2-mavzu: 1C: Korxona buxgalteriya dasturining mazmuni, predmeti va vazifalari



Yüklə 441,29 Kb.
səhifə11/12
tarix20.11.2023
ölçüsü441,29 Kb.
#163598
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12
2 mavzu

1S: Buxgalteriya, BEM (Buxgalterning elektron madadkori), Turbo Buxgalteriya, Folio va boshqalardir. Bunday kichik hisobxona dasturlari o’zlashtirish va ishlatishda sodda, buxgalteriya bo’yicha kasb egasi bo’lmagan foydalanuvchilarga mo’ljallangan. «Mujassamlangan buxgalteriya tizimi»ga mansub dasturlar kichik va o’rta biznes uchun mo’ljallangan. Ularda hisobning keng yoyilgan tahliliy hisobi olib boriluvchi ba’zi bir uchastkalari bo’yicha modullar qurilgan. Masalan, hisobning ish xaqi, materiallar, asosiy vositalar, xazina, bank, shartnomalar, etkazib beruvchilar va boshqalar kabi uchastkalari bo’yicha tahliliy hisob mustaqil ravishda amalga oshiriladi, ammo keyinchalik ularni yakuniy buxgalteriya hisoboti tuzilishi ta’minlanadigan «Provodka - Asosiy kitob - Balans» moduliga mujassamlashuvi sodir bo’ladi. Bu sinfga mansub eng yaxshi dasturlar Parus, Kompex+, BEMBI+, Buxkompleks, Supermenejer lardir.
1.3. Buxgalteriya 1S dasturi xaqida tushuncha

Quyida biz xozirgi paytda turli xil korxonalarda keng miqyosda ishlatilayotgan va amaliyotda ancha vaqt mobaynida o’zini oqlab kelgan xamda katta imkoniyatlarga ega bo’lgan 1S Buxgalteriya dasturining imkoniyatlari xaqida qisqacha ma’lumot beramiz. «1S:Predpriyatie» deb nomlangan dasturlar oilasi bir necha konfiguratsiyalarga ega. «Buxgalterskiy uchet» (Buxgalteriya hisobi) deb nomlangan konfiguratsiya barcha buxgalteriya operatsiyalarini bajarishga imkon beradi. Ishchi-xizmatchilari soni 30 tadan kam bo’lgan ko’tara savdo korxonalari uchun ushbu konfiguratsiya juda ham mos tushadi va u buxgalteriya hisobi bilan bog’liq bo’lgan barcha ishlarni amalga oshirishga imkon beradi. Kamroq shtatga ega bo’lgan chakana va ko’tara savdo tashkilotlari uchun «Torgovlya i sklad» - Savdo va ombor - deb nomlangan konfiguratsiyani tanlagan ma’qul bo’ladi. Agar korxona katta shtatga ega bo’lsa, u xolda uning «Zarplata i kadri» - Ish xaqi va kadrlar -konfiguratsiyasisiz ish yuritishi juda ham murakkab bo’lib qoladi. Ammo

30
buxgalteriya hisobini to’la miqyosda amalga oshirish uchun bularga



«Buxgalterskiy uchet» - Buxgalteriya hisobi - konfiguratsiyasini ham qo’shib qo’yish kerak bo’ladi. Ammo «Kompleksnaya konfiguratsiya» -Umumlashgan tuzilma - deb nomlangan dastur yuqoridagi barcha konfiguratsiyalarni o’zida mujassamlashtiradi. Agar ishlab chiqarish bilan uzviy bog’liq bo’lgan tashkilot uchun tsexlardagi xolat va mahsulot komplektatsiyasi bilan bog’liq masalalarning aniq hisob-kitobini yuritish lozim bo’lsa, u xolda «Proizvodstvo» - Ishlab chiqarish va «Parus» deb nomlangan maxsus konfiguratsiyalaridan foydalangan ma’qul bo’ladi. Agar konfiguratsiyani tanlash bo’yicha qandaydir muammolar kelib chiqsa, u xolda bu soha bo’yicha mutaxassislarga uchrashishingiz mumkin (dastur bo’yicha malakali maslahatlar olish mumkin bo’lgan tashkilotlar manzili ushbu risolaning ilovasida keltirilgan). Lekin shuni aytib o’tish kerakki, xech qachon buxgalteriya xisob-kitoblari uchun mo’ljallangan buxgalteriyani yuritish dasturi xar tomonlama ideal bo’la olmaydi, unda ko’zda tutilgan xujjatlar va hisobotlar esa korxonangizning talablari va rahbarlarning istaklarini to’liq miqdorda qondira olmaydi. Agar bu ishlar sizni qoniqtirmasa, u xolda 1S dasturini sozlovchi-dasturchiga murojaat qilishingiz kerak bo’ladi. Ushbu dasturni o’rganuvchilar uchun asosiy qiyinchilik uning ishlash mantiqini tushunmaslikdan kelib chiqadi. Ko’pchilik tajribali buxgalterlar ham o’z hisob-kitob ishlarini dasturning mantiqiga to’la rioya qilmasdan olib borishlari amaliyotdan yaxshi ma’lum bo’lgan xolatdir. Shuning uchun ham ushbu kitobdagi ma’lumotlardan foydalangan xolda dastur mantiqini yaxshilab, batafsil va to’liq tushunib olishga xarakat qiling.
Dasturda ishlash foydalanuvchi tomonidan kompyuterda amalga oshiriladigan bir qancha xatti-xarakatlarni bajarish tartibini aniq bilishni va tushunishni talab qiladi. Bular jumlasiga quyidagilarni kiritish mumkin:
Kursor - ekrandagi xarakatlanuvchi chiziqchadir;

31
Darcha yoki oyna – kompyuter ekranidagi biror bir xujjatning tasviri bo’lgan to’rtburchak shakl deb tushuniladi;


Tugmachalar kombinatsiyasi – klaviaturada bir vaqtda bosilishi kerak bo’lgan bir qancha tugmachalar sifatida tushuniladi;
Sichqoncha sifatida noutbuklarda trekobl yoki sensorli ekran ham xizmat ko’rsatishi mumkin;
Vertikal yoki gorizontal yo’lakchalar ekranning chap qismida yoki pastida joylashtiriladigan va undagi tasvirni tepaga-pastga yoki o’ngga-chapga yo’nalishlarda xarakatlantirish mumkin bo’lgan surgichlar.
«Kursorni … ga o’rnatilsin» deyilganida sichqoncha ko’rsatgichini ekrandagi ob’ektga olib kelish va o’sha erda sichqonchaning chap tugmachasi bilan bir marta turtish tushuniladi;
« . . . Tanlansin» deyilganida kursor turgan joyda sichqonchaning chap tugmachasi bilan ikki marta turtishga aytiladi. Xuddi shu ishni klaviaturadagi Enter tugmachasi ham bajaradi;
«Kontekst menyu ochilsin» deyilganida ekrandagi ob’ektga kursorni o’rnatib, uning o’ng tugmachasi bosilganida ochiladigan menyuga aytiladi.
Piktogramma deyilganida dasturning u yoki bu funktsiyasini (amalini) bajarib beradigan rasmli yoki qandaydir tasvirli tugmachalari yoki rasmlarga tushuniladi.
Rekvizit deyilganida istalgan xujjatning yoki ma’lumotnomaning maydonlariga yoziladigan ma’lumotlarga aytiladi.
Muloqot darchasining varag’i deganda uning tepa qismidagi gorizontal qatorlardagi nomlari yozib qo’yilgan Zakladka lari ko’zda tutiladi.
Galochka deganda ochiq maydonlarga qo’yiladigan belgisi tushuniladi.

32
Maydon deganda muloqot darchasining kerakli so’zlar, ko’rsatgichlar yoki amallar yozib qo’yilgan joylari ro’parasidagi ma’lumotlar yoziladigan bo’sh joylar ko’zda tutiladi.


Maydonga kiritiladigan ma’lumotni tanlash deb uning o’ng tomonidagi to’rtburchak shaklli tugmani bosib, mavjud imkoniyatlardan birini tanlashga aytiladi.
Tugmacha deganda muloqot darchasidagi kerakli amal nomi yozilgan joy yoki klaviatura tugmachalari tushuniladi.
Tugmachani turtish deganda, kursorni kerakli tugmachaga olib kelib, sichqonchaning (yoki sensorli ekranning) chap tugmachasini bosishga aytiladi.
Menyu punktlarini tanlash deganda asosiy menyuga kirib, undagi paydo bo’lgan imkoniyatlardan ketma-ket foydalanish tushuniladi. Masalan, agar Servis Parametri Obshchie varag’i deb yozilgan bo’lsa, bu Servis menyusidan Parametri imkoniyatini tanlang va so’ngra paydo bo’lgan muloqot darchasidagi Obshchie varag’ini (zakladkasini) bosing, degani bo’ladi.
Buyruqni tanlang deganda xuddi yuqoridagiga o’xshash, menyuning ketma-ket imkoniyatlarini tanlashga tushuniladi;
Kompyuterning qayta yuklanishi - uni o’chirib yoqish jarayonini (tasodifiy yoki maqsadli) yoki qaytadan ishni boshlashni anglatadi.
Eslatma: 1S:Predpriyatie dasturining ko’pgina versiyalari bo’lgani uchun va uning har bir versiyasi sizning kompyuteringizga o’rnatilayotganida u yoki bu turdagi sozlanishlar yordamida amalga oshirilishi tufayli, ushbu kitobchada keltirilgan muloqot darchalari, menyular va tugmachalar bir-biridan biroz farqlanishi mumkin. Shuning uchun bunday xollarda mantiqiy fikrlagan xolda dastur bilan ishlashning va ma’lumotlar kiritishning eng to’g’ri xatti-xarakatlarini o’zingiz aniqlab olishingizga to’g’ri keladi.

33
Albatta deyarli barcha amallarni (ishlarni) menyu orqali yoki

klaviaturadagi tugmachalar kombinatsiyasi vositasida ham bajarish mumkin. Bu tanlov foydalanuvchining malakasi, qiziqishi va ko’nikmalari bilan aniqlanadi, albatta. Bu ishlarni bajara olishni ham dasturning rivojlangan interfeysi hisobga olgan. Siz ushbu qo’llanmada keltirilgan mashqlar va amaliy topshiriqlarni bajarish davomida bunday ko’nikma va tajribalarga ega bo’lib olasiz deb o’ylaymiz.
Ko’rib chiqilayotgan dasturning asosiy muloqot oynasi quyidagi asosiy va yordamchi elementlardan iborat:

Bu erda tepadan birinchi qatorda dasturning va echilayotgan masalaning nomi yoziladi, ikkinchi qatorda esa dastur asosiy menyusining punktlari joylashgan, uchinchi qatorda dastur bilan ish olib borish tugmachalari (piktogrammalari) joylashgan, to’rtinchi qatorda esa buxgalteriya hisobini

34
avtomatlashtirilgan tarzda bajarish imkonini beradigan tugmachalar

(piktogrammalar) ko’rsatilgan. Asosiy oynaning eng pastki qismida Start (Pusk) tugmachasi, xozirgi paytda ishga tushirilgan dasturlar ruyhati va boshqa bir qancha piktogrammalar mavjud bo’lib, ular foydalanuvchilar uchun o’ziga xos qulaylik yaratadi. Uning shundoqqina tepasida esa yordamchi qator joylashgan bo’lib, undan foydalanib, dastur xaqidagi bir qancha foydali ma’lumotlar olinishi mumkin.


Xar bir piktogrammaga kursor ko’rsatgichi keltirilib turilsa, biroz vaqtdan so’ng, u erda suzib chiquvchi tushuntiruv paydo bo’ladi (vsplivayushchaya podskazka) va u tugmacha nima ish bajara olishi xaqida kerakli ma’lumotlarni olishga imkon yaratadi. Asosiy menyu punktlari esa unga kursor o’rnatilib, bir marta bosilganida, undagi menyuchalar (podmenyu) ruyhatini ko’rsatadi. Masalan, Dokumenti menyusi ochilgandagi ko’rinish quyidagicha bo’lishi mumkin:

35
1S:Buxgalteriya dasturi ekranning pastki chap tomonida joylashgan




Yüklə 441,29 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin