Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 110
w www.oriens.uz October 2022 kasallikning kelib chiqish sabablari, belgilari va Sog’likni saqlash yo’llari, kishi
anatomiyasi haqida mazmundor aniq ocherk va sog’likni qanday saqlash kerakligi
haqidagi ta’limot bayon etiladi. Turli yuqumli kasalliklarning kelib chiqishi hamda
tarqalishida ifloslangan suv va havoning roli katta ekanini uqtirib, suvni qaynatib
yoki filtrlab iste’mol qilishni tavsiya etadi. 2- kitobida 800 ga yaqin dorining
xususiyatlari, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari bayon etilgan. Ibn Sino
simob va uning birikmalarini dori qilib ishlatishni birinchi bo’lib tavsiya etadi,
sharobni quvvat kirituvchi va jarohatlarni tozalovchi dori sifatida ishlatadi. 3-
kitobida ayrim organlarning (hatto soch, tirnoqlarning) kasalliklari va ularni davolash
usullari bayon etiladi. Bu kitobda bosh miya, asab, ko’z, quloq, burun, tomoq, qorin,
tish, yurak, me’da, jigar, buyrak kasalliklari batafsil tahlil qilinadi. 4- kitobi
organizmning umumiy kasalliklariga bag’ishlangan, unda isitmalar, o’smalar,
ularning sababi, xirurgik kasalliklar va ularni davolash usullari, har xil dorilardan
zaharlanish va bunda ko’riladigan choralar to’g’risida ma’lumot beriladi. 5- kitobida
murakkab dorilarning organizmga ta’siri, ularni tayyorlash va iste’mol qilish usullari
bayon qilingan. Bu kitob dorishunsolik ilmiga - farmakologiyaga bag’ishlangan. Ibn
Sinoning tibbiyotga oid muhim asarlaridan ikkinchisi nazm (she’r usul) bilan
yozilgan “Tibbiy urjuza” kitobidir. Bu kitob 1326 bayt (2652 misra)dan iborat katta
she’riy asardir. Kitob tib ilmini o’rganuvi talabalarga darslik sifatida yozilgan. Bu
asar asosan tibbiyotning nazariy masalalariga bag’ishlangan. Lekin, unda amaliy
tibbiyot haqida ham yetarli ma’lumot berilgan. “Tibbiy urjuza” o’z mazmuni va
ahamiyati jihatidan “Qonuni”dan uncha qolishmaydi. “Qonuni”da bayon etilgan
mavzu va masalalar “Urjuza”da qisqa va ixcham qilib keltirilgan. “Tibbiy urjuza”
ikki bo’limdan iborat. Birinchi bo’limda tibbiyotning umumiy nazariy masalalari
yoritilgan. Unda xususan, tibbiyotning tafsiri, uning qismlari, unsurlar, a’zolar,
mijozlar, xiltlar, ruh (jon), quvvatlar haqida ma’lumotlar beriladi. So’ng inson
organizmiga havo, ovqatlar, ichimliklar, uyqu va uyqusizlik, harakat va harakatsizlik,
nafsoniy kayfiyatlarning ta’siri ko’rsatilgan. Shundan keyin ayrim a’zolar kasalliklari,
ularning belgilari, tomir urishini tekshirish va shunga asosan kasallikni aniqlash
usullari bayon etilgan. Bulardan tashqari siydik, axlat, balg’am terni tekshirib,
kasallikka dalil topish usullari keltirilgan. Qon, safro, savdo va xiltning g’alaba
qilishi (ustun kelishi) dagi belgilar ko’rsatilgan. Ikkinchi bo’lim tibbiyot amaliyotiga
bag’ishlangan. Bu bo’lim o’z navbatida to’rt qismga bo’lingan. Birinchi qismda kishi
sog’lig’ini saqlash tadbiri bayon etilgan. Ikkinchi qismda bemorlarga beriladigan dori
va ovqatlar haqida so’z yuritiladi. Uchunchi qismda qo’l bilan amalga oshiriladigan
muolaja usullari (jarrohlik) bayon etilgan. To’rtinchi qismda chiqqan-singanlami