2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə11/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
111 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
davolash ko’rsatilgan. Masalan, chiqqan bo’g’inlarni (suyakni) joiga solish. 
Allomaning “Tibbiy urjuza” asari 1972 yilda o’zbek tiliga ham tarjima qilinib bosib 
chiqarilgan. Ibn Sinoning bu asosiy “Tibbiy urjuza” kitobidan tashqari, tibbiyotga oid 
yana bir necha she’riy “Urjuza” kitoblari bo’lgan. Ular tibbiyotning ayrim maxsus 
masalalariga bag’ishlangan bo’lib bizga quyidagilari ma’lum. 1. “Tana tuzilishiga oid 
urjuza” kitobi. Bu kitob 98 baytdan iborat bo’lib unchalik katta emas. 2. “Jinsiy 
mayllik haqida urjuza” 3. “Sog’liqni saqlash haqida tibbiy urjuza”. Bu 15 bayt (30 
misra)dan iborat kichik she’riy asardir. 4. “Yilning to’rt fasli haqida tibbiy urjuza”. 
Bu kitob ham unchalik ktta emas. Hammasi bo’lib121 bayt (242 misra)dan iborat. 5. 
“Sinab ko’rilgan dori-darmonlar haqida tibbiy urjuza”. Bu asarda Ibn Sino o’zi uzoq 
vaqt kasallarda sinab ko’rgan har xil dori-darmonlar haqida so’z yuritgan. 6. 
“Gippokratning vasiyatlari haqida urjuza”. Bu asar 93 baytdan iborat. 7. “Tibbiy 
nasihatlar haqida urjuza”. Bu asar 72 baytdan iborat. Ibn Sinoning tibga oid muhim 
asarlaridan yana biri “Tibbiy qoidalarda uchraydigan xatolarni tuzatish” kitobidir. Bu 
kitob “Tadbirda yo’l qo’yilgan har xil xatoliklarga qarshi chora ko’rish yo’li bilan 
tanaga yetkazilgan turli zararlarni yo’qotish”, deb ham ataladi. Ibn Sino , o’zi 
ta’kidlab o’tganidek, tibbiyotning asosiy vazifasi kasallikning oldini olish, ya’ni 
uning rivojlanishiga yo’l qo’ymaslikdir. Bu masalaga alloma uzining bir necha 
asarini bag’ishlagan. Shulardan biri “Salomatlikni saqlash haqida risola”dir. Bu 
kitobcha 13 bobdan iborat. Asarda so’z asosan shaxsiy gigiyena haqida boradi. Ibn 
Sinoning boshqa asarlari tibbiyotning ayrim xususiy masalalariga bag’ishlangan 
katta-kichik kitoblardan iboratdir. Ular orasida 1-2 sahifalilari hab bor. Ibn Sinoning 
“Tib qonunlari” va “Urjuza fi-t-tib” (“Tibbiy urjuza”) kabi tibbiy asari bilan bir 
qatorda tibbiyotning ayrim nazariy va amaliy masalalariga bag’ishlangan turli 
hajmdagi, “Al-Adviyati-l-qalbiya” (“Yurak dorilari”), “Kitob al-kulonj” (“Kulanj 
haqidagi kitob”), “Maqola fi-n-nabz” (“Tomir urishi haqida maqola”), “Risola fi-l-
boh” (“Shahvoniy quvvat haqida risola”), “Risola fi-lfasd” (“Qon olish haqida risola”) 
kabi risolalar ham bor. Falsafiy asari. Olimning falsafaga oid eng yirik va muhim 
asari “Kitob ash- shifo”dir. U 4 qismdan iborat: 1. Mantiq - 9 bo’lakka bo’lingan: 1. 
“Al-madhal” (“Mantiqqa kirish”); 2. “Al-maqulot” (“Kategoriyalar”) 3. “Al-iborat” 
(“Interpretasiya"); 4. “Al-qiyos” (“Sillogizm”); 5. “Al-burhon” (“Isbot”, “Dalil”); 6. 
“Al-jadal” (“Tortishuv”, “Dialektika”); 7. “As-safsata” (“Sofistika”); 8. “Al-xitoba” 
(“Ritorika”); 9. “Ash-she’r” (“Poetika”) (She’r san’ati); 2. Tibbiyot: (Bu yerda 
minerallar, o’simliklar, hayvonot olami va insonlar haqida alohida- alohida 
bo’limlarda gapiriladi). 3. Riyoziyot - 4 fanga bo’lingan: 1. “Hisob” (“Arifmetika”); 
2. “Handasa” (“Geometriya”); 3. “Astronomiya”; 4. “Musiqa” 4. Metafizika yoki 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   ...   7   8   9   10   11   12   13   14   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin