2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə8/14
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140208
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14
2. Документ Microsoft Word

Chaqqonlikni tarbiyalash
Chaqqonlik - bu sportchining harakatlari muvo-fiqlashgan va ular aniqligini bevosita kuchning va tezlikning yuqori darajasi ko‘rsatilishi bilan bog‘liq kompleks qobiliyatidir. Muvofiqlashuv jihatidan mu-rakkab harakatlarni yaxshi o‘zlashtirish paydo bo‘layotgan vaziyatlarni to‘g‘ri baholash, to‘satdan o‘zgarayotgan sharo-itlarga amal qilib, murakkab harakat vazifalarini muvaffaqiyatli echish qobiliyati bilan tavsiflanadi. Gandbolchi uchun nihoyatda muhim narsa, bu tayanchsiz holatda bajariladigan muvofiqlashgan harakatlar, tez o‘zgaruvchi sharoitlarda to‘p bilan bo‘ladigan harakatlar, muvozanatni saqlay bilish va orientatsiyani saqlashning a’lo darajada rivojlanishidir.
Chaqqonlikning rivojlanishiga, odatlanmagan sha-roitda (boshqa snaryadlar va tuproq, to‘siqlarni bosh-qacha joylashtirish, ob-havo sharoitlarining qiyinligi va boshqalar) odatdagi mashqlarni bajarish yaxshi yordam beradi. Shuningdek, akrobatik, gimnastik va engil atletikaga oid mashqlarni to‘pni uzatish, ilish, darvozaga otish texnikasi bilan birgalikda qo‘shib o‘rganishlar ham chaqqonlikni rivojlantiruvchi vositalardan sanaladi.
Og‘irligi va hajmi har xil bo‘lgan to‘plarni ishlatib harakat muvozanatini takomillashtirish jara-yoni o‘yin texnikasini takomillashtirishdan oldinroq yurib, o‘yinchi tomonidan to‘pni egallash sifati yuqori bo‘lishini talab qiladi. Bunda quyidagi taxminiy mashqlardan foydalanish mumkin:
to‘pni yuqoriga otib va ilib, o‘ng va chap qo‘l bilan erga (polga urib, gimnastika skameykasi ustidan sakrash;
- fishhalar orasidan tezlikda o’tib yugurish vaqtga(13-rasm).

13-rasm
to‘pni yuqoriga otish; to‘pni yuqoriga otib o‘tirgan va turgan holda to‘pni ilish; shu mashqning o‘zi, 180-360є burilib to‘pni ilish;
shu mashqning o‘zi, lekin o‘tirgan holatda to‘pni ilish, to‘pni yuqoriga otib va turgan holatda uni ilish;
yuqoriga otilgan to‘pning tagidan yugurib o‘tish va to‘pga burilib, uni ilib olish;
harakatda to‘pni ilish yoki undan o‘zini olib qochish;
aylanayotgan arg‘amchidan sakrash va to‘pni ilish hamda sherigiga uzatish; yotgan holatda to‘pni yuqoriga otish va o‘tirib uni ilish;
bir oyoqni oldinga ko‘tarish va ko‘tarilgan oyoq tagidan to‘pni tashqi tomondan o‘tkazib yuqoriga otish;
to‘pni bir qo‘llab ushlab, uni gavda atrofida qo‘ldan qo‘lga o‘tkazib aylantirish; shuning o‘zi, ammo oldinga engashgan holatda to‘pni oyoqlar orasidan o‘tkazish; shuning o‘zi, ammo oyoqlar bir oz keng qo‘yilgan holatda to‘pni «sakkiz» shaklida oyoqlar atrofidan o‘tkazish;
ikki to‘p bilan «jonglyor»lik qilish.
Tez o‘zgaruvchan o‘yin vaziyatlarida chaqqonlikni tarbiyalash uchun «to‘siqlar polosasi»ga o‘xshash mashqlarni tavsiya qilish mumkin. Masalan:
1. Akrobatik sakrash – to‘siq ustidan o‘mbaloq oshish, keyin bir oz yugurib «derazaga» sakrash, so‘ng prujinasimon ko‘prikchadan depsinib, arqonga ma’lum balandlikkacha chiqish, shundan keyin mo‘ljallangan joyga aniq sakrab tushish. Mashq marra chizig‘iga qadar jadal yugurish bilan tugallanadi;
2. Start to‘ldirma to‘p bilan yuqoriga qarab yotishdan iborat. O‘yinchi 4-5 m yugurib to‘siqdan oshib o‘tishi, shundan keyin yakkacho‘p ustidan oshib tushishi, so‘ngra 6-8 m masofaga jadal yugurishi va gimnastika devoriga irg‘ib, eng yuqoridagi brusning ustidan devorga qo‘l tekkizishi lozim. Mashq pastga sakrab tushish va marra chizig‘iga yakunlovchi jadal yugurish bilan tugallanadi.
3. Shunga o‘xshash «to‘siqlar polosasi»ni engib chiqish odatda, har bir qatnashuvchi va jamoaning vaqtini belgilash va ikki jamoa o‘rtasida bo‘ladigan musobaqa tarzida o‘tkaziladi. Lekin shunga o‘xshash mashqlarning bir mashg‘ulotda juda ko‘payib ketishi ham lozim deb topilmaydi, chunki ular faqat jismoniy kuchlanishni emas, balki juda katta asab kuchlanishini ham talab qiladi. Agar ular ataylab trenirovka mashg‘ulotiga kiritilgan bo‘lsa, bu holda ularni darsning asosiy qismida bajarish lozim.


Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin