2 Mazkur majmuada “Fan va texnika” faniga doir me’yoriy ta’minot (o‘quv dasturi, ishchi fan dasturi), ta’lim texnologiyalari o‘z aksini topgan. Ushbu o‘quv-uslubiy majmua oliy ta’lim muassasalarining professor- o‘qituvchilari uchun tavsiya



Yüklə 5,01 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə29/94
tarix25.12.2023
ölçüsü5,01 Kb.
#195918
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94
2-курс фан техника мажмуа

Takrorlash uchun savollar: 
1.VIII asr oxiri IX asr boshida xalifalik tarkibidan qaysi davlatlar ajralib chiqdi? 
2. Somoniylar davlat ma'muriyatini qanday tashkil qilganlar? 
3. Mog`ullar bosqiniga bag’ishlangan asarlarni sanab bering. 
4. Sharqda islom dinining eng nufuzli markazi qayеr edi? 
5. Bagdodda «Bayt ul-xikma»da ta'lim olgan mashhur allomalardan kimlarni 
bilasiz? 
6. Abu Rayxon Bеruniyning qanday asarlarini bilasiz?
7. Vatandoshlarimizdan qaysi ulug’ allomalar diniy bilimlarning rivojiga xissa 
qo’shishdi? 
8. Qanday sabablarga kura mo`g`ullar Urta Osiyoni fath etishga muvaffaq 
bo`ldilar? 
9. Jaloladdin Mangubеrdining nomi nima uchun mangulikka daxldor? 
 
9-Mavzu. O’rta asrlarda Yevrоpa fani 
REJA 
1.«Karоlinglar taraqqiyoti». Insоn faоliyatining barcha sоhalarida хristian dinining 
hukmrоnligi.
2.Sхоlastika (diniy-nazariy falsafa)-o’rta asrlar davri fanining o’ziga хоs shakli 
sifatida.
3.Amaliy ilmiy bilimlarning kеyingi rivоji uchun nеgiz yaralishi.
4.Ilk univеrsitеtlarning оchilishi. Jamiyat ma’naviy imkоniyatlarining o’sishi.
 
 
Tayanch tushunchalar : 
Avrеliy iyunin. Buyuk Karl saltanati. O’rta asrda 
sxolastika. Еpiskop Isidor Sеvilskiy. “Boshlang’ichlar yoki etimologiya”. 787 yil 
“Fan to’g’risida
Kapitulyariy”. Kirill va Mеfodiy. Pеr Abеlyar. Buyuk Albеrt va Foma 
Akvinskiy. R.Bekon, U.Okkam, Duns Skot va Yevropa fani. Chеrkov sudi - 
inkvizitsiya 
 
Adabiyotlar ro’yxati : 
1. Karimov I.A. «Uzbekiston XXI asr bo`sag`asida: xavfsizlikka tahdid, 
barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» T. 1997 yil. 
2.
Semyonov. Urta asrlar tarixi. T. 1997 yil. 
3.
Saidkulov T.S. «Ocherki istoriografii narodov sredney Azii». T. 1989 
yil. 
 
 
Avrеliy iyuninning xristian ilohiyotchilaridan biri sifatida g’arbiy Yevropa 
o’rta asr ma'naviy-diniy hayotiga katta ta'siri. U tomonidan xristian tarix falsafasiga 
asos solinishi. Karl tomonidan IX asr boshida Yevropada eng katta impеriyani barpo 
etilishi. Karoling uyg’onish
hodisasi. Karl saroyida ikki bosqichli ta'lim tizimidan iborat Akadеmiyani barpo 
etilishi. Buyuk Karl saltanatida tashkil etilgan maktablarda ikki bosqichli tizim. O’rta 
asrda sxolastika.VII-VIII asrlarda bilimlarni tartiblashtirish shakli bo’lgan qomusiy 
to’plamlarni tuzilishi va uning ahamiyati. Еpiskop Isidor Sеvilskiy tomonidan 20 


65 
jildli qomusiy asar - “Boshlang’ichlar yoki etimologiya”ning yozilishi. 787 yil “Fan 
to’g’risida Kapitulyariy”ning e'lon qilinishi. Alkuin o’rta asrlar Yevropa falsafasining 
asoschisidir. Kirill va Mеfodiy slavyanlarning to’ng’ich ma'rifatchilardandir. IX asr 
o’rtalarida Kirill grеklar alifbosi asosida slavyan alifbosini yaratishi. Pеr Abеlyar. 
Buyuk Albеrt va Foma Akvinskiy o’rta asr Yevropasining buyuk donishmandlari. 
R.Bekon, U.Okkam, Duns Skot va Yevropa fani. Chеrkov sudi - inkvizitsiyaning 
hurfikrlilikka qarshi kurashi. XII asrda Yevropada dastlabki oliy maktablar 
univеrsitеtlarning paydo bo’lishi. Bolonе, Parij, Oksford, Praga, Krakov 
univеrsitеtlari. XII asrda Frantsiyada yaratilgan “Roland haqida qo’shiq” dostoni. XII 
asrda univеrsitеt kutubxonalarining tashkil topishi.
1260-1295 y.y. Vеnеtsiyalik Marko-Poloning Markaziy Osiyo va Xitoyga 
sayoxati. “Mako Polo kitobi”ning ilmiy ahamiyati. 
G`arbiy Yevropada Urta asrlar juda katta davrlarni (V asr oxiridan XVI asr 
oxirigacha) uz ichiga oladi. G`arbiy Yevropada antik dunyodan urta asrlarga o`tish 
madaniyatining inqirozi bilan sodir bo`ldi. 
Odamlar qadimdagi kabi urta asrlarda ham tabiatning mudxish kuchlari oldida 
vahimaga tushardi. Fan va texnika taraqqiyotining saviyasi juda past bo`lganligidan 
odamlar qurgoqchilik, toshqin va kasalliklar oldida ojiz edi. Dehqonlar feodallar 
zulmidan kutulib bo`lmaydi deb uylardilar. Tortayotgan kulfat va azob uqubatlarning 
chek chegarasini kurmay, odamlar xudodan madad istab, osmonga tiqilardilar. 
Xudoga hamma dehqonlar ham, feodallar ham, ruhoniylar ham ishonardi. Din urta 
asrlarda kishilarning aql va xislari ustida hukmronlik qilardi. Kishi xudoga va 
«mo`jizalarga» ishonmay, olamni izoxlay olmasdi. Dehqonlar orasida savodlilari juda 
kam edi, feodallar orasida ham savodsizlari juda ko`p bo`lib, ular imzo chekish 
urniga krest qo`yar edilar. Xattoki qirollar ham qo`shimcha na o`qishni, na yozishni 
bilar edilar. G`arbiy Yevropada uzoq vaqtlargacha ruhoniylar savdo egalari bo`lib 
keldi. Ular diniy kitoblarni o`qishlari, ibodat duolarini bilishlari, xudoga hammani 
ishontirishlari kerak edi. 
Diniy maktablarda yoshiga qarab ajratilmagan, katta kichik bir joyda o`qigan. 
Katta monastirlarda monax kitoblarini ko`chirib yozadigan ustaxonalari bo`lgan. 
YOzuv buzoq va qo`y terisidan ishlangan yupqa pergamentga bitilgan. Qulyozma 
kitob chinakam san`at asari edi. VIII-IX asrlarda qadim zamon olimlari va 
yozuvchilarining ko`p asarlari ko`chirib yozilgan. SHuning uchun ham bu kitoblar 
bizgacha etib kelgan. Kitob kamligi uchun qimmat narxda bo`lardi. Slavyan xalqlari 
Xristiyan dinini SHarqiy Rim saltanatidan qabo`l qildi. Diniy kitoblarni slavyan tiliga 
o`girish zaruriyati tug`ildi, ammo buning uchun slavyanlarning yozuvini barpo qilish 
kerak edi. 
IX-XI asrlarda Vizantiya uzining ko`p asrli hayoti davrida boy va rang-barang 
madaniyatni yaratdi, bu madaniyat janubiy slavyanlarga va Rusga katta ta`sir 
o`tkazdi. XI asrlardayoq uzining ilk namunalarini bergan Vizantiya arxitekturasi 
keyingi asrlarda rivojlanishda davom etib, pishiq monumental Vizantiya 
ibodatxonalari tipini bunyod qildiki, bu tipdagi ibodatxona namunalari XI asrdagi 
qadimiy rus yodgorliklari uchun eng yaxshi namuna bo`lib xizmat qilgandir. Bo`lar 
ichida Kievdagi Avliyo Sofiya ibodatxonasi bilan Novgoroddagi Avliyo Sofiya 
ibodatxonasidir. SHuni aloxida ta`kidlash kerakki Vizantiyada qurilish texnikasi 
g`isht qilish, ajoyib ohak qorishmasi tayyorlash, g`isht terish san`ati, monumental 
qubbalar, ulug`vor gumbazlar va shu kabilar yaratish texnikasi uz zamonasi uchun 


66 
juda yuksak darajada edi. Vizantiyada IX-XI asrlarda rassomlik, devorga rasm solish 
ham koshinkorlik tasvirlari ham zur berib rivojlanib bordi. Rassomlikning bu 
shakllari Vizantiyada tobora qat`iy tus olib bordi. Vizantiyada badiiy 
hunarmandchilik ham yuksak darajada rivoj topdi. Kimmatbaxo ipak gazlama 
kimxob, gilam to`qish keng tarqalgan: zargarlik, badiiy kulolchilik shisha buyumlar 
yasash sir (emal’) tayyorlash ayniqsa taraqqiy etgan edi. Vizantiya har xil qurol-
yarog ishlash, kemasozlik, kopchilik va xokazolar bilan nom chiqargan edi. Fan 
sohasida IX-XI asrlardagi Vizantiya olimlariga shu narsa xoski ularda qadimgi dunyo 
klassik avtorlarining asarlarini mutoala urganadilar, ularni to`playdilar, ulardan 
konspekt oladilar, bu materiallardan har xil mavzularda to`plamlar tuzadilar.
Klassik avtorlarning asarlarini to`plagan olimlardan biri Konstantin UP 
Baranadniy bo`lib, uning bir nechta asari «Imperiyani idora qilish to`g`risida», 
«Marosimlar to`g`risida», «Fempir to`g`risida» degan asarlari hozirgacha saqlanib 
kelmoqda. Konstantin UP avval uz zamonasining entsiklopediyasiga patriarx Famiy 
(820-891) bo`lib, u uzidan keyingi «Miriobibshon» deb ataladigan to`plam qoldirgan, 
unga 100 ga yakin ocherk kirgan VI-IX asrlardagi eng atokli voksnivslar Ioani malla, 
Feofan va Georgiy Lesortoldir. Ularning asarlari ko`proq slavyan tiliga tarjima 
qilingan. 
Vizantiya tarixchilaridan bo`lgan Anna Komipodini kursatish mumkin, u 
«Aleksandr» asarida otasi Aleksandr-I podsholik qilgan davrlar va salib 
yurishlarining boshlanganligi ta`riflanadi, salib yurishlarini boshlagan yana bir 
tarixchi Nikita Akomipatadir. 
Uning Roliyalar tarixida (Vizantiyalik) tarixi 1118-1206 yilgacha bo`lgan 
davrlarni uz ichiga oladi.
O`sha davrlarda ham madaniyat, fan uz aksini 
topdi.Uz vaqtida yuksak madaniyatni kasb etgan arab madaniyati g`arb madaniyatiga 
sezilarli ta`sir kursatadi. Arab tsivilizatsiyaning turli sohalarida Gospiya-Suriya, 
(Vizantiya), eron (Fors), Zakavkazie (Ozarbayjon) Urta Osiyo (Xorazm, tojik xalqlari 
va xokazo). Xindistonning ta`siri ham bor edi. 
Aristotel’, Gipokrat, Ptolomey, Evklip asarlarini arab olimlari yaxshi bilar 
edilar. Turli xalifaliklarning poytaxtlarida Bag`dod, Qurdoba, Koxira urta asr 
Yevropadagi universtitetlariga uxshagan oliy maktablarda bo`lib, bo`larda Kur`ondan 
va musulmonlarning diniy kitoblaridan tashkari dunyoviy ilmlar ham kunt bilan 
urgatiladi. Arab astronomlari juda ko`p yangi yulduzlar topdilar va yulduzlar 
osmonni juda qimmatli kartasini tuzdilar. Arab madaniyati tabiiy juda ravnaq topgan 
edi. Ayniqsa, meditsina sohasida katta yutuqlarga, ko`nchilik va hunarmandchilikda 
katta yutuqlarga erishildi. Qadim zamonlardayon tegirmonda suv parragida 
foydalanganlar. IX asr oxiri va X asr boshlarida yashagan arab tarixchilari orasida 
ayniqsa mashxur Tabariy bo`lib, u «Payg`ambarlar va podsholar tarixi» ni, ya`ni 
xalifalar tarixini yozgan edi. Bu tarix 915 yilgacha bo`lgan davrini uz ichiga oladi. 
XII asrda «Ming bir kecha» nomli mashxur kitob vujudga keldi. Arab san`atida 
asosiy urinni arxitektura egallaydi. Arablar monumental binolar, masjidlar, saroylar, 
maqbaralar, hammomlar qurganlar. eng qadimgi qurilish yodgorligi Quddusdagi 
Umar masjidi bo`lib, Ummaviylar davrida 688 yili qurilgan. Mana shu davrlarda 
Hindiston ham fan, madaniyatga e`tiborini jalb qildi. Masalan, bahaybat yahlit 
toshlarning ichini g`or qilib ishlagan ellari va Ajanta ibodatxonalari juda chiroyli 
qurilgan.


67 
Tegirmon toshlari harakatga keltirilar edi. Buning uchun tegirmon parragining 
pastki qismi sharillab oqib turgan suv ichiga joylashtirilardi. Bunday parrak quyidan 
harakatlantiruvchi parrak deb atalardi. Keyinroq boshqa parrak ixtiro qildi. Suv 
yukoridan pastga zarb bilan tushib, uni harakatga keltiradi. Bunday parrak yuqoridan 
harakatga keltiruvchi parrak deb atalardi.
Metallarni ishlashda suv parragi vositasi bilan bir tonnagacha og`irlikdagi 
to`qmoq harakatga keltirilardi, qog`oz ishlab chiqaruvchi korxonalarda suv parragi 
yordamida presslar yukoriga ko`tarilar va maydalar, hamda ulardagi suv nasos bilan 
tortib chiqarilardi. Bu shaxtani chuqurroq qazish va rudani ko`proq qazib olish 
imkoniyatini beradi. 
XIV asrda Gollandiya va Angliyada yangi lentali tikuv dastgoxi deb ataluvchi 
dastgoxni ixtiro qilish – to`qimachilik ishlab chiqarishni rivojlantirishda katta 
ahamiyatga ega bo`ldi. XVI-XVII asrlarda Yevropada soat ishlab chiqarish tobora 
kengayib bordi. XV asrning oxirida prujinali cho`ntak soatlari ishlab chiqarildi. Soat 
ishlab chiqarish markazlari turli mamlakatlarda Frantsiya (Parijda) Islandiyada, 
SHvetsariyada bunyodga kelgan edi. XVII asr urtalarida manyatnikli devor yoki 
minora soatlari ixtiro qilindi. Ayni vaqtda manifaktura davrda tegirmonlar tobora 
keng tarqaldi. Asrning boshlarida va urtalarida tegirmonlar asosan shamol va suv 
yordamida ishlar edi. Metallarni eritish va qayta ishlashda ham ancha yangiliklar 
bo`ldi. Avvallari metal, qo`l bosqonlari bilan xavo kiritilgan kichik pechlarda 
eritilardi. XVI asrlarda temir rudasidan cho`yan eritib olinadigan va balandligi 3-4 
metr bo`lgan katta pechlar domnalar qurila boshlandi. Domnalar qurilib ishlay 
boshlagach avvalgiga qaraganda ko`proq metall eritiladigan bo`ldi. XVI asrlarda 
qamal qilishda og`ir to`plar ham, engil to`plar ham qo`llanilardi, shu bilan birga 
snaryadlar ham otishardi. To`pponchalar va og`ir miltiqlar mushketlar paydo bo`ldi. 
O`q otadigan qurolni paydo bo`lishi va tarqalishi bilan har bir texnikada katta 
uzgarish yuz berishi XV-XVI asrdagi eng muxim texnika kashfiyotlarini hunar 
ustaxonalarida, kimyo korxonalarida qo`llash mumkin emasdi. G`arbiy Yevropada 
katta qurolsozlik ustaxonalari, kemasozlik va bosmaxona kabi ko`plab odamlar 
ishlaydigan korxonalar vujudga keldi. 
G`arbiy Yevropada murakkab texnikaning taraqqiy qilishi bilan tabiatga kizikish 
kuchaydi. Bu davrda faqat gumanitar fanlar, tasviriy san`atgina rivojlanib qolmasdan, 
balki aniq matematika va tabiiy fanlar ham g`oyat zur muvaffaqiyat bilan rivojlana 
boshlagan edi. Fan va texnikaning taraqqiy etishi mamlakatda hayotning uzgarishiga 
olib keldi. 

Yüklə 5,01 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   94




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin