Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 113
w www.oriens.uz October 2022 oid to’plam”) asari 6 bobdan iborat bo’lib, bunda tovushning sezgi a’zolariga ta’siri,
uning yoqimli va yoqimsizligi, tovushni eshitganda lazzatlanish yo nafratlanish
hissining paydo bo’lishi kabi masalalarga to’xtaydi. Ibn Sino musiqa ovozlarining
kishi ruhiga ta’siri haqida ham o’z fikrlarini va o’z davri musqasining barcha
muammolarini bayon etgan. Ibn Sinoning tibbiy fikrlari. Abu Ali Ibn Sino o’z
davridagi fanlarning hammasini mukammal o’zlashtirib, tabiiyki, tibbiyot faniga
alohida ahamiyat bergan va o’z kasbini asosan tabiblik deb bilgan. Aynan shu
tabiblik sohasida uning talanti va qobiliyati ayniqsa, yaqqol namayon bo’ldi. Ibn Sino
fikricha, tib ilmida nazariy bilimlar va amaliyot o’zaro bog’liq bo’lishi va bir-biriga
asoslanmog’i zarur, aks holda u rivoj topmaydi va o’z maqsadiga erisha olmaydi. Tib
ilmi avvalo ikki qismga - nazariy va amaliy qismlarga bo’linadi. Ibn Sino tabobat
ilmining nazaryasi va amaliyoti sohasida juda chuqur bilimga ega edi. O’zining
nihoyatda o’tkir zehni va chuqur bilimi tufayli Ibn Sino tabobat ilmi sohasida o’z
davridan ancha ilgarilab ketdi. U tabobatning maqsad va vazifasini boshqalardan
ko’ra chuqurroq va kengroq tushunardi. Chunonchi, Ibn Sino o’sha zamondayoq
tibbiyotning asosiy vazifasi kishilarning salomatligini saqlashga qaratilgan tadbirlarni
amalga oshirishdan iboratdir, deb bilgan. Bu fikr hozirgi zamon tibbiyotining asosiy
tushunchasiga tamomila mos keladi. Abu Ali Ibn Sino tabib sifatida ulug’ gumanist
edi. U inson manfaatini doimo hamma narsadan yuqori qo’yar va o’z shogirdlaridan
ham shuni talab qilardi. Bu uning tibbiyotga bergan ta’rifidan ma’lum. Ibn Sino
o’zining tibbiyotga oid mashhur nazmiy asari “Tibbiy Urjuza”da bunday deydi.
“Tabobat - bu salomatlikni saqlash va kasalliklarni davolashdan iborat”. Bu fikr
olimning shoh asari “Kitobu-l-qonun fit-tib”da ayniqsa, yaqqol o’z ifodasini topgan.
Ibn Sino o’zining bu shoh asarini shunday so’zlar bilan boshlaydi: “Tib shunday
ilmki, u kishilarning salomatligini saqlash va kasalliklarni davolash maqsadida odam
tanasini sog’ va kasallik chog’ida o’rganadi” Bundan ko’rinib turibdiki, Ibn Sino
kishi salomatligini, ya’ni profilaktikani birinchi o’ringa qo’ygan. Olimning o’z
faoliyati umr bo’yi shu maqsadga xizmat qilishga bag’ishlangan edi. Uning butun
hayoti tibbiyotning shu asosiy vazifasi bilan chambarchas bog’liq bo’lgan.
“Qonun”da tibbiyot fanining vazifasiga bag’ishlangan maxsus qism bor. Ibn Sino
yozadi: “Har bir hodisaning mohiyati uning sababini aniqlash yo’li bilan ochiladi.
Shuning uchun tibda Sog’lik va kasallikning sababini bilish kerak. Sog’lik, kasallik
va ularning sabablarini bilish kerak. Sog’lik, kasallik va ularning sabablari goho
ochiq (aniq), goho esa yopiq (noaniq) bo’lishi mumkin. Bu sabablar o’z
ko’rinishlariga qarab faqat o’qish bilangina emas, balki fikr qilish yo’li bilan
tushuniladi. Shuningdek tabobatda sog’ vaqtda ham, kasallikda ham sodir bo’ladigan