Oriental Renaissance: Innovative,
educational, natural and social sciences
VOLUME 2 | ISSUE 10
ISSN 2181-1784
Scientific Journal Impact Factor
SJIF 2022: 5.947
Advanced Sciences Index Factor
ASI Factor = 1.7
103
w
www.oriens.uz
October
2022
Ibn Sino juda tirishqoq, o’z oldiga qo’ygan maqsadga erishmaguncha tinchimaydigan
odam edi. Bu haqida Ibn Sino shunday yozadi: “O’sha kezlari biron kecha to’yib
uxlamasdim, kunduzlari ham ilmdan boshqa narsa bilan shug’ullanmasdim.
Har bir
masalani o’rganayotganimda bir qancha qiyosiy faktlarni solishtirib, shu faktlar
nuqtai nazaridan o’sha dastlabki masala haqida xulosa chiqarar edim. Nihoyat, bu
masalaning asl mohiyati menga ayon bo’lib qolardi.
Ana shu zaylda hamma
bilimlarni mustahkam egallab oldim. Bir insonning imkoniyati darajasida ularni
o’zlashtirdim”.Abu Ali ibn Sinoning tirishqoqligi va sabr matonatliligini yana
quyidagi misol yaqqol ko’rsatadi. U bunday yozadi: “Mantiq,
tabiat va riyoziyot
bilimlarini puxta o’rganib oldim. Keyin ilohiyotni o’rganishga o’tib, “Mo-ba’da at-
tabia” kitobini o’qidim. Bu kitobni o’qidimu, lekin unda nimalar deyilganini tushuna
olmadim, kitob yozgan kishining maqsadi menga qorong’i edi. Hatto uni qirq bir bor
qayta o’qidim, kitob menga yod bo’lib ketdi. Lekin shunda ham men kitob va uning
maqsadini to’la tushuna olmadim. Nihoyat umidimni uzub, “Bu tushunib
bo’lmaydigan bir kitob ekan”, degan xulosaga keldim. Ammo kunlardan bir kuni asr
vaqtida kitobfurushlarning oldiga borib qoldim. Bir kitobfurush muqovalangan
kitobni qo’lida tutganicha uni maqtardi.
U meni ham chaqirib, kitobni ko’rsatdi...
Lekin men kitobni sotib olishni rad qildim. Kitobfurush menga: “Bu kitobni ol, narxi
arzon, uch dirhamga sotaman, egasi pulga muhtoj”,- dedi. Kitobni noiloj sotib oldim.
Qarasam, bu Abu Nasr Farobiyning o’sha “Mo-ba’da at-tabia” kitobi haqida yozgan
sharhi ekan. Uyga qaytib, darrov uni o’qishga kirishdim. “Mo ba’da at-tabia” dilimda
yod bo’lib qolgani sababli tezda bu kitobning maqsadini tushunib oldim. Bundan
o’zimda yo’q juda xursand bo’lib ketdim” Ilmiy ijodini boshlanishi. Shunday qilib
Ibn Sino zaruriy bilimlarning barchasini Buxoroda oladi. Ibn Sino juda erta o’zi ham
asarlar yozishga kirishdi. Allomaning ilmiy ijodi 18 yoshdan boshlanadi. Avvalo u bu
ishni o’ziga yaqin bo’lgan kishilarning iltimosi bilan bajaradi. Yosh bo’lishiga
qaramay Nuh ibn Mansurga atab nafsoniy
quvvatlar haqida risola, “Urjuza” tibbiy
she’riy asari va o’z qo’shnisi va do’sti Abulhusayn al-Aruziyning iltimosiga binoan,
ko’p fanlarni o’z ichiga olgan “Al-Hikmati-l-aruziy” (“Aruziy hikmati”) asarini tasnif
etadi. Ibn Sino Buxorada 20 jildli qomusiy asari “Al-Hosil va-l-mahsum” (“Yakun va
natija”), 2-jildli “Kitobul-bir va-l-ism” (“Sahovat va jinoyat kitobi”) asarlarini va
o’zining tabobatga oid birinchi asari “Tabobat lug’ati”ni yozgan.
Allomaning
“Tabobat lug’ati” asaridan ko’p tabiblar nusxa olib, keng foydalanganlar. Ibn
Sinoning tabobatda qilgan ishlari uning nomini bir necha asrlarga shu fan sohasi bilan
chambarchas bog’ladi. Allomaning tabobat taraqqiyotidagi buyuk xizmati shundaki,
u o’zigacha o’tgan turli xalq namoyondalari
tomonidan asrlar davomida, tib ilmi