2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə12/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
112 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
ilohiyot. Bu asarlarning ayrim qismlari lotin, suryoniy, ibroniy, nemis, ingliz, fransuz, 
rus, fors va o’zbek tillarida nashr qilingan. Abu Ali ibn Sinoning bulardan tashqari 
turli sohaga oid “Al-Qonun”, “Hayy ibn Yaqzon”, “Risolat at-tayr”, “Risolat fi-l-
ishq” (“Ishq haqida risola”), “Risolat fi mohiyati-s-salot” (“Nomozning mohiyati 
haqida risola”), “Kitob fi ma’no ziyorat” (“Ziyorat qilishning ma’nosi haqida”), 
“Risolat fi daf al-g’am mina-l-mavt” (“O’limdan keladigan g’amni daf qilish haqida 
risola”), “Risolat al-qadr”, “An- Najot”, “Ash-Shifo”, “Donishnoma”, “Kitob al-
ishorat” va “Attanbihot” kabi ko’plab asarlari ham bor. Allomaning “Hayy ibn 
Yaqzon” asari kishilarning did - farosatini o’stirishi, fikr doirasini kengaytirishi bilan 
ta’lim - tarbiyada katta ahamiyatga ega. Uning nomi ham shunga ishora qiladi: “Hayy 
ibn Yaqzon” (“Tirik o’g’li uyg’oq”). Bu asar farosat ilmi haqida ekanligini Ibn 
Sinonining o’zi ham ta’kidlaydi. Yuqorida aytganimizdek mazkur asarni Ibn Sino 
1023 yilda Hamadonga yaqin bo’lgan Fardajon qal’asi qamoqxonasida yozgan. Ibn 
Sino axloqqa oid asarlarini “Amaliy hikmat” (“Donishmandlik amaliyoti”) deb ataydi. 
Olimning fikricha, axloq fani kishilarning o’ziga va boshqalarga nisabatan hatti - 
harakati me’yorlari va qoidalarini o’rganadi. Ibn Sino axloqlilikning asosini yaxshilik 
va yomonlik kabi ikki tushuncha bilan ta’riflaydi: “Dunyoda mavjud bo’lgan jami 
narsalar tabiatiga ko’ra kamolot sari intiladi. Kamolot sari intilishning o’zi esa 
mohiyat e’tibori bilan yaxshilikdir...” Ibn Sinoning “Tadbiri manzil” risolasi ham 
“Kitob ash-shifo” asarining tarkibiy qismini tashkil etadi. Asar arab tilidan forsiyga 
eronlik olim Muhammad Najmiy Zanjoniy tomonidan tarjima qilinib, 1939 yilda 
Tehronda chop etilgan. U tarjima asar ikki qismdan iborat bo’lib, ikkinchi qismi 
tarjimonning izohlari va batafsil sharhlaridan tashkil topgan. Ibn Sino o’z davridagi 
tabiiy fanlarning rivojiga ham ulkan hissa qo’shgan olimdir. Uning tabiiy-ilmiy 
qarashlari “Kitob ash-shifo”ning tabiiy fanlarga oid qismida bayon qilingan. 
Allomaning ba’zi geologiya jarayonlarga oid mulohazalari hozirgi ilmiy nazaryalarga 
juda yaqindir. U vulqonlar va zilzilalar natijasida tog’larning paydo bo’lishi haqidagi 
o’z fikrlarini aytadi. Ibn Sino mineralogiya (ma’danshunoslik) sohasida ham salmoqli 
ishlar qilgan. U minerallarning original klassifikasiyasini taklif etdi. Unga ko’ra 
barcha ma’danlar 4 guruhga: toshlar, eriydigan jismlar (metallar), oltin-gugurtli 
yonuvchi birikmalar va tuzlarga bo’linadi. U boshqa tabiiy fanlar qatori kimyo bilan 
ham shug’ullangan va unga oid asarlar ham yozgan. Ibn Sino tabiiy fanlar qatori 
kimyo, botanika, astronomiya, matematika, she’riyat va musiqa bobida ham ilmiy 
yo’nalishlarini davom ettirgan va ularga oid asarlar ham yozgan. Buyuk qomusiy 
olim Ibn Sino musiqa bobida Forobiyning ilmiy yo’nalishini davom ettirgan yirik 
nazariyotchidir. Uning musiqa haqidagi “Javome’ ilm-u-l- musiqiy” (“Musiqa ilmiga 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin