2-mavzu. O‘yinlаr nаzаriyasi va raqobat strategiyalari



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə2/12
tarix07.01.2024
ölçüsü105,53 Kb.
#211378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. O\'yinlar nazariyasi va raqobat strategiyalari

2.2. Dominantlik strategiyasi
Qaysi strategiya o‘yin uchun eng yaxshisi ekanligiga qanday bilishimiz mumkin? O‘yinning mumkin bo‘lgan natijasini qanday aniqlashimiz mumkin? Bizga har bir o‘yinchining ratsional harakati qanday qilib muvozanat qaroriga kelishini aniqlashga yordam beradigan nimadir kerak. Raqobatchilar muayyan tanlovga kelganda, ba’zi strategiyalar muvaffaqiyat amalga oshishi, boshqa tanlovni qabul qilganlarida esa muvaffaqiyatsiz bo‘lishi mumkin. Biroq, ayrim strategiyalar raqobatchilarning tanlovidan qat’i nazar muvaffaqiyatli bo‘lishi mumkin. Biz dominant strategiya – raqib nima qilishidan qat’i nazar eng optimal strategiya konsepsiyasidan boshlaymiz.
Quyidagi misol ushbu strategiyani duopoliya sharoitida aks ettiradi. А va B kompaniyalar raqobatlashib tovar sotadi va reklama kompaniyasini amalga oshirishga qaror qiladi. Har bir firmaning strategiyasi raqib firmaning strategiyasiga bog‘liq. O‘yinning natijasi to‘lov yoki yutuq matritsasida berilgan. Har bir katakdagi birinchi raqam А firmaning yutug‘i, ikkinchi raqam B firmaning yutug‘i (2.1-jadval).

2.1-jadval


Reklama ishida yutuqlar matritsasi

Firma A




Firma B

Reklama qilish

Reklama qilmaslik

Reklama qilish

10/5

15/0

Reklama qilmaslik

6/8

10/2

Ikkala firma ham reklama qiladigan bo‘lsa А firma 10 birlik foyda oladi, B firma - 5 birlik. Аgar А reklama bersa, B reklama bermasa А ning yutug‘i 15 birlikni tashkil etadi, B niki – nol. Jadvaldan ko‘rish mumkin, А firma uchun reklama qilish dominant strategiya hisoblanadi, chunki А reklama qilganda B qaysi strategiyani tanlamasin А firmaning yutug‘i maksimal bo‘ladi, ya’ni B reklamani tanlasa А ning yutug‘i 10>6, B reklama qilmasa А ning yutug‘i 15>10 bo‘ladi. Xuddi shunday B uchun ham reklama berish dominant strategiya bo‘ladi.


Ikkala firma ham ratsional harakat qiladi deb faraz qilsak, o‘yinning eng yaxshi natijasi ikkala firmaning reklama qilishi hisoblanadi. Ushbu natijani aniqlash oson, chunki ikkala firma ham ustun strategiyaga ega. Har bir o‘yinchi dominant strategiyaga ega bo‘lsa o‘yin natijasini dominant strategiya muvozanati deyiladi.
O‘yinda har bir o‘yinchi uchun har doyim ham dominant strategiya bo‘lavermaydi. 2.2-jadvaldagi o‘yinning o‘ng tomondagi pastki katakka o‘zgartirish kiritamiz.
2.2-jadval

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin