Yechimlar matritsasi
|
2-firma
|
|
Narx 4 dollar
|
Narx 7 dollar
|
1-firma
|
Narx 4 dollar
|
12000 12000
|
18000 6000
|
Narx 7 dollar
|
6000 18000
|
15000 15000
|
Yechimlar matritsasidan ko‘rinib turibdiki, agar ular kelishib narxni 7 so‘m qilib belgilasa, ikkalasi ham 15000 so‘mdan foyda oladilar. Hamma gap shundaki, har bir firma ikkinchi firmaningqanday strategiyani tanlashidan qat’i nazar narxni 4 so‘m qilib belgilab yutuqqa erishishga harakat qiladi. Nima uchun deganda, bunday narxda o‘yinchi boy bermaydi (uning foydasi kamida 12000 so‘mga teng bo‘ladi).
Odatda, oligopolistik bozorda harakat qilayotgan firmalar ko‘proq bir-birlari bilan hamkorlikda harakat qilishga intiladi. Uzoq muddatli tajribadan ma’lumki, “narxlar jangi” faqat yo‘qotishlarga olib kelishi mumkin xolos. Bundan tashqari, narxni bir tomonlama pasaytirishdan oladigan foyda qisqa muddatli oraliqda manfaatli bo‘lishi mumkin va raqobatchilar bunga albatta qarama-qarshi strategiyani qo‘llaydi. Lekin shunga qaramasdan, raqobatchi hisobidan ko‘proq foyda olishga moyillik ba’zi bir firmalarda saqlanib qoladi. Demak, firmalar kelishuvi ham uzoq davom etavermaydi.
2.5. Aralash strategiyalar
Biz ilgari ko‘rib chiqqan barcha o‘yinlarda o‘yinchilar ma’lum bir tanlovni yoki aniq bir harakatni amalga oshirgan, ya’ni reklama berish yoki bermaslik, narxni 5 yoki 8 dollar qilib belgilash kabistrategiyalar bilan duch keldik. Bunday strategiyalar sof strategiyalar deb ataladi. Biroq, sof strategiya o‘yinning eng yaxshi varianti bo‘lmagan holatlar ham mavjud.
Dostları ilə paylaş: |