Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 116
w www.oriens.uz October 2022 Ibn Sino uni ko’rib: “Uning dardi - ishqdir”,- dedi. Saroy kanizaklari uni inkor
qildilar. Ibn Sino: “Agar xohlasalaringiz, men sizlarga uni kimni sevishini ham aytib
beraman. Bu qizga yaqin bo’lgan yigitlarning nomlarini aytinglar, men uning tomirini
ushlab turaman”,- dedi. Saroydagilar birma-bir atrofdagi yigitlarning nomini ayta
boshladilar. Uning ma’shuqasini ismini zikr qilishganda tomirlari qattiq ura boshladi
va hushidan ketdi. Ibn Sino uning dardini shu tariqa aniqladi. Saroy a’yonlari uning
dardining davosi nima ekanligi haqida so’radilar. Ibn Sino: “Ishq uning butun
vujudini egallab olibdi, agar shu yigitga uni turmushga bermasalaringiz u halok
bo’ladi”,- dedi. Ibn Sino shu tariqa o’zining donoligi va ziyrakligi bilan bemorning
dardini to’g’ri aniqlab, uni davolaganlar ekan. Ibn Sino: “Mening bisotimda (aniq
tashxis qo’yish uchun) bor narsalarning eng azizrog’i,- bu bemorning to’g’ri
so’zidir”,- deydi. Abu Ali Ibn Sino hayotining solnomasi. 980 -Buxoro yaqinidagi
Afshona degan joyda Abu Ali Husayn ibn Abdulloh dunyoga keldi. 985 -Ularning
oilasi Afshonadan Buxoroga ko’chib o’tdi. 985-995 -Husayn ibn Abdulloh
Buxorodagi Mahmud Massoh, Ismoil azZohidiy, Abu Abdulloh Notiliy, Al-Qumriy
kabi ulug’ olimlardan ta’lim oladi. 997 -Abu Ali Husayn ibn Abdulloh Buxoroning
ulug’ olim va tabiblaridan biri bo’lib tanildi. Buxoro amirining og’ir kasalini
davolashda ishtirok etib, uning evaziga amir kutubxonasida mutolaa etmoqqa ruxsat
oladi. 998 -O’zining dastlabki ilmiy asarlarini yaratdi. 999-Qoraxoniylar Buxoroni
zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan keyin Ibn Sino hayotida tashvishli,
notinch va og’ir damlar boshlandi. 1002-Abu Ali ibn Sino 21 yoshga yetganda uning
otasi vafot etdi. 1005 - Abu Ali ibn Sino Buxorodan Xorazm poytaxti Gurganjga
kelib bu yerdagi olimlar davrasida xizmat qiladi. Asarlar yozadi. “Tib qonunlari”,
“Ashshifo” asarlarining dastlabki materiallarini ham shunda yig’a boshladi. Ibn Sino
shu yili Abu Rayhon al-Beruniy bilan uchrashadi. 1012-1014 -Abu Ali Ibn Sino
G’azna podshohi Sulton G’aznaviy ta’qibidan qochib Abu Sahl Masihiy bilan birga
Xorazmdan chiqib ketdi. Ular Eron sari jo’nadilar. Yo’lda Masahiy vafot etdi. Abu
Ali Ibn Sino Niso, Obivard, Shiqqon, Samanqon, Jojurli degan joylarda tentirab yurdi.
So’ng Jurjonga keldi. Undan Dehistonga o’tdi. So’ng yana Jurjonga qaytdi. Bu yerda
unga Abu Ubayd al - Juzjoniy kelib uchradi. Shundan so’ng ustoz Abu Ali ibn Sino
va shogird Abu Ubayd Juzjoniy hamisha birga bo’ldilar. 1014 - Abu Ali ibn Sino Ray
shahriga keladi. Bu yerda tabiblik bilan shug’ullanadi, ilmiy ishlarini davom ettiradi.
1016 - Sulton Mahmud G’aznaviyning ta’qibidan qochib Abu Ali Ibn Sino Raydan
Kozvin orqali Hamadonga o’tadi. Bu yerda amir Shamsuddavlaning vaziri bo’lib
xizmat qiladi. So’ng harbiylarning ig’vosi bilan farajon qal’asiga hibs etiladi. Bu
yerda Abu Ali Ibn Sino “Alhidoya” (“Bag’ishlov”), “Hay ibn Yakzon” (“Uyg’oqning