O‘yin epchilligini rivojlantirish uchun mashqlar
Yugurib, yurib yiqilib , dumbaloq oshib, burilishlardan so‘ng to‘pni tashlab va uni ilib olish. Dumbaloq oshib turib to‘pni mo‘ljalga uzatish. Gandbol to‘pini kutilmaganda paydo bo‘lgan nishonga urish. To‘pni devorga (batut) otib qaytgan to‘pni ilib olish va kopleks darvozaga to’p otish mashqlari(5-rasm).
5-rasm
Devordan (batut) qaytgan to‘pni o‘grilgandan, o‘tirib turib, sakragandan so‘ng ilib olish. Gimnastik ko‘prikchadan depsinib yuqoriga sakrab uchish fazasida to‘p va to‘psiz (gavdaning vertikal xolatini saqlab) xar-xil xarakatlarni bajarish.
Skamkeyka ustida to‘pni olib yurish, skameyka ustida yurib to‘pni erga urib olib yurish va to‘siqlar ustidan o‘tib to‘pni erga urib olib yurish. Ikki qo‘lni vaqti-vaqti bilan almashtirib ikki to‘pni erga urib olib yurish. To‘pni erga urib olib yurib sherik to‘pini urib yuborish.maksimal shiddat bilan xar-xil yugurish, sakrash, ilish, uzatish, otish va to‘pnt erga urib olib yurish mashqlarini bajarish. Xar-xil kenglikdagi qadamlarda, xar-xil tezlikdagi yugurishlarni bajarish.
Yugurish, to‘pni ilish, uzatish va otish elementlarini qo‘shib estafetalar o‘tkazish. SHerik bilan 2-3 m oraliq musofani saqlab bir-biriga yuzma-yuz xar-hil xarakatlarni bajarish.
Maxsus chidamlikni rivojlantirish uchun mashqlar.
Yugurib, sakrab texnik-taktik mashqlarni ko‘p marta xar-hil shiddatda, davomatda va tanafusda bajarish. O‘yin vaqtni ko‘paytirib ximoyadan xujumga, xujumdan ximoyaga o‘tib o‘quv o‘yinlarini o‘tkazish. Aylanma mashg‘ulot (tezkor-kuch, maxsus).
Jismoniy tayyorgarlik
Tezkor-kuch qobiliyatini takomillashtirish 1-vazifa.
-Dastlabki xolat: Ikki darvozabon bir-biridan 3-4 m oroliq masofa, ulardan biri oyoqlarni oldinga cho‘zib utiradi, ikkinchisi uning qarshisida qo‘liga to‘p olib to‘radi. To‘p bilan bo‘lgan darvozabon aniq yo‘nalishda sherigi ko‘krak qismiga to‘p tashlaydi, u oldin orqaga yotib so‘ng yana o‘tirib to‘pi ilib oladi.
-Xuddi shuning o‘zi, o‘tirgan darvozabon o‘z-o‘ziga to‘pni tashlab bajaradi.
-Xuddi shuning o‘zi, faqat to‘p erdan sapchigandan so‘ng uni ilib olishi zarur. 2-vazifa.
-Darvozabon darvoza markazida qo‘llariga tayanib yotgan holatda bo‘ladi. Xujumchi to‘p bilan darvozaning pastki qisimlariga to‘p otishni bajaradi, darvozabon esa shunday xolatda oyoqlari bilan to‘pni qaytaradi.
-Xuddi shuning o‘zi, faqat to‘plar dumalab kelmasa darvozabon unday otilgan to‘plarni faqat qo‘l bilan qaytaradi.
-Qo‘llarga tayanib yotgan darvozabon oyoqlarini sherigi ushlab turadi. O‘yinchi 4-5 marta birma-bir to‘pni darvozaga otadi. Darvozabon to‘pni faqat qo‘l bilan qaytarishga xarakat qiladi.
- qarshilikdava yuk bilan yugurish. Bunda gandbolchiga orqa tarafidan qarshilik ko’ratish mobaynida gandbolchi oldinga qarab yuqurish lozim(6-rasm)
3-vazifa.
6-rasm
-Darvozabon chalqancha erda (polda) yotib qo‘llardan foydalanmasdan qarshi tomon o‘griladi: yotgan darvozabon bosh tomondan 2-3 m masofada ikki to‘p bilan turgan sheriga ketma-ket to‘pni otadi, chalqancha yoki qarshida yotgan darvozabon to‘pni qaytarishga xarakat qiladi.
Shu yo‘snida o‘sha yo‘nalishda aylanib xarakat qilayotgan darvozabon oyog‘i tomonda 2-3 m masofada turgan ikkinchi o‘yinchaning otgan to‘plarini qaytarishga xarakat qiladi.
-Darvozabon darvozada yotgan holatida, o‘yinchi darvozabon yonginasidan o‘tishini mo‘ljallab to‘p otadi. Darvozabon vazifasi-to‘pni ilib yana uni o‘yinchiga qaytarish.
4-vazifa.
-Darvozabon navbatma-navbat, o‘tirib turish va sakrash xarakatlarini bajaradi, shu bilan bir vaqtda u yuqoridan yoki pastdan kelayotgan to‘pni qaytarish uchun ximoya xarakatlarini ham bajaradi.
-Darvozabon bir vaqtda yuqori burchaklarga otilgan ikki to‘pni (yoki yuqori va past) sakrab ushlab olishga xarakat qiladi.
Dostları ilə paylaş: |