2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə11/14
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140208
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14
2. Документ Microsoft Word

Jismoniy yuklamani hisobga olish
Gandbol mashg‘ulotida yuklama hajmi bajarilish muddati bilan belgilanadi. Trenirovka hajmini mashqlar bajarishga ketgan vaqt yoki mashqlarni bajarish soni bilan aniqlash mumkin.
Shiddatlilikni har xil usullar bilan aniqlash mumkin. Eng oddiy va to‘g‘ri usul-pedagogik nazorat asosida shiddatlilikni aniqlash. Bu holda maksimal, katta va kichik shiddatlilik aniqlanadi (V.E.Goncharenko va E.I.Polyanskiy, 1980). Musobaqa jarayonida telemetrik asboblar yordamida yurak qisqarishining tez-tez tak-rorlanishi tufayli shiddatlilikni baholashni V.YA. Ignateva (1980 y) tavsiya etgan. Y.M.Shanenkov (1976) yurak qisqarishining takrorlanishi orqali (ChSS) nagruzka shiddatini aniqlashning hammabop hisoblash usulini tavsiya etd(15-jadval). Ko‘p tekshirishlar natijasida bu usulning juda to‘g‘riligi aniqlandi, chunki qon tomir urishining asboblar yordamida olingan ma’lumotlari qo‘l bilan qon tomirni ushlab olingan ma’lumotlardan farq qilmasligi aniqlandi. Bu usulda butun mashg‘ulot mobaynida har bir bajarilgan mashqdan so‘ng 10 sek davomida qon tomir urishi qo‘l bilan ushlab aniqlanadi. Bunday usulni qo‘llash mashg‘ulot yuklama shiddati va har bir gandbolchining shaxsiy reaksiyasini aniqlashda to‘la ma’lumot olishga yordam beradi.
Yurak qisqarishi takrorlanishi tufayli mashg‘ulot yuklama shiddatini aniqlash (Y.M.Shaninkov, 1976)
15-jadval

Shiddatlilik

Yurak qisqarish soni (CHSSR ud.min.)


Minimal

130
O‘rta

130-150
Baland

150-170
Maksimal



170 va hokazo

O‘qish davomida videoyozuvlardan foydalanish
Ilmiy-tekshirish ishlarida kinoga olish va videoga yozish eng ko‘p uchraydigan pedagogik usul hisoblanadi. Ular yordamida aniq ma’lumotlar olish, shaxsiy va jamoaviy texnik-taktik haraktlarni tahlil qilishga imkoniyat yaratiladi.
Ilmiy tekshirishda qo‘llaniladigan boshqa usullar-dan videoyozuvning ustunligi quyidagilardan iborat: ilmiy tekshirishda kerakli qismlarni bir necha marta qayta ko‘rish, videoyozuvni sekinlashtirish va, kerak bo‘lsa, videoyozuvni to‘xtatib qo‘yish imkoniyatidan foydalanish mumkin.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin