2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə6/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
106 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
Beruniy shular jumlasidandir. Xorazmda Ibn Sinoni yaxshi kutib olishadi. U saroyda 
xizmat qiluvchi olimlar qatoriga kiritiladi va “Akademiya”ga qabul qilinadi. Ibn 
Sinoga boshqa olimlar qatori katta maosh tayinlanadi. Abu Ali Ibn Sino o’z tarjimai 
holida Xorazmda juda yaxshi qabul qilinganligini eslab, bunday deb yozgan edi: 
“Zarurat yuzasidan Buxoroni tark etib, Gurganj tomonga ko’chishimga to’g’ri keldi. 
U yerda ilmni sevuvchi Abul-Husayn as-Saxliy vazir edi. U yerning amiri huzuriga 
bordim. Uning ismi Ali ibn Ma’mun edi. Men u paytda sufiylar ridosini kiyib olgan 
edim. Menga yetarli miqdorda oylik tayin qilishdi”. Abu Ali Ibn Sino Xorazmga 
kelganida u yerda Abu Rayhon Beruniy yo’q edi. Bu vaqtda Beruniy bir sabab bilan 
Xorazmdan ketib qolgan va Eronning Ray shahrida yashayotgan edi. Ali ibn 
Ma’munning o’zi chuqur ilmli, odil shoh edi. U ilm ahllarini juda qadrlardi. Shuning 
uchun u Beruniyga katta hurmat bildirib, unga xat yozadi va Beruniyni o’z saroyiga 
taklif etadi. Shu xatga asosan Beruniy 1005 yilda yana Xorazmga qaytadi va podshoh 
saroyiga xizmatga kiradi. Ali ibn Ma’mun o’z saroyidagi olimlarga boshliq qilib 
Beruniyni tayinlaydi. Shu sabab bilan Beruniy “Akademiya”ga rahbar bo’lib qoladi. 
Shunday qilib, Ibn Sino bilan Beruniy bir-birlari bilan 1005 yilda Gurganjda 
uchrashadilar. Ular bundan ilgari bir-birlari bilan faqat xat orqali tanishgan edilar. Ali 
ibn Ma’mun saroyida ibn Sinodan tashqari tabiblardan yana Abul Xayr Hammar va 
Abu Sahl Masixiylar ham yashardilar. Ibn Sino ko’pincha Abu Sahl Masixiy bilan 
ishlar edi. Ba’zi ma’lumotlarga ko’ra, ular birgalikda bir necha murakkab jarrohlik 
amaliyotlarini amalga oshirganlar. Ibn Sino Xorazmda asosan matematika va 
astronomiya bilan shug’ullangan. Bu sohada Ibn Iroq va Beruniy bilan bo’lgan ilmiy 
muloqotlar katta ahamiyat kasb etadi. Ibn Sino Abu Sahl Masihiyning tibbiy tajribasi 
va bilimlaridan ham katta saboq oladi. Abu Ali Ibn Sino Xorazmda 9-10 yilcha 
yashadi. So’ng qo’shni davlat hukmdori Sulton Mahmud Xorazmni bosib olish xavfi 
bo’lganligidan unga xizmat qilishni istamay bu yerdan ham ketishga majbur bo’ldi. 
Ibn Sino 1010-1011 yillarda Masihiy bilan birgalikda yashirincha Xorazmni tark 
etadi. Shu vaqtdan olimning sargardonlik yillari boshlanib, umrining oxirigacha 
vatandan uzoqda hayot kechirishga majbur bo’ladi. Masihiy bilan Ibn Sino Jurjonga - 
Masihiyning vataniga yo’l oladilar. Lekin yo’ldagi qiyinchiliklar va suvsizlik tufayli 
Masihiy betob bo’lib, vafot etadi. Natijada Ibn Sino azob-uqubatlar chekib, avval, 
Niso, so’ng Obiverd, Tus, Shiqqon va Xurosonning boshqa shaharlarida qisqa 
muddat turganidan keyin, nihoyat Kaspiy dengizining janubiy-sharqida joylashgan 
Jurjon amirligiga yetib keladi. Ibn Sino Jurjonda (1012-1014) yillar yashaydi. Bu 
yerda U o’zining bo’lg’usi shogirdi Abu Ubayd Juzjoniy bilan tanishadi. Ibn Sino 
umrining oxirigacha Juzjoniy bilan sodiq do’st bo’lib qoladi. Abu Ubayd Juzjoniy 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin