2-mavzu. O‘yinlаr nаzаriyasi va raqobat strategiyalari


Yechimlar matritsasi (har bir to‘rtburchakdagi yuqori o‘ngdagi raqam B ga, pastdagi chap raqam A ga tegishli)



Yüklə 105,53 Kb.
səhifə7/12
tarix07.01.2024
ölçüsü105,53 Kb.
#211378
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12
2-mavzu. O\'yinlar nazariyasi va raqobat strategiyalari

Yechimlar matritsasi (har bir to‘rtburchakdagi yuqori o‘ngdagi raqam B ga, pastdagi chap raqam A ga tegishli)




B shaxs




Bo’yniga oldi

Bo’yniga olmadi

A shaxs

Bo’yniga oldi

-6 -6

-1 -10

Bo’yniga olmadi

-10 -1

-3 -3

Qamoqxonadagi jinoyatchilardan birini A ikkinchisi B deylik. Har bir qamalgan shaxs oldida muammo turadi. Agar ikkalasi kelisha olsa edi, ularning har biri 3 yildan qamoq jazosini olar edi. Lekin, ularni bir-biri bilan gaplashish imkoniyati yo‘q. Agar kelishgan taqdirda ham ular bir-biriga ishonishi qiyin. Nima uchun deganda, uch yil o‘rniga bir yil qamoqda o‘tirish, ularni har qanday majburiyatdan kechishga majbur qilishi mumkin. Yechimlar matritsasiga qarasak, A shaxs qaysi variantni qo‘llashidan qat’i nazar, B shaxs bo‘yniga olsa, u yutib chiqadi, ya’ni ikkala variantda ham B shaxs A shaxsdan ko‘p vaqtga qamalmaydi (6 yoki 1 yil). Xuddi shunday, B shaxs qaysi yechimni tanlamasin, agar A shaxs bo‘yniga olsa, u ham yutib chiqadi. Demak, ikkalasini ham bo‘yniga olish yechimini tanlashi ehtimoli yuqoriroq.


Oligopolistik firmalar ham ko‘p hollarda “mahbus dilemmasi”ga duch keladi. Bunday holatda firmalar oldida ham quyidagi varantlardan biri turadi: agressiv raqobat orqali ikkinchi tomonga qarashli bozor ulushining ma’lum qismini egallash (narx strategiyasi orqali), yoki passiv harakat qilish, yoki ikkinchi tomon bilan kelishish. Lekin u passiv harakat qilsa, ikkinchi tomon agressiv harakat qilib, uning bozordagi ulushini bir qismini egallab olishi mumkin. Shuning uchun ham firmalar oldida “mahbus dilemmasi” turadi.
Faraz qilaylik, duopolik bozorda ikkita firma bir xil mahsulot sotadi deylik. Kurno muvzanatida har bir firma bir birlik mahsulot narxini 4 dollardan qilib belgilab 12 ming dollardan har biri daromad olishi mumkin. Agar firmalar bir-biri bilan kelishib narxni 7 dollarga ko‘tarishsa, 15 ming dollardan daromad oladilar. Ulardan biri narxni 7 dollar qilib belgilaganda, ikkinchi firma 4 dollar qilib belgilasa, 18 ming dollar foyda oladi, birinchi firmaning foydasi 6 ming dollarga tushadi. Ushbu vaziyatning variant yechimlari quyidagi 2.6-jadvalda keltirilgan.
2.6-jadval

Yüklə 105,53 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   12




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin