Raqamlarni aniq va chiroyli yozish metodikasi. O‟quvchilarning raqamlarni ham aniq va chiroyli yozishlariga alohida e‟tibor berish zarur. O‟quvchilarga raqamlar I-II sinfda bir katak orasiga III sinfda esa bir katak orasiga kichikroq qilib yozdiriladi.
Misollarni ishlash vaqtida raqamlar va matematik amallarning belgilari o‟z o‟rnida bo‟lishi, kataklarni ortiqcha qoldirib ketmaslik, belgilar bilan sonlarni qo‟shib yubormaslik lozim. Har bir raqam va har belgining o‟z o‟rnida bo‟lishi misolning to‟g‟ri echilishiga ko‟p jihatdan bog‟liqdir. Harflarga o‟xshash raqamlar ham guruhlarga ajratib yozishga o‟rgatiladi. Raqamlar asosan 3 guruhga bo‟linadi.
Birinchi guruh raqamlar (1, 4, 7). Harflarga o‟xshash raqamlar ham bir tomonga 65° qiya qilib yoziladi. 1 raqamining yozilishini quyidagi shakldan ko‟rish mumkin (bu raqamni yozishda qo‟l harakati uzilmaydi).
4 raqami uchta to‟g‟ri chiziq unsuridan iborat: birinchi unsuri qiya chiziq bilan boshlanib, keyin shu chiziqning davomidan yana gorizontal unsur davom ettiriladi. Uchinchi unsuri esa qiya tayoqcha shaklida qo‟l harakati uzilib yoziladi:
7 raqami uch unsurdan iborat bo‟lib, birinchi va ikkinchi unsuri bir-biriga qo‟shilib yoziladi, uchinchi unsuri - «belbog‟i» esa kichik gorizontal chiziq shaklida bo‟ladi:
Yuqorida ko‟rsatilgan 1, 4, 7 raqamlarining yozilishini mustahkamlash uchun mashq o‟tkazish kerak.
Ikkinchi guruh raqamlar (6, 9).6 raqami ikki cho‟zinchoq va yarim cho‟zinchoq doira unsurdan tuzilgan bo‟lib, bu unsurlar bir-biriga qo‟shib yoziladi:
9 raqami 6 raqamining yozilishiga o‟xshash, yarim cho‟zinchoq doira shaklidagi unsuri past tomonda bo‟ladi:
Uchinchi guruh raqamlar (2, 3, 5, 8, 0).2 raqami unsurlarga ajratilmay bir butun qilib yoziladi:
3 raqami ikki unsurdan iborat bo‟lib, ikkala unsuri qo‟l harakati uzilmay bog‟lab yoziladi.:
Bu raqamning yuqoridagi yarim cho‟zinchoq doira unsuri kichikroq bo‟lsa chiroyli ko‟rinadi.
5 raqami uch unsurdan iborat bo‟lib, birinchi unsuri 7 raqamining birinchi unsuriga o‟xshash, ikkinchi unsuri esa kichik tayoqcha, uchinchi unsuri 3 raqamning ikkinchi unsuriga o‟xshash yoziladi:
8 raqami unsurlarga ajratilmay bir butun shaklda yoziladi:
Bu raqamni yozishga o‟rgatishda qo‟l harakatining qayerdan boshlanishini o‟quvchilarga aniq ko‟rsatish lozim. 8 raqamining yuqoridagi cho‟zinchoq doira qismi pastki cho‟zinchoq doira qismiga nisbatan bir muncha kichikroq bo‟ladi.
0 (nol) kichik 0 harfiga o‟xshash cho‟zinchoq doira shaklida yoziladi:
Matematik belgi va raqamlarni to‟g‟ri yozing
Qo‟shish
Ayirish
Ko‟paytirish
Bo‟lish
Shakllarni chizishni o‟rganing
O‟quvchilarga raqamlar bilan birga matematik amal va taqqoslash belgilarining yozilishini ham ko‟rsatib o‟tish lozim: