2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə4/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
104 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
sohasida to’plangan ma’lumotlarni saralab, muayyan bir tartibga soldi va ularni o’z 
tajribalari bilan boyitgan holda ma’lum nazariya va qonun-qoida asosida 
umumlashtirdi. Uning “Tib qonunlari” va bu asarning jahon tib ilmi tarixida tutgan 
o’rni juda yuqoridir. Ibn Sino antik olimlarning, xususan Gippokrat, Galen, 
Dioskoridlarning ta’limotlarini o’rgangan va ularning qalamlariga tayangan. U tib 
nazariyasini, xususan anatomiya - inson gavdasi tuzilishini mukammal bilgan. Ibn 
Sino o’tkir diagnost edi. Uning ba’zi tashxis usullari hozir ham o’z ahamiyatini 
yo’qotmagan. A’zoga urush orqali diagnoz qo’yishgan. Tabobat tarixida birinchi 
bo’lib vabo bilan o’latni farqlagan, yuqumli kasalliklar bilan og’rigan bemorlarni 
boshqalardan ajratgan holda saqlashni ta’kidlagan. Bemorlarni davolashda olim 3 
narsaga: tartib (parhyez), dorilar bilan davolash va turli tibbiy tadbirlarni qo’llash 
(qon olish, banka qo’yish, zuluk solish, huqna va boshqalar)ga ahamiyat berish 
kerakligini aytadi. Ibn Sino kasallikni davolashda shaxsiy gigiyena, uyqu va jismoniy 
mashqlarning ahamiyati kattaligini uqtirgan. Ibn Sino dorishunoslik sohasida ham 
chuqur tadqiqotlar olib borgan. U antik olimlarning formasiyasi asosida musulmon 
sharqida paydo bo’lgan yangi formasiyaning shakllanishiga yakun yasadi. Uning 
dorivor o’simliklarni yig’ish, saqlash, qayta ishlash usullari hozirda ham qo’llaniladi. 
Ibn Sino birinchilardan bo’lib kimyoviy usulda tayyorlangan dorilarni ham ishlatgan. 
Kasallikning turiga qarab avval sodda, so’ng murakkab tarkibli dori bilan davolagan. 
Eng muhimi, oziq- ovqatlarning shifobaxsh ta’siriga katta ahamiyat berib, davolashni 
shunday mahsulotlar (meva, sabzavot, sut, go’sht va boshqalar)dan boshlagan. Dori 
tayinlashda bemorning mijozi, yoshi, iqlim sharoitini hisobga olish zarurligini 
ta’kidlagan. Buxorodagi hayoti. Abu Ali Ibn Sino 17 yoshida Buxoro xalqi orasida 
juda tajribali va mohir tabib sifatida taniladi. Bu xabar podsho saroyiga ham yetib 
keladi. Shu vaqtda Buxoro hokimi Nuh ibn Mansur betob edi. Uni davolash uchun 
Ibn Sinoni ham saroyga chaqiradilar. Ibi Sino amirni davolashda ishtirok etib
o’zining o’tkir bilimi bilan kasallikni aniqlashga yordam beradi. Bu bilan u amirning 
ishonchiga sazovor bo’ladi va saroyga yaqin kishilar qatoriga kiradi. Buning 
natijasida Ibn Sinoning obro’si ham oshib ketadi. Saroyda nodir kitoblarga boy katta 
kutubxona borligini Ibn Sino bilardi. Ibn Sino amirni davolaydi, evaziga saroy 
kutubxonasidan foydalanishga izn so’raydi va bu imkoniyatga ega bo’ladi. 
Somoniylar kutubxonasi o’sha davrda butun O’rta va yaqin Sharqdagi eng katta va 
boy kutubxonalardan bo’lgan. Ibn Sino bir necha yil davomida shu kutubxonada 
kecha-yu kunduz kitoblarni mutolaa qilish bilan mashg’ul bo’lib, kutubxonadagi 
tibga oid kitoblarni qunt bilan o’qib chiqadi. Boshqa fanlar sohasidagi kitoblar bilan 
ham tanishadi. Shunday qilib Ibn Sino o’z davrining eng o’qimishli, bilim doirasi 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin