2-mavzu. O‘yinlаr nаzаriyasi va raqobat strategiyalari


Reklama ishida yutuqlar matritsasi



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə3/12
tarix07.01.2024
ölçüsü105,53 Kb.
#211378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. O\'yinlar nazariyasi va raqobat strategiyalari

Reklama ishida yutuqlar matritsasi

Firma A




Firma B

Reklama qilish

Reklama qilmaslik

Reklama qilish

10/5

15/0

Reklama qilmaslik

6/8

20/2

Bu o‘yinda А firmaning dominant strategiyasi yo‘q. Lekin B niki bor – reklama berish. B dominant strategiyani tanlaydi, А ham reklamani tanlasa muvozanat holat sodir bo‘ladi. Bu muvozanatga Nesh muvozanati deyiladi. Bu o‘yinda А firma B ning qaroriga ko‘ra mumkin bo‘lgan eng yaxshi strategiyani tanlaydi. B ham А ning qaroriga ko‘ra eng yaxshi strategiyani tanlaydi. Dominant strategiya shunday strategiyaki, raqib tomon qanday strategiyani tanlashdan qat’i nazar birinchi o‘yinchi optimal strategiyani tanlaydi.




2.3. Nesh muvozanati
O‘yinning mumkin bo‘lgan yakuniy natijasini aniqlash uchun “barqaror” strategiyalarni aniqlashga urindik. Dominant strategiyalar ham barqaror sanaladi, ammo ko‘plab o‘yinlarda bir yoki bir nechta o‘yinchilar dominantlik strategiyasi mavjud emas. Mikroiqtisodiyotning boshlang‘ich kursidan Nesh muvozanati konsepsiyasi bilan tanishmiz va uning keng qo‘llanilishini ko‘rdik.
Nesh muvozanati o‘yinchilarning shunday strategiyalar to‘plamiki (yoki o‘yinchilarning shunday harakat strategiyalariki), bunda har bir o‘yinchi, raqibining tanlagan strategiyasidan kelib chiqib, o‘zining mumkin bo‘lgan eng yaxshi strategiyasini tanlaydi.
Hech bir o‘yinchi Nesh muvozanatidan chetlanishdan manfaatdor emasligi tufayli bu strategiya barqaror. Jadvaldagi misolda. Oldingi paragrafda keltirilgan 2.2-jadvaldagi Nesh muvozanatida har ikkala firma uchun ham reklama berish manfaatli: har bir firma raqibining qarorini hisobga olgan holda, imkoni boricha o‘zining eng yaxshi qarorini qabul qilgan va bu qarorini o‘zgartirish uchun hech qanday sabab yo‘q.
Oligopolistik firmalarning mahsulot ishlab chiqarish hajmini chiqishi va narx belgilash strategiyasini bilish uchun Nesh muvozanatidan foydalanish mumkin. Masalan, Kurno modelida har bir firma raqobatchisining mahsulotini o‘zgarmas deb qabul qilgan holda o‘z mahsuloti hajmini belgilaydi. Kurno muvozanatida hech bir firma o‘z mahsuloti hajmini bir tomonlama o‘zgartirmasligini ko‘rdik, chunki har bir firma raqobatchisining qarorlarini hisobga olgan holda harakat qiladi. Shu tarzda, Kurnoning muvozanati aslida Nesh muvozanatidir.
Kurno muvozanati, o‘yinlar nazariyasida Nesh muvozanati deb yuritiladi. Nesh muvozanati holatida har bir o‘yinchi o‘zining raqibi tanlagan harakatiga ko‘ra tanlovi eng yaxshi tanlov hisoblanadi. Nesh muvozanati holatida hech bir o‘yinchi o‘zining harakatini o‘zgartirishdan manfaatdor emаs. Kurno muvozanatida ham har bir duopolist raqibi tanlagan ishlab chiqarish hajmida o‘zining ishlab chiqarish hajmini foydani maksimallashtiradigan darajada belgilaydi va shu sabab duopolistlar o‘zlarining mahsulot ishlab chiqarish hajmlarini o‘zgartirishidan manfaat olmaydilar.
Kurno modeli duopolistlar Kurno muvozanat holatida bo‘lmaganda, ular shu muvozanatga erishish uchun harakat qilishi mumkinligi to‘g‘risida hech narsa demaydi. Nima uchun deganda, modelda raqobatchining mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmas deb qilinadigan asosiy farazi bajarilmaydi. Hech qaysi firmaning mahsulot ishlab chiqarish hajmi o‘zgarmasdan qolmaydi.
Endi Nesh muvozanatini dominantlik strategiyasi bilan taqqoslaymiz.

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin