2-Ma‘ruza Jismoniy sifatlarni rivojlantirish. Jismoniy tayyorgarlik sport maxoratining asosi. Jismoniy sifatlarni tarbiyalash. Gandbolchilarning umumiy va maxsus jismoniy sifatlariga tavsif



Yüklə 1,28 Mb.
səhifə7/14
tarix23.08.2023
ölçüsü1,28 Mb.
#140208
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14
2. Документ Microsoft Word

Tezkorlikni tarbiyalash.

Jismoniy fazilatlardan biri bo‘lgan tezkorlik deganda, biz gandbolchining ma’lum sharoitda qisqa vaqt ichida, eng ko‘p harakatlarni xarakatlarni bajara olish qobiliyatini tushunamiz.


Tezkorlik namoyon bo‘lishining quyidagi shakllari mavjuddir: tafakkur (fikrlash) jarayonining tezligi;
oddiy va murakkab reaksiyalarning qanday bo‘lma-sin biron-bir tashqi ta’sir yoki kompleks ta’sirlarga javoban tezligi;
yakka harakatni bajarish tezligi;
harakatlar tezligi (ayrim harakatlar seriyasini bajarish vaqti).
O‘yinchi harakat faoliyatining tezligi, birinchi navbatda, harakatlarni muvofiqlashtiruvchi markaziy nerv tizimining faoliyatiga munosib bo‘lishi lozim. Gandbolchining tezkorligi muayyan reaksiya tezligida, jadal siltanishda, 25-30 m masofada ko‘rsatiladigan yugurish tezligida hamda to‘p bilan yoki to‘psiz texnik usullarni bajarish tezligida aniq ifodalanadi.

11-rasm
Tezkorlikni rivojlantirish uchun yugurishda qayta tezlanish, velosipedda uchish va shunga o‘xshash har xil maksimal tezlik bilan bajariladigan siklik
mashqlar-dan foydalaniladi(11rasm). qayta tezlanishda maksimal darajaga etkazadigan qilib tezlikni sekin-asta, tekis oshirib borib, harakat amplitudasini kattalashtirish lozim. 8
Tezkorlikni rivojlantirishga yordam beradigan yana ko‘pgina mashqlarni keltiramiz: yonboshlab, orqa bilan jadal yugurishni bajarish;
tizzani yuqoriroq ko‘tarib va qadamlarni maksi-mal tezlikda qo‘yib yugurish;
25-80 m masofaga oyoq uchida depsinib tez sakrab-sakrab harakat qilish; maksimal sur’atda aylantirilayotgan
kalta va uzun arg‘amchi bilan sakrash; aylanib turgan arg‘amchi tagidan yoki ustidan yugurib o‘tish;
o‘rta masofaga yugurayotganda sur’atni to‘satdan o‘zgartirish;
dastlab yugurib borishdan so‘ng (6-8 m) 20-30 m masofada maksimal tezlikka erishish(12-rasm).
Siltanish (ro‘vok) va tez yugurishlar har xil estafetalarda musobaqa uslubida o‘tkazilgani ma’qul. Bir mashg‘ulotga mo‘ljallangan tezkorlikni
rivojlantirishga qaratilgan mashqlarning hajmi 12-rasm uncha katta bo‘lmasligi kerak.
Tezkorlikni rivojlantirish uchun o‘yin texnikasi va taktikasiga oid ayrim mashqlardan foydalanish mumkin. SHuningdek, tez yorib o‘tish, pressing ham, maksimal tezlikda to‘pni erga urib yurish va chalg‘itib o‘tish kabi mashqlar ham tezkorlikni rivojlantirishga imkon yaratadi.
O‘yinchilarning yakka harakatida - hujum va himoyada oyoq harakatini tezlashtirib, harakat tezligini rivoj-lantirishga katta ahamiyat berish kerak.

Yüklə 1,28 Mb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   14




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin