2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə7/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
107 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
Ibn Sino bilan uning so’ngi damigacha, 25 yil davomida birga bo’ladi. Ibn Sinonning 
tarjimai holining yozilib qolishi, ko’pgina asarlarining yozilishi va tartibga tushishida 
hamda asarlarining keyingi avlodga yetib kelishida Juzjoniyning xizmati katta. 
Jurjonda yashagan vaqtida Ibn Sino ilmiy ijod bilan shug’ullanadi, ham tabib sifatida 
faoliyat ko’rsatadi. Bu yerda u shogirdining iltimosiga ko’ra, mantiq, falsafa va 
boshqa fanlarga oid bir necha risola yozadi va eng muhimi “Tib qonunlari”ning 
dastlabki qismlarini tasnif qiladi. Tarixiy ma’lumotlarga ko’ra, Ibn Sino Jurjonda 
quyidagi asarlarni yozgan: “O’rtacha qisqa mantiq”, “Tib qonunlari”ning ayrim 
boblarini, “Almajastiyning qisqartirmasi” va bir qancha kichik risolalar. Alloma 
hammasi bo’lib Jurjonda 21 yirik va 2 kichik kitob yozib tugatgan. Jurjonni tark etib, 
Rayga ko’chishi. 1014 yil Ibn Sino Jurjonni tark qilib Rayga ko’chdi. Ibn Sino Rayga 
kelgan vaqtda bu yerda buvayhiylardan bo’lmish Majduddavla Abu Tolib Rustam 
(997-1029) va uning onasi Sayyida Xotun hukumronlik qilar edilar. Ibn Sinoning 
qo’lida Sayyida nomiga yozilgan noma (maktub) bor edi. Nomani Abu Rayhon 
Beruniy yozib bergan bo’lishi kerak. Ma’lumki, Beruniy bir vaqt Rayda yashagan edi. 
Binobarin, Ray hukumdori Sayyida bilan Beruniyning munosabatlari yaxshi bo’lgan 
bo’lishi kerak. Shuning uchun Beruniy bu ayolga xat yozishga jur’at etgan. Xatda Ibn 
Sinoga yetarli darajada sharoit yaratib berish iltimos qilingan edi. Sayyida Ibn Sinoni 
hurmat bilan kutib oldi va uning uchun zarur sharoit yaratib berdi. Sayyidaning o’g’li 
Majduddavla qandaydir ruhiy kasallikka duchor bo’lgan edi. Ibn Sino uni 
muvoffaqiyatli davolaydi. Bundan ko’p xursand bo’lgan Sayyida Ibn Sinoga nisbatan 
yana ham hurmat bilan qaray boshlaydi. Ibn Sino Rayda ham o’z ijodiy ishlarini 
davom ettirib, bir necha asar yozadi. Ammo Sulton Mahmud Ibn Sinoni ta’qib etishni 
to’xtatmaydi. Ibn Sinoning Raydaligini bilib, Sayyidadan uni G’aznaga yuborishini 
talab qiladi. Aks holda Rayga qarshi urush ochishini bildiradi. Ammo zo’r aqlidrokli 
va tadbirkor Sayyida urushning oldini oladi. Rivoyatlarga ko’ra, Sayyida Sulton 
Mahmudga quyidagi mazmunda xat yozgan: “Agar urush natijasida siz meni 
yengsangiz, odamlar Sulton Mahmud faqat bir ojiza ayolnigina yengdi, deydilar 
xolos. Agar men yengsam, siz uchun juda katta nomus bo’ladi”. Tarixchilar bu 
xatning matnini Ibn Sino yozgan, deydilar. Shunday qilib Sulton Mahmud Rayga 
harbiy yurishni to’xtatadi. Lekin Ibn Sino Raydan chiqib ketishga majbur bo’ladi. Ibn 
Sino Rayni tark etib, nisbatan kuchliroq bo’lgan Hamadonga Majduddavlaning akasi 
Shamsuddavla (997- 1021) huzuriga keladi. U yerda Shamsuddavlani sanchiq 
kasalidan davolaganidan keyin olimni saroyga taklif qiladilar. U avval saroy tabibi 
bo’lib ishlaydi, so’ng vazirlik mansabiga ko’tariladi. Davlat ishlari bilan band 
bo’lishiga qaramay ilmiy ishlarni ham davom ettiradi va qator asarlar yozadi. “Tib 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin