozish.

To‟rtinchi sinfda ham chiroyli yozuvga o‟rgatishni ona tili darsi bilan bog‟liq holda olib boriladi. Bu sinfda bir chiziqli daftarga kichik harflarni 3 mm balandlikda, bosh harflarni esa 7 mm balandlikda yozish malakasi hosil qilinadi.
Bu sinfda o‟qituvchi, harflarni yozilishini va o‟lchamlarini tushuntirish bilan bir qatorda, quyidagi talablarni eslatib turishi lozim:

  1. Partada to‟g‟ri o‟tirish, ruchkani to‟g‟ri ushlash, daftarni to‟g‟ri tutish.

  2. O‟quvchilarni mayda harfar bilan yanada tezroq yozishga o‟rgatish.

  3. Kichik harflarni bir xil balandlikda, bosh harflarni bir xil balandlikda bir tekis qilib yozishga o‟rgatish.

  4. Tez yozishga o‟rgatuvchi mashqlarni muntazam o‟tkazish.

  5. Ayrim kichik va bosh harflarni tez yozish uchun moslashtirish.

Tez yozish ko‟nikmasi 1-2 sinflarda ham ma‟lum darajada hosil qilingan. 3-4 siflarda bu ko‟nikma alohida mashqlar berish orqali mustahkamlanadi. Yozuv tezligi esa asta-sekin ortib boradi. Bu mashqlarni bajarishda chamalash qobiliyatini o‟atirishga alohida e‟tibor berish zarur.
3-4 sinfda ham ayrim murakkab harflarni alohida yozdirib mashq qildirish mumkin. Bunda har bir qatorda 12-14 ta bosh harf yozish kerak. Agar bundan ko‟p yozilsa, harflar orasidagi masofa va harflarning eni tor bo‟ladi, bundan kam yozilsa, aksincha, keng bo‟lib qoladi:

To‟g‟ri

Noto‟g‟ri
Xuddi shuningdek, so‟zlarni yozishda ham harflarni juda zich yoki ularni orasini keng qilib yubormay bir me‟yorda yozishga odatlanish lozim. So‟zlanning orasidagi masofa esa bir xil saqlanishi (5-6 mm dan oshmasligi, bundan oz ham bo‟lmasligi) kerak. Xatning chiroyli chiqishda harflar va so‟zlar orasidagi masofaning bir xilda bo‟lishi katta rol o‟ynaydi. Shuning uchun 3 sinfda bu masalaga alohida e‟tibor berish lozim.
So‟zlarni qatorlarga to‟g‟ri joylashtirish malakasi ko‟proq ko‟chirib yozuv mashqlari orqali hosil qilinadi.
3-4 sinflarda bosh harflarning yozilishini ko‟proq mashq qildirish lozim. Bosh harflarni mashq qildirish orqali ayrim ish qog‟ozlarini xat, adres va hokazolarni yozish qoidalari ham tushuntiriladi. Bunday ish qog‟ozlarini aniq, ozoda va to‟g‟ri bajarish shu sinflardan boshlab talab etiladi.

Yüklə 0,65 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin