Dominantlik strategiyasi: raqibim qanday strategiyani tanlashidan qat’i nazar men eng yaxshi strategiyani tanlayman. Men qanday strategiyani tanlashimdan qat’i nazar raqibim eng yaxshi strategiyani tanlaydi.
Nesh muvozanati: raqibim tanlagan strategiyani hisobga olib, men eng yaxshi strategiyani tanlayman. Men tanlagan strategiyadan kelib chiqib, raqibim eng yaxshi strategiyani tanlaydi.
Nesh muvozanati nokorporativ strategiya hisoblanadi: raqib firmaning harakatidan kelib chiqib, har bir firma mumkin bo‘lgan maksimal foyda keltiruvchi qarorni qabul qiladi.
Yana shuni ta’kidlash kerakki, Nesh muvozanati “barqaror” va “o‘zini o‘zi ushlab turuvchi” holat bo‘lib hisoblanadi. Nesh muvozanatida hech qaysi firma ushbu holatning buzilishidan manfaatdor emas.
Tovarni tanlash muammosi. Faraz qilaylik bozorda ikki variantdagi yangi suxari noni sotilmoqda. Bittasi shirin, ikkinchisi gijirlagan (xrustyaщiy). Firmalarning resurs imkoniyatlari faqat bir turdagi mahsulotni ishlab chiqarish uchun yetarli. Firmalar uchun yutuq matritsasi 2.3-jadvalda keltirilgan.
2.3-jadval
Tovar tanlash muammosi
Firma A
|
|
Firma 2
|
Qarsildoq
|
Shirin
|
Qarsildoq
|
-5/-5
|
10/10
|
Shirin
|
10/10
|
-5/-5
|
Аgar ikkala firma bir xil mahsulot ishlab chiqarsa, ikkalasi ham zarar ko‘radi. Firmalar koalitsiyaga bormasdan harakat qilsin deylik. Faraz qilaylik birinchi firma nashriyot orqali shirin suxari nonini ishlab chiqarishini bildirdi. Ikkinchi firma bu axborotga ishonib qarsildoq suxarini bozorga chiqarish bo‘yicha qaror qabul qiladi. Аgar birinchi firma e’lon qilgan mahsulotini bozorga chiqarsa uning yutug‘i 10 ga teng bo‘ladi. Аgar u boshqa variantni tanlasa va ikkinchi firma oldingi strategiyada qolsa, birinchi firmaning yutug‘i −5 ga teng bo‘ladi. Demak, chap tomon past katakdagi strategiyalar barqaror bo‘lib, Nesh muvozanatini beradi. O‘ng taraf yuqori katakdagi strategiyalar ham Nesh muvozanatini beradi.
Har bir Nesh muvozanati barqaror, chunki har bir o‘yinchi bir tomonlama muvozanat holatidan chetlanishni istamaydi. Ta’kidlash joizki, bu o‘yinda qo‘shimcha axborotsiz qaysi muvozanat: “qarsildoq-shirin” yoki “shirin-qarsildoq” sodir bo‘lishini aniqlash usuli yo‘q. Umuman shu muvozanatlardan biri sodir bo‘lishi mumkinmi yoki yo‘qmi – bu ham noma’lum. Odatda, bunday holatlarda firmalar qaysi tarmoqda harakat qilishi to‘g‘risida bir-biriga signal beradi.
Dostları ilə paylaş: |