2022 ibn sinoning falsafiy qarashlari abdumo‘min Jumayev Abulfayz o‘g‘li



Yüklə 195,56 Kb.
Pdf görüntüsü
səhifə5/17
tarix07.01.2024
ölçüsü195,56 Kb.
#206969
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
ibn-sinoning-falsafiy-qarashlari

Oriental Renaissance: Innovative, 
educational, natural and social sciences 
 
VOLUME 2 | ISSUE 10 
ISSN 2181-1784 
Scientific Journal Impact Factor
 
 SJIF 2022: 5.947 
Advanced Sciences Index Factor 
 ASI Factor = 1.7 
105 
w
www.oriens.uz
October
2022
 
keng kishilaridan biriga aylanadi. Buxoro kutubxonasi haqida Ibn Sino shunday 
yozadi: “Men ko’p xonalardan iborat kutubxonaga kirdim. Har bir xonada kitoblar 
solingan sandiqlar turardi, ulardagi kitoblar esa, ustma-ust taxlab qo’yilgan edi... Har 
bir xonada fanning ma’lum sohasiga oid kitoblar saqlanar edi. U yerda shunday 
kitoblarni ko’rdimki, ko’pchilik hatto ularning nomlarini ham eshitmagan bo’lsa 
kerak. O’zim ham bundan oldin ularni ko’rmagan edim, keyin ham uchratmadim”. 
Ibn Sino kutubxonadan chiqmasdi. Amirning kasalligi xuruj qilib, U Ibn Sinoni 
chaqirtirgandagina, kitob o’qishdan bir oz vaqtga bosh ko’tarardi. Shunday qilib, bu 
yerdagi nodir kitoblarni qunt bilan o’qish natijasida Ibn Sinoning bilimi yanada 
kengaydi va chuqurlashdi. Ibn Sinoning o’zi yozishicha, 18 yoshga yetganda u 
tabobat ilmi bilan bir qatorda o’z zamonasida ma’lum bo’lgan barcha boshqa fanlarni 
ham mukammal o’zlashtirib olgan edi. Buxoro hokimi sararoydagi faoliti. 997 yilda 
Buxoro hokimi Nuh ibn Mansur vafot etadi. Taxtga uning o’g’li Ibn Nuh Mansur II 
o’tiradi. Ibn Nuh Mansur II Ibn Sino bilan do’st edi. Manbalarda keltirilishicha Ibn 
Sinoni saroydagi vazifalardan biriga tayinlagan. Shunday qilib, Ibn Sino saroy tabibi 
vazifasidan tashqari, u yerda davlat xizmatchisi vazifasini ham bajargan. Lekin, ko’p 
o’tmay Ibn Nuh Mansur o’ldirilib, uning o’rnini ukasi Abdulmalik Ibn Nuh egallaydi. 
U olim bilan unchalik yaqin munosabatda bo’lmaydi. Shuning uchun Ibn Sino saroy 
xizmatidan ketib, o’z ilmiy-ijodiy ishlari bilan mashg’ul bo’ladi. Abu Ali Ibn 
Sinoning Buxorodagi tinch, ijodiy hayoti uzoq davom etmaydi. Qoraxoniylar 999 yil 
Buxoroni zabt etib, somoniylar davlatini ag’darganidan keyin Ibn Sino hayotida 
tashvishli, notinch va og’ir damlar boshlandi. Alloma 21 yoshga yetganda 1002 yil 
uning otasi vafot etadi. Buning natijasida Ibn Sino moddiy jihatdan og’ir ahvolga 
tushub qoladi. Chunki unga moddiy va ma’naviy jihatdan yordam beradigan boshqa 
yaqin kishisi yo’q edi. Buning ustiga mamlakatda katta siyosiy o’zgarishlar yuz berib, 
Ibn Sinoning tinch ijodiy hayoti uchun sharoit yo’qoladi. Xorazmdagi Ma’mun 
akademiyasidagi faoliti. Buxoroda vaziyat keskinlashib, taxt uchun kurash (1005 
yilgacha) davom etadi. Ibn Sino 1002 yilda o’z yurtini tark etib, Xorazm davlatining 
paytaxti Urganch shahriga keladi. Bu davrda Xorazm qoraxoniylar hujumidan 
birmuncha tinch bo’lib, iqtisodiy va madaniy jihatdan ancha rivojlangan o’lka edi. 
Xorazm shohlari Ali ibn Ma’mun (997- 1007) va Ma’mun ibn Ma’mun (1007-1017) 
ilm-fanga e’tiborli hukmdorlar bo’lib, olimlarga ilmiy ijod uchun qulay sharoit 
yaratib bergan edilar. Shu bois Xorazmning poytaxti Gurganj (Urganch)da 
zamonasining ko’pgina taniqli olimlari to’plandi. Yirik matematik va Astronom Abu 
Nasr ibn Iroq (1034 yil vafot etgan), atoqli tabib va faylasuflar Abu Salh Masihiy 
(1010 yil vafot etgan), Abulxayr Xammor (942-1030) va buyuk olim Abu Rayhon 



Yüklə 195,56 Kb.

Dostları ilə paylaş:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Verilənlər bazası müəlliflik hüququ ilə müdafiə olunur ©azkurs.org 2024
rəhbərliyinə müraciət

gir | qeydiyyatdan keç
    Ana səhifə


yükləyin