Epchilikni takomillashtirish 1-vazifa.
-Darvozabon devorga yuzlanib 2-2,5 m masofada turib oyoqning tavonining o‘ng va chap tarafi bilan tennis to‘pini yo‘naltiradi va uni shu oyoq bilan tuxtatadi.
-Xuddi shuning o‘zi, faqat devorga otilgan to‘pni shunday xisoblash kerakli to‘p devorga tegib qaytgandan so‘ng erga darvozabon oldida tushish. Darvozabon sakrab 180є o‘grilib to‘pni ilib oladi.
-O‘yinchi devorga yon tomoni bilan turadi. Bir qo‘li bilan to‘pni erga urib olib yurishni, ikkinchi yuqoriga ko‘tarilgan qo‘li bilan devordan foydalanib bajaradi.
-O‘yinchi devorga yuzlanib 2-3 m masofada turadi. Chap qo‘li bilan to‘pni erga urib olib yurishni, o‘ng qo‘li bilan ikkinchi to‘pni devorga uzatib va uni ilib olishni bajaradi. Mashqni chapga, o‘nga, devor bo‘ylab, oldinga, orqaga xarakat qilib takrorlash mumkin.
-Devorga yuzlanib qornida yotib devorga to‘p otadi va qaytdan to‘pni qaytaradi ( mashqni erda o‘tirib yurib bajarish mumkin).
-O‘tirib (yotib) devordan 3-4 m oroliq masofada darvozabon to‘p otishni bajaradi, devordan sapchib qaytgan to‘pni turib ilib oladi. Mashqni murakkablashtirish maqsadida murabbiy devor bilan darvozabon oroliq masofani qisqartiradi.
2-vazifa.
-Darvozabon devordan 3m oroliq masofada unga yuzlanib joylashadi. O‘yinchi darvozabon ortida devordan 4-5 m masofada qo‘liga tennis to‘plarini olib turadi. Murabbiy ishorasi bilan o‘yinchi to‘plarini navbatma-navbat devorga otadi, devordan qaytgan to‘pni darvozabon to‘xtatishi lozim.
-Darvozabon devordan 1,5-2 m masofada orqa bilan turadi to‘p bilan o‘yinchi darvozabondan 4-5 m masofadan turib darvozabon oyog‘i tovon qismiga to‘p otadi. Darvozabon otilgan to‘p o‘tib ketishi uchun sakrab 180є o‘griladi va devordan qaytgan to‘pga ega bo‘ladi.
5.2 Jismoniy sifatlar (tezkorlik, chaqqonlik, kuch, egiluvchanlik, chidamlilik)ni tarbiyalash.
Gandbolchilarning umumiy jismoniy tayyorgarligi jismoniy qobiliyatlarni har tomonlama tayyorlash, umumiy ish qobiliyatini oshirish vazifalarini hal qiladi. Umumrivojlantiruvchi mashqlar va sportning boshqa turlaridan olingan shug‘ullanuvchilar organizmiga umumiy ta’sir ko‘rsatuvchi mashqlar bunda asosiy vositalar sifatida qo‘llaniladi. Bunda mushak-paylar-ning rivojlanishi va mustahkamlanishiga, ichki organlar «faoliyati»ning takomillashishiga, harakatlar muvozana-tining yaxshilanishiga va harakat sifatlari umumiy darajasining oshishiga erishiladi.
Umumiy jismoniy tayyorgarlikni oshirish maqsa-dida qo‘llaniladigan ko‘pgina mashqlar organizmga har tomonlama ta’sir ko‘rsatadi, ayni chog‘da ularning har biri u yoki bu sifatlarni ko‘proq rivojlantirishga qaratilgan bo‘ladi.
Maxsus jismoniy tayyorgarlikning maqsadi – gandbolchi uchun xos bo‘lgan jismoniy sifatlar va funksional imkoniyatlarni rivojlantirish hamda takomillashtirishdan iboratdir.
Gandbolchining umumiy va maxsus jismoniy tayyorgarligida kuch, tezkorlik, chidamlilik, chaqqonlik, epchillik asosiy o‘rin tutadi. Ayni shu jismoniy fazilatlar gandbolchilarning harakat imkoniyatlari darajasini ifodalaydi.
Kuchni tarbiyalash Kuch zamonaviy sport trenirovkasi
amaliyotida sportchining eng muhim jismoniy fazilatlaridan biri bo‘lib hisoblanadi. Chunki kuch ma’lum darajada o‘yin-chining maydonda harakatlanish tezligini, yuqoriga sakrashning balandligi darajasini belgilaydi.
Kuch o‘z xarakteriga ko‘ra: mutlaq kuch, nisbiy kuch, «portlovchi» va «startga oid» bo‘lishi mumkin. Kuchni rivojlantiruvchi mashqlar juda ko’p bo’lib bulardan biri sherikla qarama qarshi xolatda joylashib bir-birlarini o’ng qo’llarini ushlab boshlovchining ishorasidan keyin sheriklar bir-birin o’zning tamoniga qarab tortishishni boshlashadilar belgilangan vaqt ichida va sheriklar qo’llarni almashtirishadi(8-rasm).
Dostları ilə paylaş: |