Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 114
w www.oriens.uz October 2022 hodisalarni bilish kerak”. Bundan kelib chiqadiki, tabib o’z faoliyatida, dastlab
sog’likni yo’qotishga olib kelgan sababni aniqlab olish zarur. Ibn Sino sog’lik
to’g’risida bunday deydi: “Sog’lik shunday holatki, bunda organlar o’z vazifasini
to’la bajarish qobiliyatiga ega bo’ladi”. Allomani bundan ming yil muqaddam aytgan
bu fikrlari yuksak darjada rivojlangan hozirgi zamon tibbiyoti va uning profilaktik
prinsiplariga tamomila mos keladi. Ibn Sino amaliy tabobatni ikkiga bo’ladi.
Bulardan biri, sog’lom tana rejimi, ya’ni salomatlikni saqlashga qaratilgan tadbirlar
bo’lsa, ikkinchisi nosog’ (kasal) tana rejimidir. Bunda organizmni normal holatga
qaytarish ko’zda tutiladi. Buni alloma davolash bilimi deb ataydi. Ibn Sino
ta’limotining davomchilari. Ibn Sino o’zining boy va serqirra ilmiy merosi bilan
keyingi davr Sharq va G’arb madaniyatining rivojiga katta ta’sir ko’rsatdi. Sharqning
Umar Hayyom, Abu Ubayd Juzjoniy, Nasriddin Tusiy, Fariduddin Attor, Nizomiy
Ganjaviy, Jaloliddin Rumiy, Alisher Navoiy, Abdurahmon Jomiy, Ulug’bek, Bedil
kabi mutafakkir va olimlari o’z asarlarida Ibn Sino ta’limoti va ilmiy g’oyalarini
davom ettirdilar. Yevropaning mashhur faylasuf va tabiatshunos olimlaridan Jordano
Buruno, Gundisvalvo, Vilgelm Overnskiy, Aleksandr Gelskiy, Albert fon Bolshtedt,
Foma Akviyeskiy, Rojer Bekon, Dantem va boshqalar Ibn Sinoning ilg’or fikrlaridan
o’z ijodlarida foydalandilar va uning nomini zo’r hurmat bilan tilga oldilar. Ayni
vaqtda ham Ibn Sinoning asarlari dunyoning turli kutubxonalarida, faylasuflar,
shifokorlar, matematik va tilshunoslarning kitob javonlarida avaylab saqlanmoqda.
Butun ilg’or insoniyat, xususan o’zbek xalqi, ilm-madaniyat ahli aql va adolat
tantanasi uchun kurashgan, fan, haqiqat yo’lida butun hayotini ilm-fanga, madaniyat
va ma’rifatga bag’ishlagan ajoyib iste’dod egasi Ibn Sino bilan g’ururlanadi. Ibn
Sinoga berilgan tavsif. U o’z ilmi, merosi bilan o’rta asr Sharqining ilmiy madaniy
qudratini butun dunyoga namoyon qilgan. Butun insoniyat madaniyatining rivojiga
ulkan hissa qo’shgan. Shuning uchun ham Ibn Sino jahon madaniyatining buyuk
siymosi, eng katta faylasuf, tabiatshunos, insonshunos, mashhur ensiklopedist sifatida
tan olindi. Ibn Sinoning jahon fani va madaniyati rivojiga qo’shgan hissasini
e’tiborga olib, Jordano Bruno Ibn Sinoni qadimgi Yunonistonning buyuk faylasufi
Aristotel, (vrach) tabib Golenlar bilan teng qatorga qo’ysa, A. Dante o’zining «Ilohiy
komediya»sida olimni Ptolomey, Evklid, Gippokratlarga tenglashtiradi. Nemis
faylasufi L. Feyirbax olimni “Mashhur tabib va faylasuf”dir desa, Hindostonning
buyuk davlat arbobi J. Neru o’zining “Hindistonning ochilishi” degan asarida O’rta
Osiyo olimlarining tilga olar ekan, Ibn Sino nomini alohida ta’kidlab: “Ulardan eng
mashhuri tabiblar (vrachlar) podshohi degan nomni olgan Buxorolik Ibn Sino
(Avisenna)dir”,- deb, hurmat bilan tilga oladi. Demak, ibn Sinoning shaxsiy faoliyati