Tadqiqot ishining obyekti: 1-4-sinf o’quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini rivojlantirish jarayoni bo’lib bunda tadqiqot obyekti sifatida Termiz shahar 16, 13 - umumiy o’rta ta’lim maktabi va Uzun tumanidagi 5, 9 - umumiy o’rta ta’lim maktabda 1-4-sinf o’quvchilari (240 nafar)ni tashkil qiladi.
Tadqiqot ishining maqsadi:1-4-sinf o’quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillarini aniqlashtirish asosida ushbu jarayonni takomillashtirishdan iborat.
Tadqiqot ishining metodlari: suhbat, bahs - munozara, so’rovnoma, anketa, ibrat - namuna, sotsiologik tadqiqot, pedagogik eksperiment, matematik statistik usullar.
Olingan natijalar va ularning yangiligi: Umumta`lim maktabining 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish omillarining mazmun-mohiyati nazariy jihatdan ochib berildi;
-1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish modeli yaratildi.
Amaliy va nazariy ahamiyati:Sharq mutafakkirlarining ma’naviy tarbiya haqidagi ta’limotlari asosida ma’anviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish bo‘yicha tasniflangani, asarlaridagi ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirish imkoniyatlari bilan izohlanadi.Tadqiqot natijalarining amaliy ahamiyati ma’naviy tarbiya indikatorlarini mutafakkirlarning qarashlaridan foydalanish imkoniyatlari, ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda foydalanishga oid takliflar, ma’naviy tarbiya tizimini boshlang’ich ta’limda bevosita davom ettirib borishda shakllantirish mumkinligi bilan belgilanadi.
Tatbiq etish darajasi va samaradorligi: Ilmiy tadqiqot davomida 1-4-sinf o‘quvchilarida ma’naviy tarbiya indikatorlarini shakllantirishga doir ilmiy manbalar tahlil qilindi.
Qoʻllanilish sohasi: Umumiy oʻrta ta’lim maktablari va ijtimoiy institutlar.
Master's dissertation on "Factors of formation of indicators of spiritual education in students of 1-4 grades" Saidova Parvina Mirzo qizi master's degree in 5A110901 - Theory and history of pedagogy (by type of activity)