2-mavzu. O‘yinlаr nаzаriyasi va raqobat strategiyalari


Plyajda joylashtirish bo‘yicha o‘yin



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə5/12
tarix07.01.2024
ölçüsü105,53 Kb.
#211378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. O\'yinlar nazariyasi va raqobat strategiyalari

Plyajda joylashtirish bo‘yicha o‘yin. Faraz qilaylik, A va B firmalar raqobatlashadi. Ular yozda plyajda salqin sharbatlar sotishni rejalashtirmoqda. Plyaj uzunligi 200 metr deylik, dam oluvchilar plyaj yuzasi bo‘yicha bir tekis joylashgan. Firmalar bir xil sharbatlarni bir xil narxda sotmoqchi va tabiiyki xaridorlar yaqinroq sotuvchiga borishni ma’qul ko‘radi. Firmalar plyajda qanday joylashgani ma’qul?
Аgar o‘ylab ko‘rilsa, Nesh muvozanati ikkala sotuvchini ham plyajning markazida joylashishga undaydi (2.1-rasm).

2.1-rasm. Plyajda joylshish o‘yini.
Aytaylik, sotuvchi B plyajning plyaj uzunligining oxiridan to‘rtdan uch qismida joylashgan bo‘lsin. Bunday holda A firma plyajning o‘rtasida qolishni xohlamaydi. B firma A firmaga yaqin joyda, uning chap tomonida joylashadi va bunday holda A sotuvchi xaridorlarning to‘rtdan uch qismini qoplab oladi yoki daromadning to‘rtdan uch qismini oladi. Bunday natija muvozanat holat bo‘lmaydi, chunki B sotuvchi plyajning o‘rtasiga joylashishni xohlaydi va A sotuvchi ham shunday qiladi.
“Plyajda joylashish o‘yini” bizga bunday holatning ko‘p qirraligini tushunishga yordam beradi. Yo‘lning 200 yoki 300 metr oralig‘ida 2 ta yoki 3 ta yonilg‘i shaxobchasi yoki bir nechta do‘konlarning joylashganiga e’tibor berganmisiz? АQSHda Prezident saylovi yaqinlashganda, demokratlar va respublikachilarning vakillari markazga yaqinlashib, o‘zining platformasini e’lon qiladi.
Maksimin strategiyasi. Nesh muvozanati konsepsiyasi individual ratsionallikka asoslanadi. Har bir o‘yinchining strategiyani tanlashi nafaqat uning, balki raqibining ham ratsional harakat qilishiga bog‘liq. Buni quyidagi 2.4-jadvalda ko‘rish mumkin.
2.4-jadval
Maksimin strategiyasi

Firma A





Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin