Xarakat tezligini takomillashtirish 1-vazifa.
-To‘pni yuqoriga, oldinga tashlab darvozabon tez otilib yugurib to‘pga etib olib uni ilib oladi.
-Xuddi shuning o‘zi, lekin to‘pni tashlab, darvozabon oyoqlar tovoni orqa qismda yugurib to‘pga etib oladi va unga ega bo‘ladi.
-Xuddi shuning o‘zi; faqat darvozabon xarakatni tovonning tashqi qismda, keyinchalik ichki qismda bajariladi.
-gandbolchilar to’siq va fishkalar ustidan tezlikda sakrab o’tishlari(7-rasm). -Darvozabon oldinga tashlangan to‘p yo‘nalishi tomon otilib yugurib to‘pdan o‘tib to‘p tushadigan joyga yaqin to‘p tushmasdan o‘tiradi, so‘ng erga tushib sapchigan to‘pniqo‘llari bilan yopib ushlaydi.
-Sherik o‘yinchi qo‘llardan birini yon tomonga uzatib, qo‘lidagi to‘pni tushirib yuboradi, undan 1,5-2m masofada turgan darvozabon to‘p erga tushmasdan o‘nga qo‘l yoki oyog‘ini tegkazishi kerak.
Mashq masofani uzoqtirlashish bilan murakablashtiriladi.
-Ikki darvozabon bir-biri ortidan 1-1,5 m masofada asta yugurib xarakat qiladi. Birinchi darvozabon to‘pni oldinga, chap tomonga yoki orqaga tashlaydi. Ikkinchi darvozabon tez otilib yugurib tashlangan to‘pni ilib oldai.
3-vazifa
-Ikki darvozabon to‘p bilan bir-birining orolig‘i 4-8 m masofada chuqur o‘tirgan xolatda joylashadi. Ikkalasi baravar to‘plarini yuqoriga otadi va xar-hil xolatda (sakrab yoki qadamlab) bir-biriga qarab xarakat qilib sherik to‘piga ega bo‘ladi.
-Ikki darvozabon bir-birinchi ortidan 1,5-2 m masofada turishadi. Birinchi darvozabon to‘p bilan xar-hil o‘nga, chapga, orqada turgan sherik diqqatini jalb qilib xarakatlanadi. Kutilmagan vaqtda to‘pni tashlaydi yoki yon tomonga tushirib yuboradi. Ikkinchi darvozabon birinchi darvozabonning xar-bir xarakatini diqqat bilan kuzatib, to‘p tashlaganida yoki tushirib yuborilganda sakrab xarakat qilib to‘p erga tushmasdan unga ega bo‘lishga xarakat qiladi. To‘p egallangandan so‘ng darvozabonlar joy almashadilar.
4-vazifa.
-Dastlabki xolat; Uch darvozabon to‘p bilan oroliq masofa 3-4 m xosil qiluvchi xar-hil uchburchak bo‘lib joylashadi. Ishora yoki signaldan so‘ng, xar qaysi darvozabon to‘pni yuqoriga otadi va ularning barchasi chap yoki o‘ng tomonga xarakat qilib sherigi joyiga keladi va to‘pni ilib oladi. Joy almashishi usullari xar-hil bo‘lishi mumkin (yugurib, sakrab, o‘tirib, sapchib).
-Ikki darvozabon to‘p bilan, bir-biriga qarab 1,5-2 m masofada joylashadi, navbatma-navbat chalg‘ituvchi xarakatlarni bajaradi. Birinchi darvozabon kutilmaganda to‘pni tashlaydi yoki tushirib yuboradi, ikkinchi darvozabon unga qarama-qarshi tomonga to‘pni tashlab yoki tushirib yuborishi lozim, shundan so‘ng ularning xar-biri to‘p erga tushmasdan uni ilib olishga xarakat qiladi.