Oriental Renaissance: Innovative, educational, natural and social sciences VOLUME 2 | ISSUE 10 ISSN 2181-1784 Scientific Journal Impact Factor SJIF 2022: 5.947 Advanced Sciences Index Factor ASI Factor = 1.7 115
w www.oriens.uz October 2022 dunyoviy ilmlarni o’rganish haqidagi ta’limotlari, ta’lim-tarbiya haqidagi
mulohazalari va tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmatlari dunyo taraqqiyotida o’ziga
xos o’rinni egallaydi. Zamondoshlari Ibn Sinoni “Shayx ar-rais” (“Donishmandlar
sardori, allomalar boshlig’i”); “Sharaf al-mulk” (“O’lka, mamlakatning obro’si,
sharafi”), “Hujjat al-haqq” (“Rostlikka dalil”); “Hakim al-vazir” (“Donishmand,
tadbirkor vazir”) deb ataganlar. Ibn Sinoning bolaligidagi bir voqyea. Uzuk voqyeasi:
Abu Ali ibn Sinoning onasi uni chaqaloqligida cho’miltirayotganida qimmatbaho
uzugini yo’qotib qo’ygan ekan. U uzugini ko’p qidiribdi. Lekin hyech qayerdan topa
olmabdi. Keyin uni kanizak olgan, deb gumon qilib, bechora kanizakni rosa
kaltaklashibdi. Kanizakni urishayotganda Abu Ali yig’lay boshlabdi, kaltaklashdan
to’xtashsa, chaqaloq ham yig’idan to’xtabdi. Hamma bundan ajablanib, uzukni
yo’qoldiga chiqarishibdi. Ibn Sino tilga kirganida, birinchi aytgan gapi shu bo’libdi:
Sizlar o’sha vaqtda kanizakni nohaq urgan edinglar. Onam meni cho’miltirayotganda,
uzugi tog’oraga tushib ketgan edi. U tog’orani ag’darganida uzuk ham suv bilan birga
kir o’raga tushib ketgan. Mening tilim chiqmaganidan, sizlarga aytolmagan edim.
Kanizakni urganinglarda yig’lab, to’xtatganlaringda yig’idan to’xtashimning sababi
shu edi. Shundan keyin o’rani kavlashgan ekan, uzuk topilibdi. Bu voqyeani
eshitganu bilganlar Ibn Sino zehniga qoyil qolishgan ekan. Bemorlarni davolashdagi
qo’llagan usullari haqidagi rivoyatlar. “Men ho’kizman”: Buxorolik bir kishi kasal
bo’lib, “Men ho’kizman, meni so’yinglar” deydigan bo’lib qolibdi. Kasalning
qarindosh-urug’lari buni Abu Ali ibn Sinoga aytishibdi. Abu Ali kasalning oldiga
qassob bo’lib kelibdi va “Qani so’yadigan ho’kizinglar!”- deb baqiribdi. Bemor uning
oldiga chopib borib, “So’yiladigan ho’kiz menman”, debdi. Abu Ali darrov
bemorning qo’l-oyog’ini bog’latibdi, so’ng qo’lida pichoqni o’ynatib, bemorning
biqinidan ushlab ko’ribdi-da: -Ho’kizimiz semiz demabmidilaring, bu juda oriq-ku,
buni men hozir so’ymayman, sal semirsin, keyin so’yaman, debdi. Bemor bu gapni
eshitib: “Qani menga ovqat beringlar, men semiray” deb ovqat talab qilaveribdi. Abu
Ali Ibn Sino bemorning oilasiga dori qoldirib, uni ovqatiga qo’shib, bemorga berishni
uqtiribdi. Uydagilar shunday qilishibdi. Natijada bemor hademay tuzalib ketibdi.
Keyinchalik Abu Ali Ibn Sino bemorning uyiga kelib: - Semirgan ho’kizinglar qani,
so’yib beray, debdi va sog’aygan bemorga ko’zi tushib: - E, ancha semiribsan-ku,
endi so’ysa bo’ladi, debdi. Bemor tabibning gapidan juda taajjublanibdi va: Meni
so’yadiganning boshi o’nta, tegib ko’rchi, menga, deya do’q uribdi. Yig’ilgan
qarindosh-urug’larning hammasi avvalgi voqyeani eslab xoxolab kulib yuborishibdi.
Ishq dardiga chalingan qizni davolashi. Rivoyat qilishlaricha, bir shohning qizi betob
bo’lib qoladi. Tabiblar uni davolay olmadilar, shunda Ibn Sinoga murojaat qildilar.