Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 102
w www.oriens.uz October 2022 Afshonaga tez-tez borib turgan. Abdulloh Afshonalik Sitora ismli qizga uylanib ikki
o’g’il farzand ko’radi. O’g’illarining kattasi Husayn (ibn Sino), kenjasi Mahmud edi.
Husayn 5 yoshga kirgach, Ibn Sinolar oilasi paytaxt - Buxoroga ko’chib keladi. Ibn
Sino shu yerda o’qiy boshlaydi. 10 yoshga yetganda Qur’oni karimni yod olib, adab
darslarini ham to’la o’zlashtirib oladi. Ayni vaqtda u hisob va al-jabr bilan ham
shug’ullanadi, so’ngra arab adabiyotiga oid kitoblarni ham o’qib chiqadi. Uning
bilimga bo’lgan zo’r qobiliyati hammani hayratga soladi. Ibn Sinoning ilm sohasidagi
dastlabki ustozi Abu Abdulloh Notiliy bo’lgan. U Notiliy qo’lida mantiq, handasa va
falakiyotni o’rganadi va ba’zi falsafiy masalalarda ustozidan ham o’zib ketadi. Ustozi
uning ilmiga yuqori baho berib, yanada chuqurroq ilm olishni tayinlaydi. Abu Ali
tinmay mutolaa qilib, turli ilm sohalarini o’zlashtirishga kirishadi. U musiqa, optika,
kimyo, fiqh kabi fanlarni o’qiydi, xususan, tabobatni sevib o’rganadi va bu ilmda tez
kamol topa boshlaydi. Tabobat ilmini olgan ustozi, bu ilmni qay darajada
o’zlashtirganligi. Ibn Sinoning tib ilmida yuksak mahoratga erishishida Buxorolik
tabib Abu Mansur al- Hasan ibn Nuh al-Qumriyning xizmati katta bo’lgan. Ibn Sino
undan tabobat darsini olib va bu ilmning ko’p sirlarini o’rganadi. Abu Ali Ibn Sino
aytishicha, tabobat ilmi uning uchun unchalik qiyin ko’rinmagan. U bu ilmni oson va
tez o’zlashtirib olgan. Bu sohada Ibn Sino shu qadar yuksak obro’ qozonadiki, hatto
ko’zga ko’ringan tabiblar ham kasallikni aniqlashda qiynalganlarida, Ibn Sinodan
maslahat so’raydigan bo’lganlar. Bu haqida allomaning o’zi shunday hikoya qiladi:
“Keyinchalik tib ilmi bilan shug’ullangim kelib qoldi. Unga oid kitoblami o’qishga
kirishdim. Tib o’zi qiyin ilmlardan emas, shu sababli qisqa muddat ichida bu sohada
shunday natijalarga erisha oldimki, hatto fozil tabiblar ham huzurimga kelib, mendan
tib ilmini o’rganadigan bo’ldilar” Ibn Sinoning tabiblik faoliyati. Abu Ali Ibn Sino
faqat tibbiy kitoblar o’qish bilangina cheklanib qolmay, bemorlarni ham davolar,
ularning kasalliklarini sinchiklab ko’zdan kechirar edi. Buning natijasida uning bilim
va tajribasi yanada oshib ketdi. U kasallarni davolashda hammani lol qoldirar edi.
Unga murojaat qiladigan kasallarning son-sanog’i bo’lmay qoldi. Bu haqida Ibn
Sinoning o’zi bunday yozadi: “Bemorlarni ham ko’rib turardim. Erishgan tajribalarim
tufayli men uchun davolash yo’llari shunday keng ochiladiki, buni ta’riflab berish
qiyin. Bu vaqtda men endi o’n olti yoshga to’lgan edim”.